Pul oqimlaridagi o‘zgarish tendensiyalarini tahlili


Download 22.08 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1737492
Bog'liq
Pul oqimlaridagi o


Pul oqimlaridagi o‘zgarish tendensiyalarini tahlili.
Pul mablag‘larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk yegalari va menejerlar ye’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Negaki, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektning qarshi tomon oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, naqdlikni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog‘i lozim.
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning yekvivalentlarini jalb yetish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi.
Pul mablag‘lari oqimi yuzasidan quyidagi muhim tushunchalarni tasniflash lozim1:
Pul mablag‘lari – kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek‚ bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schotlaridagi mablag‘lar.
Pul yekvivalentlari – ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli biroz xatari bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).
Pul oqimlari – pul mablag‘lari hamda ular yekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati – pul yekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul mablag‘i yekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun yemas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul yekvivalenti deb hisoblash uchun ular yerkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa, uni pul yekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to‘lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag‘ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag‘ining tarkibiy qismi yoki ularning yekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag‘lari va pul yekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‘larini boshqarish pul mablag‘lari va pul yekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‘z ichiga oladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim yetishi lozim bo‘ladi.
Operatsion faoliyat. Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to‘lash, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli yekanini aks yettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi.
Operatsion faoliyatdan pul oqimi xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Operatsion faoliyatdan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi2:
tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;
royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;
tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari;
xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;
savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
boshqalar.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsiyalar bo‘yicha foyda kelishi va zarar ko‘rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar bo‘yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda olgan bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga o‘xshash bo‘ladi.
Investitsiya faoliyati. Xo‘jalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlari. Bu to‘lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek‚ xo‘jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi;
asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok yetish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari, pul yekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qo‘yilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovlar (veksellar kabi hujjatlar bo‘yicha to‘lovlar)dan tashqari;
boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok yetish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul yekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi to‘lov hujjatlari bo‘yicha tushumlar bunga kirmaydi;
boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha to‘lovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan holatlar bundan mustasno bo‘ladi yoki to‘lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif yetiladi.
va boshqalar.
Moliyaviy faoliyat. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
subyektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning yegalariga to‘lovlar;
ta’minlanmagan obligatsiyalar yemissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
zayomlarni to‘lash;
moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;
va boshqalar.
Pul oqimini tahlil yetishni o‘rganish maqsadi va vazifalari.
Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:
- pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va ularning kamchiliklari. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumot moliyaviy hisobotning 4-shakli bo‘lgan “Pul oqimi to‘g‘risida”gi hisobotdan olinadi. Hisobot kassa usulida tuziladi. Tuzish davriyligi bo‘yicha yarim yillik va yillik muddat belgilangan.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning yeng muhim kamchiliklari hisoblanadi
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning yekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul yekvivalentlari bilan ta’minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Agar ta’minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul yekvivalentlariga bo‘lgan yehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta’minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul yekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil yetish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil yetilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab korxonalarda pul mablag‘lari va pul yekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‘lari va pul yekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

Tayyorladi:Abdisalomov Shoxruh
Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling