Pul o‘tkazmalari operatsiyalarini tashkil etish Avazova Feruza
Download 1.46 Mb.
|
feruza
Pul o‘tkazmalari operatsiyalarini tashkil etish Avazova Feruza Pul o‘tkazmalari ICHKI XALQARO Jismoniy shaxslardan ichki pul o‘tkazmalari barcha pochta aloqasi ob’ektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, aloqa bo‘limlari)da qabul qilinadi. Yuridik shaxslardan ichki pochta o‘tkazmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslardan xalqaro pul o‘tkazmalari pochta aloqasi ob’ektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari)da va elektron pul o‘tkazmalarining avtomatlashtirilgan tizimi (EPO‘ AT)ga ulangan ajratilgan aloqa bo‘limlarida qabul qilinadi. Xalqaro pul o‘tkazmalari faqat “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati pochta aloqasi ob’ektlari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, aloqa bo‘limlari)da qabul qilinadi. EPO‘ tizimiga ulangan pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi, aloqa bo‘limi)ning (pochta aloqasining avtomatlashtirilgan ob’ekti) xodimi EPO‘ tizimida pochta aloqasi manzilli ob’ektining indeksi bo‘yicha uning avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmaganligini aniqlaydi. Agar pochta aloqasining manzilli ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi, aloqa bo‘limi) avtomatlashtirilgan bo‘lsa, elektron pul o‘tkazmasi sifatida, agar aloqa bo‘limi avtomatlashtirilmagan bo‘lsa – gibrid pul o‘tkazmasi sifatida rasmiylashtiriladi. Yuridik shaxslardan har qanday miqdorda pul o‘tkazmalarini qabul qilish naqd pulsiz hisob-kitob (to‘lov topshiriqlari) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bitta pul o‘tkazmasining summasi va ichki pul o‘tkazmalari bilan jo‘natish uchun qabul qilinadigan pullarning umumiy summasi cheklanmaydi. UPIga a’zo-mamlakatlarning pochta aloqasi operatorlari o‘rtasida ikki tomonlama tuzilgan shartnomalarda belgilangan bitta xalqaro pul o‘tkazmasining maksimal summasi pochta aloqasi ob’ektlari (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamalari)ga buyruq orqali yetkaziladi. Pul o‘tkazmalari (ichki va xalqaro) milliy valyutada qabul qilinadi va to‘lanadi. Ichki pul o‘tkazmalari 114-shakldagi blankda qabul qilinadi, 115-shakldagi blank bo‘yicha to‘lanadi. Xalqaro pul o‘tkazmalari MR-1-shakldagi blankda qabul qilinadi, MR-1e-shakldagi blank bo‘yicha to‘lanadi. Jo‘natuvchi jismoniy shaxs 114-shakldagi, MR-1-shakldagi blanklarda zarur bo‘lganda «yozma xabar» satrida to‘lov turini (alimentlar, nafaqa) ko‘rsatishi va xabar yozishi mumkin. Nomuvofiq shakldagi blanklarda pul o‘tkazmalarini qabul qilish taqiqlanadi. 114-shakldagi, MR-1-shakldagi blanklarda yozilgan matnni tuzatishga, o‘chirishga va ustidan qayta yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoidalar talablarini buzgan holda rasmiylashtirilgan 114-shakldagi, MR-1-shakldagi blanklar jo‘natishga qabul qilinmaydi va jo‘natuvchilarga qaytariladi Pul o‘tkazmalari jismoniy va yuridik shaxslardan «Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan» va «Eltib berish bilan» qabul qilinishi mumkin. Harbiy qismlarga, jazoni ijro etish muassasalariga, abonement pochta javoniga manzillangan pul o‘tkazmalari faqat «Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan» qabul qilinishi mumkin. Pul o‘tkazmalari jismoniy shaxslar manziliga yetkazib berilishi uchun haq to‘langan holda eng kam oylik ish haqining o‘n barobaridan ko‘p bo‘lmagan summada qabul qilinishi mumkin, pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha pul o‘tkazmalari bundan mustasno. Pul o‘tkazmasi to‘langanligi to‘g‘risidagi axborotni olish uchun jo‘natuvchi 119-shakldagi bildirishnoma (oddiy yoki buyurtma) blankini to‘ldiradi. Pul o‘tkazmasining yetkazib berilganligi uchun haq pul o‘tkazmasini jo‘natish to‘lovining umumiy summasiga kiritiladi. Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomalar (oddiy yoki buyurtma) haqi markalar bilan to‘lanadi. Pul o‘tkazmalarini qabul qilishda aloqa xodimlari tomonidan pul o‘tkazmalarining jo‘natuvchilari va oluvchilarini identifikatsiya qilinadi va lozim darajada tekshiriladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling