"Pul va Bank" fanidan oraliq nazarot ishi bia-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon


Pulning funksiyalari va ularga tavsif


Download 170.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi170.51 Kb.
#1757079
1   2   3
Bog'liq
Bank huquqi oraliq

Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining 
qarashlari mavjud: 
-Evropa maktabi. 
-Amerika maktabi. 
-Evropa 
maktabi 
pulning 

funksiyasi 
xususida 
xulosaga 
kelgan: 
Qiymat o‘lchovi funksiyasi. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy 
ekvivalent bo‘lgan pulda o‘lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan 
qog‘oz va kredit pullari bu funksiyani bajarmoqda. 
Qog‘oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 
1 dollardan 10 dollargacha bo‘lgan kupyuralar AQSH G‘aznachiligi tomonidan 
muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo‘q. Bu vazifani AQSH 
G‘aznachiligi bajaradi. 
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu 
banknotalar bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi. 


O‘zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi. 
Muomala vositasi funksiyasi. Bunda tovar-pul yoki pul-tovar operatsiyasi bir 
vaqtning o‘zida 
yuz beradi
, ya’ni tovarlar nasiyaga sotilmaydi. 
To‘lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to‘lov muddati kechiktirlib 
sotiladi. 
SHuningdek
, kredit va moliya munosabatlaridagi to‘lovlar ham pulning 
to‘lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning 
asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq 
to‘lovlarini 
amalga oshiradi
, turli xildagi jarimalar to‘lovlarini to‘laydilar. 
Jamg‘arish vositasi funksiyasi. Bunda naqd va naqd bo‘lmagan pullar jamg‘ariladi. 
Aholi, korxonalar o‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli yoki 
jamg‘arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo‘lida turgan har 
qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. 
Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ham to ishlatilgunga qadar 
jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. 
Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan 
ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani 
bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta 
bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga 
oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. 
Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi. 
Xulosa 
qilib aytganda
, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog‘liq va ular 
birbirini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog‘liqligi va 
birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga 
sharoit 
yaratadi. 
2.Банкларнинг функциялари. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining 
asosiy jihatlaridan biri
, jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning 
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda 
faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga 
qaratilgan. 
Shu bilan birga
, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 15 
bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga 
ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish 
siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, 
qayta ishlovchi korxonalar
, qurilish 
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish 
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha 
ehtiyojni 


keltirib chiqarsa
, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab 
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. 
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro 
bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan 
tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 16 asosiy 
o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va 
mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan 
bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini 
pasayishiga olib keladi. 

Download 170.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling