Reja - Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati.
- Pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotning auditi metodologiyasi
Kirish - Pul oqimi to'g'risidagi hisobot - bu hisobot davrining ayrim xo'jalik operatsiyalarining balansini umumlashtirish usullaridan foydalangan holda, real moliyaviy resurslarni olish va tasarruf etishni muhim jihatlarda tushuntiradigan dinamik hisobot. Buxgalteriya balansi va daromadlar to'g'risidagi hisobot bilan taqqoslaganda, u moliyaviy hisobotlarning tashqi foydalanuvchilariga tashkilotning moliyaviy holati to'g'risida hisobotning boshqa tarkibiy qismlaridan bevosita yoki bilvosita olish mumkin bo'lmagan qo'shimcha ma'lumotlarni oshkor qilishga qaratilgan.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati. - Respublikamiz amaliyotida xo’jalik su’yektlarining pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillikning dastlabki yillarida ham mavjud bo’lmagan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i bilan ilk marotaba respublikamiz amaliyotida «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot shakli amal qila boshladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot-korxona faoliyatining muayyan hisobot davridagi pul mablag’larining holatiga va joriy davrda pul mablag’larining o’zgarishini tavsiflovchi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shakli korxonani samarali boshqarish uchun zarur axborotlarni berish bilan birgalikda tashqi foydalanuchilar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ham shakllantiradi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari investorlar va kreditorlar uchun quyidagi masalalarning yechimini topish uchun nasos bo’ladi
kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi
pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi
kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbat koeffitsiyenti
Do'stlaringiz bilan baham: |