“Pul va banklar” fani Mavzu: Tijorat banki va uning funksiyalari Ma'ruza rejasi


* xususiy banklar – 3 (Trastbank, Davrbank, OrientFinansBank)


Download 84.72 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi84.72 Kb.
#1568583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TB-funksiya (2)

* xususiy banklar – 3 (Trastbank, Davrbank, OrientFinansBank)

* xorijiy kapital ishtirokidagi banklar – 5.(InfinBank, KDB bank, Hamkorbank (Xalqaro moliya korporatsiyasi, Niderlandiya kompaniyasi), Ziraat Bank Uzbekistan, Bank Sedarat Tashkent)

2. Tijorat bankining funksiyalari

1. Vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish.

2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.

4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish.

5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish.

6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz-matlarini ko’rsatish.

1. Vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash funksiyasi.

Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.

Bunda, asosan, bo‘sh turgan pul mablag‘lari tijorat bankining depozit hisobraqamlariga jalb qilinadi va bankning qimmatli qog‘ozlarini ularga sotish yo‘li bilan jalb qilinadi.

Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi:

1. Emission qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligasiyalar, opsionlar)

2. Noemission qimmatli qog‘ozlar (depozit sertifikatlari, jamg‘arma sertifikatlari)

2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‘ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.

3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish


Download 84.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling