Pul tizimi va pul muomalasi Reja
Download 36.52 Kb.
|
Pul tizimi va pul muomalasi Reja
Mo = naqd pullar
M1= Mo + schetlardagi pul qoldiђi + mahalliy byudjet mablaђlari+ byujet, jamoa va boshqa tashkilot mablaђlari. M2= M1+xalq bankidagi muddatli jamђarmalar M3=M2+sertifikatlar + maqsadli zayom obligasiyalari + davlat zayom obligasiyalari + xazina majburiyatlari. Pul agregatlari M1 + M2 ning bir – biridan farqi M2 ning tarkibiga yakin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi pullar» ni (depozit sertifikatlari, investisiya fondlarining aksiyalari va boshqalar) olishdadir. 1995 yilda nominal pul mussasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 2003 yil 17 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining yiђilishida «Moliyaviy pul muomilasi mutonosibligini ta’minlash masalalarida ijobiy natijalar qo’lga kiritildi…. Pul massasining o’sish sur’ati ancha kamaydi, uning hajmi 2001 yilda YaIM ga nisbatan 14 foizni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili bu ko’rsatkich 12,5 foizdan iborat bo’ldi» degan edi. O’zbekiston Respublikasida pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 28 moddasiga binoan majburiy rezerev miqdori tijorat bankining yiђilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resruslarining Markaziy bankda saklanishi lozim bo’lgan ushbu qismi jamђarma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga boђliq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, Yaponiyada minimal rezerv stavkasi 2,5 %, AŠSh da 12% Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17 %, O’zbekistonda 20 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda bu rezerv 1.05.94 ga 30%, 1.07.96 ga 25 % ga 2006 yildan 15 % ga teng. Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar buyicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu stavkalar markaziy bankning kredit siyosatidan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagicha bo’lgan: 1,01,94 dan 225 %, 1.03.95 dan 300 %., 1.07.96 dan 60 %., 2000 yil yiliga 32.%, 2003 yil 27,1 % , 2005 yildan 16% ni tashkil etadi. Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qoђozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. 1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi. KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan. 2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. 3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni raђbatlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir. Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qullanilgan. 4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan. Download 36.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling