Pul oqimlari тo’G’risidagi hisoboт


Download 234.5 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi234.5 Kb.
#1625380
  1   2

Pul oqimlari tahlili
Reja:


1. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning maqsadi va zarurati
2. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning mazmuni va shakli
3. Korxona va tashkilotlarni pul oqimlari tahlili

Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning maqsadi va zarurati


Хalkaro va mahalliy amaliyotda pul oqimlari to`g`risidagi hisobot majburiy hisobotning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi, moliyaviy hisobotlarning foydalanuvchilarini korxonada hisobot yilida pul mablag`larining kelib tushishi va sarflanishi to`g`risida axborot bilan ta`minlashdir. Bu axborot quyidagi savollarga javob berishi lozim:
■ korxona o`z faoliyatini rivojlantirish maqsadida asosiy va aylanma aktivlarni sotib olishi uchun etarli miqdorda pul mablag`lari bilan ta`minlanganmi ?
■ korxona faoliyatini rivojlantirishni ta`minlash uchun tashqi manbalardan qo`shimcha moliyalashtirishga extiyoj mavjudmi ?
■ korxona o`z qarzlarini uzishi uchun yoki yangi mahsulotni o`zlashtirish maqsadida ishlab chiqarishga etarli darajada mablag` sarflash imkoniyatiga egami ?
■ korxona hisobot davrida qimmatli qog`ozlar emissiyasini amalga oshirganmi va bu xo`jalik muomalalaridan olingan mablag`lar qaysi maqsadlarda ishlatilgan ?
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning ahamiyati O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yilning 4 noyabrida 519 raqam bilan ro`yxatga olingan «Pud oqimlari to`g`risidagi hisobot» deb nomlangan buxgalteriya hisobning milliy standartida o`z aksini topgan. Unga ko`ra, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog`ida pul oqimlari to`g`risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hi-sobotdan foydalanuvchilar uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektning pul mablag`larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo`lib xiz-mat kilishi bilan foydalidir.


Pul oqimlari to`g`risidagihisobotning mazmuni va shakli

Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot pul tushumlari va to`lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: asosiy faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag`iga birgalikda ta`siri hisobot davrida pul mabla-g`ining sof o`zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to`g`risidagi ax-borot bo`lajak pul oqimlari itiqboli to`g`riligini tekshirish chog`ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o`zgarishi ta`siri o`rtasidagi alo-qalarni tahlil qilish chog`ida zarur bo`ladi.


Asosiy faoliyat. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning «asosiy faoliyat» bo`limida korxonaning sof foydasini asosiy faoliyat hisobiga yuzaga keltirgan pul mablag`lari to`risidagi ma`lumotlar aks ettiriladi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo`jalik yurituvchi sub`ekt amalga oshiradigan asosiy faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati, ssudalarni to`lash, xo`jalik yurituvchi sub`ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to`lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik etarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkich hisoblanadi. Asosiy faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to`g`risidagi axborotdan korxona asosiy faoliyatidan bo`lajak pul oqimlarini istiqbol qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo`shib foydalanishi mumkin bo`ladi.
Asosiy faoliyatidan pul oqimi xo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy fao-liyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko`rsatishga qaratilgan bo`ladi.
Asosiy faoliyatdan olingan pul oqimlari kirimiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
- mahsulot, tovarlarni sotish va xizmat ko`rsatishdan tushgan pul mablag`i ;
- royalti, badallar, vositachilik haqi va o`zga yullar bilan pul mablag`larining
tushumi;
- debitorlik qarzlarining kelib tushishi ;
- xaridorlardan olingan bo`nak to`lovlari ;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo`yicha pul tushumlari;
- sug`urta holati bo`yicha kelib tushgan sug`urta to`lovlari ;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig`ining kamayishi ;
- boshqalar
Asosiy faoliyat bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan pul oqimlarining chiqimi quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
- olingan mahsulot, tovarlar va foydalanilgan xizmatlar uchun ularni etkazib
beruvchilarga to`langan to`lovlar;
- ish haqi to`lovlari;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo`yicha pul to`lovlari;
- sug`urta kompaniyasining sug`urta polislarini olish bo`yicha to`lovlar;
- soliqlar va ijtimoiy ajratmalar bo`yicha pul to`lovlari;
- bank kreditlari bo`yicha to`langan foizlar ;
- turli xayriya va homiylik uchun qilingan pul to`lovlari;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig`ining ko`payishi ;
- boshqalar
Investitsion faoliyat — bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli ak-tivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, hamda ulardan olingan daro-madlarni aks ettirish bilan bog`liq faoliyatdir.
Investitsion faoliyat natijasida sodir bo`ladigan pul mablag`larining kirimiga quyi-dagilar misol bo`lishi mumkin:
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olin-
gan pul tushumi;
- boshqa sub`ektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxo-
nalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari ;
- uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalardan olingan dividend va foizlar ko`rini-
shidagi pul tushumlari ;
- boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari
(moliyaviy muassasalarga berilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
- fьyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo`yicha pul
tushumlari, ular diller yoki savdo maqsadlariga mo`ljallangan holatlar bundan
mustasnodir yoki to`lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar ;
Investitsion faoliyat natijasida sodir bo`ladigan pul mablag`larining chiqimiga quyi-dagilarni misol kilib keltirish mumkin:
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga
pul to`lovlari. Bu to`lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo`jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog`lik bo`lgan to`lovlarni o`z ichiga oladi;
- boshqa sub`ektlarning aktsiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxo-nalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to`lovlari;
- boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga be-rilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
- fьyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo`yicha tu-lovlar, ular diller yoki savdo maqsadlari uchun mo`ljallangan holatlar bundan mus-tasno bo`ladi yoki to`lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar.
Moliyaviy faoliyat - bu faoliyat kreditlarning olinishi yoki aktsiyalar (obligatsiyalarning) emissiyasi natijasida kelib tushgan pul mablag`lari va avval olingan kreditlarni qaytarilishi hamda korxona aktsiyalari bo`yicha chiqarilgan dividendlarning to`lanishi bilan bog`lik faoliyatdir.
Moliyaviy faoliyatdan kelib tushayotgan pul oqimlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- korxona aktsiyalarini sotishdan olingan pul tushumlari;
- chiqarilgan obligatsiyalar va veksellarni sotishdan olingan pul tushumlari ;
- qisqa va uzoq muddatli bank kreditlarini olinishidan pul tushumlari;
- maqsadli moliyalashtirish mablag`lari (grantlar, subsidiyalar va a`zolik badal-
lari)ning kelib tushishi;
- sub`ektlar aktsiyalarining haqini to`lash yoki sotib olish uchun ularning ega-
lariga to`lovlar;
- moliyalashtirilgan lizing shartnomasi bo`yicha ijara to`lovlarining kelib tu-
shishi;
- boshqalar;
Moliyaviy faoliyat bo`yicha pul chiqimlari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilishi mumkin:
- sotib olingan o`z aktsiyalari uchun to`lovlar ;
- chiqarilgan obligatsiyalar,veksellar va boshqa qarz qog`ozlari bo`yicha majburiyat-
larning uzilishi;
- aktsionerlarga dividendlarni pul holida to`lanishi;
- qisqa va uzoq muddatli bank kreditlarini qaytarilishi;
- moliyalashtirilgan lizing shartnomasi bo`yicha ijara to`lovlarini to`lanishi;
- boshqalar;
Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog`liq pulsiz muomalalar. Bular korxonaning investitsion va moliyaviy faoliyati bilan bog`liq bo`lgan lekin pul mablag`larining ha-rakati bilan bog`liq bo`lmaganliklari uchun «Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot»da aks ettirilmagan muomalalardir. Investitsion va moliyaviy tavsifdagi pulsiz muoma-lalarga : uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzini kreditorlarga qo`shimcha aktsiyalarni berish va chiqarish orqali to`lash va boshqalar kiradi. Masalan, kompaniya er yoki binoni sotib olish uchun uzoq muddatli garovni yozib berishi mumkin yoki uzoq muddatli obligatsiyalarni odtsiy aktsiyalarga aylantirishi mumkin. Bu muomalalar oddiy investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettiradi, ammo ular pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda aks ettirilmasligi mumkin, chunki ular kompaniyaning pul mablag`lariga ta`sir qilmaydi. Ammo, pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning maqsadlaridan biri - investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettirish bo`lganligi uchun va bu kabi muomalalar kompaniyaning pul mablag`larining holatiga kelgusida ta`sir ko`rsatgani uchun, bu muomalalar pul mablag`larining harakat to`g`risidagi hisobotda aks ettirilishi kerak, buning uchun hisobotga «Investitsion va moliyaviy tavsifdagi pulsiz muomalalarning ro`yxati» deb nomlangan maxsus bo`lim kiritilgan.



  1. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tayyorlash uslubiyoti

Hisobot davri uchun pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzish uchun quyidagi axborotlar zarur bo`ladi:


-hisobot davrining balansi ;
-hisobot davrining moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisoboti;
- aktivlarning sotilishi va sotib olinishi hamda, mol etkazib beruvchilar bilan
hisoblashishlar va xaridorlardan pul mablag`larini olish usullari to`g`risidagi ayrim qo`shimcha ma`lumotlar
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzishning ikkita usuli mavjud:
■ to`g`ri usul
■ egri usul
Ushbu usullardan foydalanishdagi farq faqat hisobotning «asosiy faoliyat» bo`li-migagina tegishli.
Тo`g`ri usul asosiy faoliyatning pul tushumlari va chiqimining asosiy toifa-larini hisobga olib, mohiyati bo`yicha foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot malumotlarini kassa usulida tuzib chiqishni anglatadi.
Egri usulga muvofiq hisobot davrining sof daromad yoki zarariga joriy aktivlar va majburiyatlarning o`zgarishiga, shuningdek investitsiya yoki moliya faoliyati na-tijasida olingan daromadlar va ko`rilgan zararlarga qarab o`zgartirish kiriti-ladi.
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to`g`risidagi hisobot. Sub`ektlar pul oqimlari netto-asosida (sub`ektning naqd pulning tushum va to`lovi orasidagi farq) aks ettirilgan hodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag`larining yalpi to`lovlari bo`yicha alohida hisobot beradilar.
Favkuloddagi moddalar bilan bog`lik bo`lgan pul oqimlarining harakati. Favkulodda moddalar bilan bog`liq bo`lgan pul oqimlari, moddalarning tavsifiga ko`ra asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida tavsiflanadi. Favkuloddagi moddalarni tushuntirish va ularni hozirgi va kelajakdagi pul oqimlari harakatiga ta`sirini aniklash uchun, favkulotdagi moddalar bilan bog`liq pul oqimlar «Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda» asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo`limlarida alohida ko`rsatiladi.

BALANS
200_y 31 dekabr holatiga «XYZ» Korporatsiyasi





Kursatkichlar



Yilning boshida



Yilning oxirida



Farq

Aktivlar






Joriy aktivlar






Pul mablag`lari



10000

30000

+ 20000
+

Olinadigan hisob varaqlar



34000

39000

+ 5000



Тovar-moddiy zahiralar



60000

54000

- 6000



Kelgusi davr xarajatlari



4000

17000

+ 13000



Jami joriy aktivlar



108000

140000

+ 32000



Uzoq muddatli aktivlar










Asosiy vositalar



200000

200000

0



Hisoblangan eskirish



40000

50000

+ 10000



Asosiy aktivlarning jami



160000

150000

- 10000



Jami aktivlar



268000

290000

+ 22000



Majburiyatlar









- 9000


Joriy majburiyatlar



19000

10000

- 9000



Тo`lanadigan hisob varaqlar



2000

2500

+ 500



Byudjet bilan hisob-kitoblar



3500

2000

- 1500



Jami joriy majburiyatlar



24500

14500

- 10000



Uzoq muddatli majburiyatlar










Тo`lanadigan obligatsiyalar



50000

50000

0



Jami majburiyatlar



74500

64500

- 10000



Aktsiyadorlik kapitali










Oddiy aktsiyalar



140000

140000

0



Тaqsimlanmagan foyda



53500

85500

+ 32000



Jami



193500

225500

+ 32000



Majburiyat va kapital
summasining jami



268000

290000

+ 22000





Foizlar va dividendlarni to`lash va olish bilan bog`lik pul oqimlari. Foizlar va dividendlar to`lash va olish bilan bog`lik bo`lgan pul mablag`larining harakati alohida ochib beriladi. Ular sub`ektning xo`jalik faoliyati turiga bir hisobot davridan ke-yingisiga bir maromda asosiy, investitsion yoki moliyaviy faoliyat kabi tasniflanadi. Hisobot davri davomida to`lanadigan foizlarning umumiy summasi ularni xarajat sifa-tida moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda tan olinishi yoki olinmasligiga qara-masdan pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda yoritiladi. Baьzan ular moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida ham tasniflanishi mumkin. Bunga sabab, ular olingan moliyaviy resurslar uchun to`lov yoki investitsiyalardan daromad hisoblanadi.
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotni tuzish uslubiyotini yuqorida keltirilgan ba-lans va quyida keltirilayotgan maьlumotlar yordamida tushuntiramiz.

Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot
200_ i 1 yanvaridan 31 dekabrgacha bo`lgan davr uchun
«XYZ» Korporatsiyasi



Sotuvdan sof tushum



250000

Sotilgan tovarlarning tannarxi



140000

Yalpi foyda



110000

Davr xarajatlari (shundan eskirishso`mmasi 10000 )

62500

Foiz ko`rinishidagi xarajatlar



4500

Asosiy vositani sotishdan olingan foyda

16000

Obligatsiyalarni to`lashdan ko`rilgan zarar

9000

Soliqni to`lashdan oldingi foyda



50000

Daromad solig`i



11000

Sof foyda



39000

Hisobot davri davomida Korporatsiyada quyidagi xo`jalik muomalalri yuz bergan deb faraz qilamiz:


Dastlabki qiymati 10000 so`m va shu kungacha hisoblangan eskirish summasi 6000 so`m bo`lgan uskuna 20000 so`mga sotildi.
40000 so`mlik yangi asosiy vosita sotib olindi.
Hisob qiymati 80000 so`m bo`lgan obligatsiyani qoplash uchun 89000 so`m to`landi.
Mol etkazib beruvchiga 3000 dona aktsiya berish evaziga 30000 so`mlik uskuna sotib olindi.
Nominal qiymati 120000 so`m bo`lgan qo`shimcha oddiy aktsiyalar chiqarib sotildi.
11000 so`mlik dividend eьlon qilinib, to`landi

Masalani avval to`g`ri usul bilan ishlab ko`rsatamiz. Buning uchun esa quyidagi formulalardan foydalanamiz.


1.Sotishdan olingan pul tushumi

Sotishdan Sotishdan tushum Olinadigan hisobvaraqlarning


pul mablag`- = (Moliyaviy natijalar ± kamayishi yoki
larining to`g`risidagi hisobot) ko`payishi (Balans)
tushumi


Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot - to`g`ri usul



PUL OQIMLARI ТO`G`RISIDAGI HISOBOТ
200__ 1 yanvaridan 31 dekabrigacha
"XYZ" Korporatsiyasi
ming so`m

Asosiy faoliyatdan pul oqimlarining harakati



Хususiy



Umumiy



Pul mablag`larining tushumi:





Mahsulot sotishdan tushum ( 250 – 5 )



245




Olingan foizlar





Jami tushumlar




245



Pul mablag`larining chiqib ketishi :





Тovarlar sotib olish (140 – 6 + 9 )



143




Operatsion xarajatlar (62,5 + 13 – 0,5 – 10 )



65




Тo`lanadigan foizlar



4,5




Foyda solig`i ( 11 + 1,5 )



12,5




Jami chiqimlar




225



Asosiy faoliyatdan pul mablag`larining holati




+ 20



Investitsion faoliyatdan pul oqimlari harakati





Qimmatli qog`ozlarning sotib olinishi



Qimmatli qog`ozlarning sotilishi





Asosiy vositalarning sotib olinishi



- 40




Asosiy vositalarning sotilishi



+ 20




Investitsion faoliyatdan pul mablag`larining holati




- 20

Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining harakati



Obligatsiyalarni to`lash



- 89




Oddiy aktsiyalarning chiqarib sotilishi



+ 120




Dividendlarning to`lanishi



- 11




Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining holati




+ 20



Pul mablag`larining holatidagi sof o`zgarishlar





Hisobot davri boshiga pul mablag`lari



10




Hisobot davri oxiriga pul mablag`lari



30



+ 20



Investitsion va moliyaviy faoliyatlar bilan bog`liq bo`lgan pulsiz muomalalarning ro`yxati
Asosiy mablag`larni olishga chiqarilgan obligatsiyalar



30


2.Berilgan kreditlar uchun foiz va dividendlar ko`rinishidagi pul mablag`lari-ning kelib tushishi


Foizlar va dividendlarni olish va to`lash bilan bog`lik pul oqimini alohida ko`rsatish uchun , ularni bir hisobot davridan keyingisiga izchillik bilan aso-siy, investitsiya yoki moliya faoliyatidan olingan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim buladi.


Хo`jalik yurituvchi sub`ektlar uchun to`langan va olingan foizlar asosiy fao-liyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashda ishlatiladi.

3.Olingan ТMZ yoki xizmat uchun pul mablag`larining to`lanishi


Olingan ТMZ Sotilgan tovar- ТMZ zahiralari- Тo`lanadigan


uchun pullik = larning tannarxi ± ning ko`payishi ± hisobvaraqlarda
to`lovlar (Mol. natijalar yoki kamayishi kamayish yoki
to`g`ri.hisobot) (Balans) ko`payish (Balans)
4.Operatsion xarajatlar bo`yicha pullik to`lovlar
Operatsion Operatsion Kelgusi Hisoblangan Asosiy vosita
xarajatlar xarajatlar davrlar majburiyat- va NMA lar
bo`yicha (Moliyaviy xarajat- larining eskirishi
pullik = natijalar ± larining ± kamayishi _ (Moliyaviy
to`lovlar to`g`risidagi ko`payishi yoki natijalar
hisobot) yoki ko`payishi to`g`risidagi
kamayishi (Balans) hisobot)
(Balans)

5.Foyda solig`i bo`yicha pul mablag`larining to`lanishi


Foyda solig`i Foyda solig`i Foyda solig`i bo`yicha


bo`yicha pul (Moliyaviy natija- majburiyatning
mablag`larining = lar to`g`risidagi ± kamayishi yoki
to`lanishi hisobot) ko`payishi (Balans)
Asosiy faoliyatdan olingan pul mablag`larining harakatini aniqlash - egri usul.
Egri usul hisobida to`g`ri usuldagiday tuzatishlar ishlatiladi, farki, egri usulda har bir modda emas, balkim sof foyda summasi tuzatiladi.
Bunday usulda tuzilgan hisobotdan foydalanuvchilar moliyaviy resurslarni pul holiga kelgunga qadar bosib o`tadigan yo`lini ko`rishlari mumkin bo`ladi. Bu unga korxonani pul oqimlarini ko`payishiga to`sqinlik qilayotgan to`siq va holatlarni aniqlash imko-nini beradi.
Quyida asosiy faoliyatdan pul mablag`larining holatini hisoblash uchun zarur barcha tuzatishlar berilgan:



Sof foyda (zarar)ni asosiy faoliyatdan pul mablag`larining holatiga transformatsiyalash uchun zarur o`zgarishlar



Qo`shiladi

Ayriladi



Eskirish xarajatlari

Obligatsiyalar bo`yicha mukofot summalarning amortizatsiyasi

NMA va muddati uzaytirilgan xarajatlar
amortizatsiyasi

Soliqlar bo`yicha muddati uzaytirilgan maj-buriyatlarning kamayishi

Obligatsiyalar bo`yicha chegirmalar amortizatsiyasi

Ulushli usulda oddiy aktsiyalarga qilingan
investitsiyalardan olingan daromad

Soliklar bo`yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlarning ko`payishi

Asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda

Ulushli usulda oddiy aktsiyalarga qilingan investitsiyalardan olingan zarar

Olinadigan hisobvaraqlar qoldig`ining ko`payishi

Asosiy vositalarni sotishdan olingan zarar

ТMZ qoldiqlaridagi ko`payish

Olinadigan hisobvaraqlar qoldig`ining kamayishi

Oldindan to`langan xarajatlar summasining
ko`payishi



ТMZ qoldiqlaridagi kamayish

Тo`lanadigan hisobvaraqlar qoldig`ining kamayishi

Oldindan to`langan xarajatlar summasining
kamayishi

Hisoblangan majburiyatlar qoldig`ining
kamayishi

Тo`lanadigan hisobvaraqlar qoldig`ining ko`payishi

Boshqa foyda

Hisoblangan majburiyatlarning ko`payishi




Boshqa zararlar






Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot - egri usul



PUL OQIMLARI ТO`o`RISIDAGI HISOBOТ
200__ 1 yanvaridan 31 dekabrigacha
"XYZ" Korporatsiyasi
mingso`m

Asosiy faoliyatdan pul mablag`larining harakati



Хususiy



Umumiy



Sof foyda ( zarar )


+ 39



Sof foyda ( zarar ) ning tuzatilishi:





Asosiy vosita va NMA ning eskirishi



+ 10




Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan foyda



+ 9




Asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda



- 16




Olinadigan hisobvaraqlar qoldig`ining o`zgarishi



- 5




Тovar zahiralari qoldig`ining o`zgarishi



+ 6




Kelgusi davr xarajatlarining o`zgarishi

- 13




Тo`lanadigan hisobvaraq qoldig`ining o`zgarishi



- 9




Hisoblangan majburiyatlarning o`zgarishi



+ 0,5




Hisoblangan foyda solig`ining o`zgarishi

- 1,5




Sof foyda (zarar )ga tuzatishlarning jami




- 19



Asosiy faoliyatdan pul mablag`larining holati




+ 20

Investitsion faoliyatdan pul oqimlarining harakati







Qimmatli qog`ozlarning sotib olinishi





Qimmatli qog`ozlarning sotilishi





Asosiy vositalarning sotib olinishi



- 40




Asosiy vositalarning sotilishi



+ 20




Investitsion faoliyatdan pul mablag`larining holati


- 20



Moliyaviy faoliyatdan pul oqimlarining harakati



Obligatsiyalarning to`lanishi



- 89




Oddiy aktsiyalarning chiqarilishi



+ 120




Dividendlarning to`lanishi



- 11




Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining holati


+ 20



Pul mablag`larining holatida sof o`zgarishlar





Хisobot davri boshiga pul mablag`lari



10




Хisobot davri oxiriga pul mablag`lari



30



+ 20



Investitsion va moliyaviy faoliyatlar bilan bog`liq bo`lgan pulsiz muomalalarning ro`yxati
Asosiy vositalarni olishga chiqarilgan obligatsiyalar



30




4. Хorijiy valyutadagi pul oqimlari
Хorijiy valyutadagi xo`jalik muomalalaridan pul oqimlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomala amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo`yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O`zbekiston Respublika-si valyutasida aks ettiriladi. Хorijiy shu`ba jamiyatining pul oqimi O`zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo`yicha qayta hisoblanishi kerak.
Хorijiy valyutaning almashtirish kursi o`zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag`i harakati hisoblanmaydi. Biroq al-mashtirish kursi stavkalari o`zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`iga yoki ularning ekvivalentlariga ta`siri pul mablag`lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvo-fiqlashtirish uchun pul oqimi to`g`risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor asosiy, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqi-midan alohida ko`rsatiladi va agar pul mablag`larining bu harakati hisobot dav-rining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo`lsa, tafovutga qo`-shiladi.
5. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot bo`yicha yoritishlar

Хo`jalik yurituvchi sub`ekt korxonada mavjud bo`lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablag`lari va pul ekvivalentlari qoldig`i miqdorini rah-bariyatning tushuntirishi bilan birga yoritishi lozim.


Хo`jalik yurituvchi sub`ektning pul oqimi bilan uning bo`g`inlari o`rta-sidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari bo`g`inlar bo`yicha yoritilishi lozim.
Хo`jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlari-ning bo`g`inlardagi harakatlarini yoritish zarur.
Sho`ba korxonalarni yoki boshqa xo`jalik birliklarini xarid kilish yoki sotishdan buladigan pul oqimlari yig`indisi alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlar kichik korxonalar va boshqa xo`jalik birlik-larini xarid qilish bo`yicha ham, ularni sotish bo`yicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab yoritishlari lozim.
Хarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
Хarid qilish yoki sotishning pul mablag`i va pul ekvivalentlari vositasida to`langan qismi;
Хarid qilingan yoki sotilgan sho``ba jamiyatga yoki xo`jalik birligiga tegishli pul mablag`lari va pul ekvivalentlari miqdori;
Aktivlar va majburiyatlar miqdorini, sho``ba korxonada xarid qilingan yoki sotilgan pul ekvivalentlari hamda pul mablag`laridan tashqari yoki aktivlar va majburiyatlarning turi bo`yicha. Biznes subyektlarining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda pul oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish muhim rol o‘ynaydi. Pul oqimlari tadbirkorlik subyektining bir yil davomidagi barcha sarflangan va kirim qilingan pul mablag‘larining harakatini ifodalaydi. Subyektning «pul oqimlari» tushunchasi o‘zida faoliyatining uzluksizligi jarayoni davomida pul mablag‘lari tushumi va chiqimining taqsimlanish yig‘indisini aks etiradi.
Subyektlarning pul oqimlari tushunchasi moliyaviy boshqaruvning alohida obyekti sifatida nafaqat mahalliy, balki xorijiy adabiyotlarda ham moliyaviy boshqaruv bo‘yicha yetarli darajada o‘z aksini topmagan. Bu pul oqimlarining asosiy tarkibida pul aktivlarini boshqarish, moliyaviy resurslarni shakllantirishni boshqarish va bankrotlik xavfi sharoitida inqirozga qarshi subyektlarning boshqaruvi masalalari ko‘rib chiqiladi. Unga shuningdek, moliyaviy hisobotlar, pul mablag‘larining harakat dinamikasini tasvirlovchi buxgalterya hisobini yuritish kabi hisob turlari kiradi.
Pul oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish nisbatan murakkab vazifa bo‘lib, u endigina amaliyotga kirib kelmoqda. Shuningdek, moliyaviy hisobotining shakllaridan biri ham «pul oqimlari to‘g‘risida»dir.

  • Biznes subyektlarining pul oqimlaridan unumli foydalanish quyidagi vazifalarni yechishga yordam beradi:

  • u tadbirkorlik subyektining «moliyaviy qon aylanish tizimi» bo‘lib, samarali tashqil etilganda moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini oqilona shakllantirish xo‘jalik operatsion faoliyatining bir maromda va doimiy amal qilishini ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini samarali boshqarish qarz mablag‘lariga, ya’ni chetdan jalb qilingan kapitallarga bo‘lgan ehtiyojlarni qisqartiradi;

  • pul oqimlarini boshqarishning faol tizimiga ega bo‘lish o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishni, ichki moliyaviy manbalarni shakllantirishni ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini to‘g‘ri boshqarish xo‘jalik kapitalining aylanishini tezlashtiruvchi moliyaviy dastak hisoblanadi;

  • pul oqimlaridan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektining to‘lov qobiliyatini oshiradi va maqsadli foyda miqdoriga erishishga yordam beradi;

pul oqimlarini samarali boshqarish shakllariga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olishni, bevosita pul aktivlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishni, ya’ni vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Tadbirkorlik subyektlari «pul oqimlarini boshqarish» tushunchasi o‘zida ho‘jalik faoliyati uchun xizmat qiluvchi turli shakldagi pul oqimlari tarkibini aks ettiradi. Buning mohiyatini pul oqimlarini boshqarishda ularning alohida xususiyatlariga qarab aniqlash talab etiladi. Bunday pul oqimlarini guruhlashtirishni quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha tashqil qilish taklif qilinadi.
1. Pul oqimlari xo‘jalik faoliyatiga xizmat qilish jarayonlarining hajmi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • korxona bo‘yicha to‘liq pul oqimlari;

  • korxona xo‘jalik faoliyatining alohida shakllari bo‘yicha pul oqimlari;

  • alohida tarkibiy tuzilmalari (javobgarlik markazlari) bo‘yicha pul oqimlari;

  • alohida xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha pul oqimlari.

2. Xalqaro hisob standartlariga mos ravishda xo‘jalik faoliyatining shakllari bo‘yicha pul oqimlarining turlari quyidagilarga ajratiladi:

  • operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari;

  • investitsiya faoliyati bo‘yicha pul oqimlari;

  • moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari.

3. Pul mablag‘larining harakat yo‘nalishlari bo‘yicha pul oqimlari ikki asosiy shaklga ajratiladi:

  • ijobiy pul oqimlari («pul mablag‘larining kirimi»);

  • salbiy pul oqimlari («pul mablag‘larining chiqimi»).

4. Hajmini hisoblash usullari bo‘yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • yalpi pul oqimlari;

  • sof pul oqimlari.

5. Hajmining yetarlilik darajasi bo‘yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • pul oqimlarining yetarliligi;

  • pul oqimlarining yetishmasligi (defitsitligi).

  • 6. Pul oqimlari davrda baholash usullari bo‘yicha quyidagi shallarga ajratiladi:

  • joriy pul oqimlari;

  • kelgusidagi pul oqimlari.

7. Pul oqimlari ko‘riladigan davrda shakllantirilishining uzluksizligi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:
doimiy pul oqimlari;
vaqtinchalik pul oqimlari.
8. Doimiy pul oqimlari vaqt oralig‘ing barqarorligi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:
doimiy pul oqimlarining bir xil vaqtdagi oralig‘i;
doimiy pul oqimlarining har xil vaqtdagi oralig‘i.
Tadbirkorlik subektlarining pul oqimlari operatsion faoliyat, moliyaviy faoliyat va investitsion faoliyat natijasida shakllanadigan pul oqimlaridan iborat bo‘ladi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schetlar, ishchilarga mehnat haqi xarajatlari va mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy ajratmalar, asosiy vositalarning eskirishi, turli ish va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari, foiz ko‘rinishidagi xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatidagi boshqa xarajatlar, xo‘jalikni boshqarish xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar, budjetga turli soliqlar ko‘rinishidagi chiqimlar hamda mahsulot sotishdan olingan, ish va xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushgan tushum, royalti, foiz ko‘rinishidagi tushumlar va operatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa pul tushumlarini aks ettiradi.
Investitsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarishga sarflagan real investitsiyalari va ortiqcha asosiy vositalarni sotish, boshqa subyektlarning aksiyalarini sotib olish va sotish hamda boshqa investitsiya xususiyatiga ega bo‘lgan kirim va chiqimlarni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari tadbirkorlik subyektining qo‘shimcha sarmoya sifatida mablag‘ jalb qilishini, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni jalb qilishni, pul ko‘rinishida dividend berish va korxona faoliyatini tashqi mablag‘lar bilan moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Biznes subyektlarining pul oqimlarining shakllanishida ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tashqi ta’sirlarga tovarlar va fond bozorlaridagi vaziyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi, kreditlar bilan ta’minlash, soliq va bojxona tizimlari kirsa, ichki omillarga ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va mavsumiylik xususiyati, tadbirkorlik subyektining eskirishni hisoblash siyosati, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tizimi va boshqalar misol bo‘ladi.
Tadbirkorlik subyektlari doimo ijobiy pul oqimiga ega bo‘lgan taqdirda barqaror rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Pul oqimlari va boshqa moliyaviy resurslarning yetarli darajada bo‘lishi nafaqat takror ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molni kengaytirishga, balki tadbirkorlik subyektining likvidligini ta’minlashga ham imkon beradi.
Tadbirkorlik subyektlarining to‘lovga qobilligi ayniqsa, moddiy resurslar ta’minoti, turli ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashqi subyektlar va ularning moliyaviy faoliyati uchun muhim ko‘rsatkich hisobланади.
Majoziy ma'noda pul oqimini korxona xo'jalik organizmining "moliyaviy qon aylanishi" tizimi sifatida ifodalash mumkin. Korxonaning samarali tashkil etilgan pul oqimlari uning "moliyaviy sog'lig'ining" eng muhim belgisi bo'lib, uning yuqori yakuniy natijalariga erishishning zaruriy shartidir. Muomala jarayonida aylanma mablag'lar muqarrar ravishda o'zining funksional shaklini o'zgartiradi va tayyor mahsulotlarni sotish natijasida naqd pulga aylanadi. Mablag'lar asosan korxonaning bankdagi hisob-kitob (joriy) hisobvarag'ida saqlanadi, chunki xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi hisob-kitoblarning muhim qismi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Kichik miqdorda mablag'lar korxonaning kassasida. Bundan tashqari, xaridorlarning mablag'lari muddati tugagunga qadar akkreditiv va boshqa hisob-kitob shakllarida bo'lishi mumkin. Shunday qilib, joriy aktivlarda hisobga olinadigan pul mablag'larining tarkibiga quyidagilar kiradi: kassa, joriy hisob, chet el valyutasi hisobvarag'i, boshqa pul mablag'lari, shuningdek, qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar. Pul mablag'lari Eng ko'p likvid aktivlar, bu ma'lum bir o'lchamda kompozitsiyada doimo mavjud bo'lishi kerak aylanma mablag'lar aks holda kompaniya to'lovga layoqatsiz deb e'lon qilinadi. Pul mablag'larini boshqarish pul oqimini prognozlash yordamida amalga oshiriladi, ya'ni. mablag'larning kelib tushishi (kirishi) va ishlatilishi (chiqishi). O'zgaruvchanlik va inflyatsiya sharoitida pul mablag'larining kirib kelishi va chiqishini aniqlash juda qiyin bo'lishi mumkin va ayniqsa moliyaviy yil uchun etarlicha aniq emas. Mahsulotni sotishdan olingan taxminiy pul tushumlari miqdori schyot-fakturalarni to'lash va kreditga sotishning o'rtacha muddatini hisobga olgan holda hisoblanadi. Tanlangan davr uchun debitorlik qarzlarining o'zgarishi ham hisobga olinadi, bu pul oqimini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, operatsion bo'lmagan operatsiyalar va boshqa tushumlarning ta'siri aniqlanadi. Bunga parallel ravishda, pul mablag'larining chiqishi prognoz qilinadi, ya'ni olingan tovarlar (xizmatlar) uchun hisobvaraq-fakturalarning kutilayotgan to‘lovi, asosan kreditorlik qarzlarini to‘lash. Byudjetga, soliq organlariga to'lovlar, dividendlar, foizlar to'lash, korxona xodimlarining mehnatiga haq to'lash, mumkin bo'lgan investitsiyalar va boshqa xarajatlarni ta'minlaydi. Natijada, pul tushumlari va chiqishi o'rtasidagi farq aniqlanadi - ortiqcha yoki minus belgisi bilan sof pul oqimi. Agar chiqib ketish miqdori kattaroq bo'lsa, u holda prognoz qilingan pul oqimini ta'minlash uchun bank krediti yoki boshqa tushumlar ko'rinishidagi qisqa muddatli moliyalashtirish miqdori hisoblanadi. Kutilayotgan tushum va to‘lovlar prognozi oylar yoki choraklar bo‘yicha taqsimlangan tahliliy jadvallar ko‘rinishida tuziladi. Sof pul oqimlari miqdoridan kelib chiqib, pul mablag'larini boshqarishni optimallashtirish bo'yicha zarur choralar ko'riladi. Pul oqimini tahlil qilish va boshqarish uning optimal darajasini, korxonaning joriy majburiyatlarini to'lash va investitsiya faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi. Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy bozordagi kutilmagan o'zgarishlarga tezda moslashish qobiliyati pul mablag'larini boshqarish samaradorligiga bog'liq. Pul oqimlarini boshqarish moliyaviy menejmentning bir qismi bo'lib, korxonaning moliyaviy siyosati doirasida amalga oshiriladi, bu korxona o'z faoliyatining umumiy iqtisodiy maqsadiga erishish uchun amal qiladigan umumiy moliyaviy mafkura sifatida tushuniladi. Moliyaviy siyosatning vazifasi korxonaning strategik va taktik maqsadlariga erishishni ta'minlaydigan samarali moliyaviy boshqaruv tizimini yaratishdir. Har qanday korxona faoliyatida uchta eng muhimi moliyaviy ko'rsatkich quyidagilar:
1) sotishdan tushgan tushum; 2) foyda; 3) pul oqimi.
Ushbu ko'rsatkichlar qiymatlarining umumiyligi va ularning o'zgarishi tendentsiyalari korxona samaradorligini va uning asosiy muammolarini tavsiflaydi. Keling, pul oqimi va foyda o'rtasidagi farq nima ekanligini ko'rib chiqaylik.
Daromad - ma'lum bir davr uchun mahsulot yoki xizmatlarni sotishdan olingan buxgalteriya daromadi, daromadning ham pul, ham pul bo'lmagan shakllarini aks ettiradi. Foyda - ro'yxatga olingan savdo daromadi va sotilgan mahsulot bo'yicha hisoblangan xarajatlar o'rtasidagi farq. Pul muomalasi - korxona tomonidan ma'lum davr uchun olingan va to'langan barcha mablag'lar o'rtasidagi farq. Pul muomalasi korxona - bu uning xo'jalik faoliyati natijasida hosil bo'lgan mablag'larning vaqt bo'yicha taqsimlangan tushumlari va to'lovlari yig'indisidir. Olingan foyda va naqd pul miqdori o'rtasidagi farq quyidagicha: - foyda ma'lum bir davrda qayd etilgan naqd va naqd bo'lmagan daromadlarni aks ettiradi, bu naqd pulning haqiqiy qabul qilinishiga to'g'ri kelmaydi; - foyda naqd pul olingandan keyin emas, balki sotishdan keyin tan olinadi; -foydani hisoblashda ishlab chiqarish xarajatlari to'langan paytda emas, balki sotilgandan keyin tan olinadi; - pul oqimi foydani hisoblashda hisobga olinmaydigan pul oqimlarini aks ettiradi: amortizatsiya, kapital xarajatlar, soliqlar, jarimalar, qarz to'lovlari va sof qarzlar, qarz va avans mablag'lari. Naqd pul aylanma mablag'larning eng likvid qismidir. Bu barcha majburiyatlarni to'lash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, aktiv yoki kompaniyaning bozor qiymati quyidagilar bilan belgilanadi: - kelajakda aktiv yoki kompaniya tomonidan yaratilgan pul oqimi; - ushbu pul oqimining vaqt bo'yicha taqsimlanishi; - ishlab chiqarilgan pul oqimi bilan bog'liq risklar. Tarqatish bilan bog'liq moliyaviy resurslar muhim element takror ishlab chiqarish va korxonaning moddiy va pul oqimlarini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi. Korxonaning moliyaviy resurslari doimiy harakatda bo'lib, ular moliyaviy menejment doirasida boshqariladi. O'z navbatida, korxonaning pul oqimlari uning xo'jalik faoliyati jarayonida korxonaning hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi va kassadagi pul mablag'larining harakatini (kirish va chiqishlarini) jami shaklda ifodalaydi. Shu munosabat bilan sur'at strategik rivojlanish va korxonaning moliyaviy barqarorligi ko'p jihatdan pul tushumlari va chiqimlari vaqt va hajm jihatidan bir-biri bilan qanchalik sinxronlashtirilganligi bilan belgilanadi, chunki bunday sinxronizatsiyaning yuqori darajasi tanlangan maqsadlarni jadal amalga oshirishga yordam beradi.


TAQRIZ

‘’_____________________________________________________’’fakulteti sirtqi _________________________________________________ -guruh talabasi ____________________________________________________________________________________________________--________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ __1. Amalyot mazmuni _______________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

2. Amalyotning ijobiy tomonlari __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

3.Amalyotning salbiy tomonlari __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

4. Tushuntirish qismi __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 5. Xulosa _________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________



Taqrizchi ___________________________________

“______”_____________202___-y


Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling