Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Download 0.61 Mb.
bet4/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

1.1-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari
Iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni baholash va ularga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida 2018 yil boshidan boshlab Markaziy bank mamlakat bo`ylab aholi va tadbirkorlik sub`ektlari orasida muntazam so`rov o`tkazilishi amaliyotini joriy etdi. Ushbu so`rovlar davomida aholi va tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan sezilayotgan inflyatsiya darajasiga, unga ta`sir qiluvchi omillar, kelgusi davr uchun inflyatsion kutilmalar va iste`mol kayfiyatiga baho beriladi
2018 yil yanvar’-sentyabr’ oylarida olib borilgan so`rovlar natijalariga ko`ra, ushbu davrda inflyatsion kutilmalarda sezilarli o`zgarishlar kuzatildi. 2017 yil oxirida keskin jadallashgan inflyatsiya sur`atlari 2018 yil yanvaridan boshlab sekinlasha boshladi, bu esa joriy yilning birinchi choragida inflyatsion kutilmalarga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Ikkinchi chorak davomida inflyatsion kutilmalar ayrim tartibga solinadigan narxlar oshishiga qaramasdan nisbatan past darajada saqlanib qoldi. Bunga meva-sabzavot narxlarining mavsumiy pasayishi borasidagi kutilmalar hamda ushbu davrda milliy valyuta almashuv kursining mustahkamlanishi sabab bo`ldi (-rasm).


1.2-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.



  1. Inflyatsion kutilmalar indeksi

Inflyatsion kutilmalar indeksi – kelgusida kutilayotgan inflyatsiya darajasini aniqlash bo`yicha berilgan savollarga respondentlar tomonidan belgilangan barcha javoblarning balanslashtirish usuli orqali umumlashtirilgan ko`rsatkichi. Indeks diapazoni 0 dan, barcha respondentlar narxlar pasayishini ko`rsatgan taqdirda, 1000 gacha, barcha respondentlar narxlar yuqori darajada oshishini kutayotganda.
2018 yil iyun oyidan boshlab aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining inflyatsion kutilmalari oshishi kuzatildi. Bu qishloq xo`jalik mahsulotlari narxlarining mavsumiy o`sishi, ish haqi va kommunal to`lovlar tariflari oshishi bo`yicha kutilmalar bilan izohlanadi. Bundan tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlangan milliy valyuta kursining deval’vatsiyasi kutilmalarning oshishiga o`z hissasini qo`shdi. Umuman korxonalarning inflyatsion kutilmalari aholinikiga nisbatan ijobiyroq bo`ldi, ya`ni sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, ular jismoniy shaxslarga nisbatan narxlarning kamroq oshishini kutishgan. Xususan, yuridik shaxslarning 48 foizi narxlar o`sishi keyingi 12 oy ichida 13 foizdan oshmasligini ko`rsatgan bo`lsa, shunday kutilmalarga ega jismoniy shaxslarning ulushi 42 foizni tashkil etdi (- rasm).
Inflyatsion kutilmalar, o`z navbatida, iqtisodiy agentlarning narxlar darajasiga bo`lgan ishonchini aks ettirib, ularning iste`mol talabi shakllanishiga ta`sir etadi. SHu bilan birga, inflyatsion kutilmalarga asoslanib aholi o`z jamg’armalarini tasarruf qiladi. Jumladan, yuqori inflyatsion kutilmalar jamg’armalarni iste`molga sarflashga yoki jamg’arma o`rnini bosuvchi boshqa yuqori likvidli tovarlar xaridiga yo`naltirishga rag’bat uyg’otib, shu yo`l bilan iste`molga bo`lgan talabni orttiradi. SHuningdek, yuqori inflyatsion kutilmalar sharoitida aholi jamg’armalarini qadrsizlanishdan saqlash maqsadida ularni xorijiy valyutaga ayirboshlashi iqtisodiyotning dollarlashuv darajasining oshishiga olib keladi.
So`rov natijalariga ko`ra, hozirgi vaqtda respondentlarning yarmi o`zlarining jamg’armalarini tadbirkorlikka yo`naltirishga tayyorligini, boshqa qismi esa jamg’armalarini joriy iste`molga sarflashini bildirgan Bu bilvosita respondentlarning inflyatsiyaning kelgusi dinamikasi borasida ikkilanayotganliklarini va iqtisodiyotda kelgusi narxlar darajasi bo`yicha noaniqliklar mavjudligini ko`rsatadi.
Bunda jamg’armalarning tadbirkorlik maqsadida ishlatilishi iqtisodiy faollikka ijobiy ta`sir ko`rsatib, kelgusida yalpi taklif oshishiga yordam beradi. Ushbu jarayon bilan bir vaqtda investitsion talabning kengayishi qisqa muddatli istiqbolda inflyatsiya o`sishiga olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbolda unumdorlik va ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ta`kidlash joizki, o`z jamg’armalarini banklarda saqlashni ma`qul ko`ruvchi respondentlar ulushi tobora ko`payib bormoqda, bu esa bank depozit foiz stavkalari jozibadorligi va aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotganini aks ettiradi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling