Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari Reja: Pul tizimi va uning mazmuni
Monometallizm pul tizimi sharoitida
Download 205.5 Kb.
|
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari-
Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va
kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi. Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‘z ichiga olar edi. Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; – o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; – oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi; – oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi. Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi. Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi vujudga keldi. 1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: – oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, banknotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi; – banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi; – pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi; – davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling