Pul va banklar fanidan mustaqil ishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
pul va banklar jumayeva s
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an‘naviy turi talab oshib ketganda
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadii. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri keladi. Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib boradi. G‘arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi qilib chakana 29 baxolarning o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma‘lum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baxolar o‘sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baxolar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar baxosi yig‘indisi, ya‘ni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, ya‘ni bozor savati baxosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin. 𝐵𝐼𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 = 𝐵𝑆𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 𝐵𝑆𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠 Bunda: 𝐵𝐼 𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 -joriy yilda baxolar indeksi 𝐵𝑆 𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠 - bazis yildagi bozor savati baxosi 𝐵𝑆 𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 - joriy yildagi bozor savati baxosi Baxolar indeksini hisoblashda iste‘mol tovarlar baxosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda baxolar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflyatsiya deb nomlansa, ― Baxolar darajasining oshishi‖dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya‘ni baxolar darajasining kamayishidan dalolat beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan ) bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkon beradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling