Pul tizimi elementlari


Download 24.27 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1218116
Bog'liq
Pul tizimi elementlari 222


Pul tizimi elementlari

Iqtisodiyotdagi muomalalarda pul tizim elementlari vositasi bo'lib xizmat qilganligi sababli, iqtisodiyotning oddiy modelida pul massasi shu maqsadda xizmat qiluvchi aktivlar miqdorigacha kamayadi. Ammo murakkab real iqtisodiyotda bu savolga javob unchalik aniq emas. Avvalo, pul massasi tushunchasini aniqlash kerak.


Pul massasi tushunchasi bozor iqtisodiyotini makroiqtisodiy tahlil qilish uchun asos bo'lib, u tashqi iqtisodiy adabiyotlarda va statistikada keng qo'llaniladi. Mahalliy o'quvchi uchun bu asosan yangi. Pul massasi diqqat markazida bo'ladi markaziy bank va davlat organlari. Bu tushunarli, chunki agar u juda tez o'sadigan bo'lsa, unda muqarrar natija narxlarning oshishi, inflyatsiya, tanqislik bo'ladi. Va aksincha, uning tez qisqarishi bilan ishsizlik paydo bo'ladi, ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo'ladi.
pul massasi jismoniy shaxslar, muassasalar (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar) mulkdorlari (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar) va davlat mulki boʻlgan iqtisodiyotda tovar va xizmatlar aylanishini taʼminlovchi naqd va naqd pulsiz isteʼmolchi va toʻlov vositalari majmuidir.
Pul massasi o'z ichiga oladi Birinchidan,Naqd pullar muomalada, ya'ni aholi qo'lidagi barcha qog'oz pullar va metall tangalar, shuningdek, korxona, muassasa va tashkilotlar sinflarida. Banklarning kassalaridagi naqd pullar pul massasiga kirmayd
Pul tizmi elementlari turlari
1 Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.
Šoђoz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qoђoz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan
2. Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qoђoz pular va qimmatli qoђozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Šimmatli qoђozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi.
3. Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud.
1. Metall pullar tizimi.
2. Kredit va kogoz pullar tizimi. 
Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi.
Muomiladagi pullarning asosiy qismini qoђoz pullar tashkil qiladi. Šoђoz pullardan foydalanilishiga sabab:
a) Šimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan.
b) Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’ђri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi.
v) Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Šoђoz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi.
Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi.
2. Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.
3. Baho masshtabi.
4. Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga.
5. Emissiya tizimi
6. Davlat yoki kredit apparati.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega.
- Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qoђoz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish.
- pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.
- pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi
- pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1. Pul birligi - so’m
2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar
3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi
Xulosa
Yuqorida takidlab o’tilishicha pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.
Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling