Pul va banklar fanidan keys studylar. Ismailov Shodiyor Davronbek O`g`li mm-54-2
Download 70.57 Kb.
|
ММ-54-2 Ismoilov Shodiyor Keys satdy
Veksel bu — veksel beruvchining yoxud vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz; Qimmatli qog’ozlar qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil etishning asosiy dastaklari hisoblanadi. O’zbekistonda
6. Qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. Manbalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar X asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar “erkin tanga”, keyinchalik “qimmatbaho qog‘oz tangalar” deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan to‘lov vositalari bo‘lsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi. Qog‘oz pullar kvadrat shaklda bo‘lib, bir tomonida imperatorning nomi va dinastitsiyasi haqidagi ma’lumotlar, ikkinchi tomonida esa “G‘aznachilik boshqaruvi iltimosiga ko‘ra qaror qilindi, hukumronlik qiluvchi imperator tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv bo‘lgan bu qog‘oz tanga qiymatga ega va haqiqiy kumush tanga qatorida to‘lovga qabul qilinishi shart. 7. Pulning mohiyati. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi. 8. Pul mohiyatining namoyon bo‘lish shakllari. Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bo‘lmasalarada2, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga “pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi3.
Download 70.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling