Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Kredit pullari va ularning turlari Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi


Download 0.61 Mb.
bet12/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

Kredit pullari va ularning turlari Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi

. Kredit pullari va ularning turlari Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to`lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan. Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to`lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. 33 Kredit pullar o`zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo`lib, kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir. Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o`tkazma veksel - tratta) ko`rsatilgan summani, ko`rsatilgan vaqtda va joyda to`lash to`g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi. Banknota – kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo`lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqariladi. O`tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo`lib, xoxlagan vaqtda uni bankka topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan. Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo`llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi: – xo`jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi; – davlatni kreditlash, ya`ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi; – aktiv to`lov balansiga ega bo`lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o`sishi orqali va boshqalar; Oltinni demonetizatsiya qilish jarayonining sabablari:
1. Erkin raqobat, ya`ni kapitalizm davrida eng katta rivojlanishga erishgan oltin muomalasi tizimining nomuvofiqligi, iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichida tovar ishlab chiqarish ehtiyojlari.
2. Kredit va kredit munosabatlarini rivojlantirish.
3. Davlatning iqtisodiy rolini kuchaytirish.
4.Tovar-pul munosabatlarining oltin ishlab chiqarish hajmining ko`payishi bilan taqqoslaganda jadal rivojlanishi tufayli pulga bo`lgan ehtiyojning tezroq o`sishi.
5. Oltin pullardan foydalanishning yuqori narxi. Banknotlar - bu bankning, hozirda markaziy bankning majburiyatini ifodalovchi naqd pul mablag’lari. 34 Talab bo`yicha bank hisobvaraqlaridagi mablag’lar (depozit pul) - bu banklar tomonidan naqdsiz shaklda chiqarilgan kredit pullari. Banknotalar singari, ular banklarning majburiyatlari. Depozit pulni yaratishning ikkita asosiy usuli mavjud:
1) banklar tomonidan naqd pulsiz kreditlar berish, ya’ni qarz oluvchining hisob raqamidagi kredit miqdori. Shu bilan birga, muomalada pul miqdori ko`payishini ko`rsatadi;
2) banklar tomonidan depozitlar uchun naqd pul mablag’lari qabul qilinishi. Muomaladagi pul miqdori o`zgarmaydi: omonatchi banknotalarni depozitga "almashtiradi" (muomaladagi banknotalar soni kamayadi, shu bilan birga depozit pullari ko`payadi).

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling