“Pul va banklar” fani Mavzu: Tijorat banki va uning funksiyalari Ma'ruza rejasi
Download 84.72 Kb.
|
TB-funksiya (2)
Banklarni birlashtirish deganda bir yoki bir necha bankning huquq va majburiyatlarini boshqa bankka bergan holda ularning faoliyatini to‘xtatish tushuniladi. Birlashtirilayotgan bankning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirayotgan bankka o‘tadi.
Banklarni bo‘lish deganda bankning huquq va majburiyatlarini yangi tashkil etilgan banklarga berilgani holda faoliyatining to‘xtatilishi tushuniladi. Bo‘lish natijasida yuzaga keladigan har bir bank aksiyadorlari (qatnashchilari) taʼsis majlisi bank ustavini tasdiqlaydi va kengashini saylaydi. Bank bo‘linganda uning huquq va majburiyatlari bo‘linish balansiga muvofiq yangi tashkil etilgan ikki yoki bir necha banklarga beriladi.
Bankni ajratib chiqarish deganda bir yoki bir necha banklar tashkil etilib, qayta tashkil etilayotgan bank faoliyati to‘xtatilmagani holda uning huquq va majburiyatlarining bir qismi ularga berilishi tushuniladi. Bank tarkibidan bir yoki bir necha banklar ajratib chiqarilgan holda bo‘linish balansiga muvofiq ravishda qayta tashkil etilgan bank huquq va majburiyatlarining bir qismi ularga o‘tadi
Download 84.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling