Пул турларининг пайдо бўлиши ва унинг пул назариялари билан боғлиқлиги
Download 23.19 Kb.
|
pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Пул турларининг пайдо бўлиши ва унинг пул назариялари билан боғлиқлиги
ORALIQ NAZORAT 18-вариант 1. Пул турларининг пайдо бўлиши ва унинг пул назариялари билан боғлиқлиги 2. Ўзбекистонда пул агрегатлари ва уларнинг таркиби 3. Пул тизимининг турлари Пул турларининг пайдо бўлиши ва унинг пул назариялари билан боғлиқлиги Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: - qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan; - keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berish lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, 8 kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. Ayirboshlash – bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi mehnat mahsulidan voz kechib, zarur bo‘lgan boshqa mehnat mahsuli o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi; ishlab chiqaruvchi subyektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi; 9 ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor, uning qiymat shaklining rivojlanish evolyutsiyasiga qaratiladi. Chunki, pulning vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o‘rin tutadi. Pulning qiymat shakllari asosan beshta ko‘rinishdan iboratligi e’tirof etilib, ular quyidagilardan iborat. Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim: qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi; oltin va kumush muomalada qo‘ldan qo‘lga o‘tishi natijasida yedirilib, o‘zining dastlabki hajmi va xossasini yo‘qotishi; qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi; iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan. Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega 12 bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to‘lov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyatsiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi. Download 23.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling