“Pul va banklar” fani Mavzu: Tijorat banki va uning funksiyalari Ma'ruza rejasi


Download 84.72 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi84.72 Kb.
#1568583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TB-funksiya (2)

Ammo, tijorat banki, sanoat korxonalaridan farqli o‘laroq, nomoddiy shakldagi mahsulotlarni yaratadi. Masalan, kredit mahsuloti. Bank tomonidan berilgan kreditni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki, u moddiy ko‘rinishga ega emas. Faqat kredit hisobidan sotib olingan tovarni ko‘z bilan ko‘rish mumkin.

1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi

Tijorat banki faoliyatini faqatgina Markaziy bankdan Bosh lisenziya olgandan keyin boshlash huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilga qadar tijorat banklari faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan 2 ta Bosh lisenziya olishish kerak edi. Bitta Bosh lisenziya valyuta operatsiyalaridan boshqa barcha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini berar di. Ikkinchi Bosh lisenziya valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini berar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh lisenziyani olish bekor qilindi.

1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi

Tijorat banklari mulk shakliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

* davlat banklari

* aksiyadorlik – tijorat banklari

* xususiy banklar

  • xorijiy kapital ishtirokidagi banklar.
  • Raqamli banklar
  • Chet el bankining shoba banki

1. Tijorat bankining yuridik shaxs sifatidagi maqomi

2023 yilning 1 fevral holatiga, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida 32 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda.

Ushbu 32 ta tijorat bankidan:

* Davlat ulushi mavjud banklar– 11(O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Asaka bank, Ipoteka-bank, Xalq banki, Qishloq qurilish bank, Mikrokreditbank, Turon bank, Aloqa bank, Poytaxt bank)

* aksiyadorlik-tijorat banklari – 26(O‘zmilliybank, Xalq banki, Asaka bank, Asia Alliance bank, Poytaxt bank, Madad Invest bank, Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Qishloq qurilish bank, Turon bank, Mikrokreditbank, Universal bank, O`zagroeksportbank, Tibisi bank, Tenge bank, Ravnaq-bank, Garant bank, Anor bank, Uzum bank, Smart bank, APEX bank, Hayot bank)


Download 84.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling