Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari


Download 52.28 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi52.28 Kb.
#1827975
1   2
Bog'liq
bozor muozanati

Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij tenglamasidan xam keng foydalaniladi: M=k*PY Bu erda: k= 1/V– pulning aylanish tezligiga teskari mikdor. k - koeffitsientni nominal pul mikdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi. Pulga real talab kuyidagi ko`rinishda xisoblanadi: (M/P)D = k Y Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb nomlanadi

3. Pulga talabning keynscha nazariyasi

Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi: 1.transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab); 2.extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash); 3.spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi. Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: M/R = f(R) Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning kuyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Iste‘molchi bilan sotuvchi bozor ishlab chiqarish orqali bog’laydi. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.
Ma‘lumki, tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning kelib chiqishi tovar-pul munosabatlarining shakllanishiga va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berdi, shuning bilan bir qatorda bozor- iqtisodiyotini vudujga kelishiga shart-sharoit yaratib berdi. Bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishining umumiy sharoitlari, birinchidan , xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, ikkinchidan , ijtimoiy mehnat taqsimoti hisoblanadi. Bu ikkala shart ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini vujudga keltiradi. Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘molning bozor orqali hal bo’lishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun- qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Bozor iqtisodiyotining ob‘ekti va sub‘ekti bo’ladi. Ob‘ekt - bu moddiy narsalardir. Sub‘ekti esa moddiy narsalarga egalik qiluvchi kishilardir, ya‘ni yollanma ishchilar, tadbirkorlar, ssuda kapitali egalari, qimmatli qog’ozlar egalari va barcha iste‘molchilar. Bozor xo’jaliginig barcha asosiy sub‘ektlari uchta guruhga bo’linadi: 1. Uy xo’jaliklari; 2. Korxonalar (tadbirkorlik sektori); 3. Davlat. Uy xo’jaliklari - iste‘molchilar bo’lib, ular ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni iste‘mol qiladilar. Ular mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beradilar, iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflaydilar.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ygan, asosan iqtisodiyotni tartibga har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi. Bank – iqtisodiyotning me‘yoriy amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga solib turuvchi moliya-kredit muassasasidir. Bozor iqtisodiyotini to’rtta iqtisodiy mexanizm tartibga solib turadi: 1. Narx; 2. Talab; 3. Taklif; 4. Raqobat.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Turli shakllardagi mulkchilik va xususiy mulkning ustuvorligi; 2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3. Raqobat kurashining mavjudligi; 4. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi; 5. Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligidir. Bozor iqtisodiyotining taraqqiyotini ikki turga ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchisi , klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti bo’lib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlariga davom etgan. Uning asosiy belgilari quyidagicha bo’lgan: 1. Xususiy mulkchillikka asoslagan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; 2. Kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; 3. Tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarning shaxsiy erkinligi; 4. Tadbirkorlarning yuqori foyda olishlar uchun kurashlari; 5. Iqtisodiyotning talab va taklif, king bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; 6. Aholining ijtimoiy himoyaqilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi
bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi - hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qilib kelingan. Uning asosiy belgilari: 1. Mulkchilikning turli shakllariga, ya‘ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash ko’rinishlariga amal qilgan holda iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi; 2. Kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; 3. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Davlat fan-texnika taraqqiyotini qo’llash, turli iqtisodiy tadbirlarni o’tkazish, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya‘ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarni - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste‘mol jarayonlarini ham o’z ichiga oladi: Bozorning asosiy belgilari : sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash; sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi; foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish; raqobatchilik muhitini yaratishdir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi pul orqali ayirboshlash (oldi- sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bozor talab bilan taklifni moslashtirsa muvozanat hosil bo’ladi va aksincha bo’ladi.
m, xo’jalik yuritish amaliyotida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyotiga shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi atijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Download 52.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling