Pul va banklar fanidan nazorat savollariga javoblar bha 92-k2 Sharafiddinov D
Download 10.66 Kb.
|
Pul va banklar fanidan nazorat savollariga javobla
Pul va banklar fanidan nazorat savollariga javoblar BHA 92-k2 Sharafiddinov D. Pul va Banklar fanidan nazorat savollari. 1. Pul-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. 3. Qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib (aynib) qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga va pulning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 4. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 5. Ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi, ishlab chiqaruvchi subyektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi, ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi kabi omillar ta’sir etgan. 6. Pulning oddiy qiymat shakli, kengaytirilgan shakli, umumiy shakli, pul shakli va qog’oz shakllari mavjud. 7. Miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. 9. Pulga – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif berilganligi uchun iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. 10. Pul-faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. 11. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud: Yevropa va Amerika maktabi. Yevropa 5 ta ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini Amerika esa Hisob funksiyasi, ayirboshlash funksiyasi va jamg’arish vositasi funksiyasini tan oladi. 12. Pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajaradi. 13. Pul barcha funksiyalarini to’liq namoyon etish uchun iqtisodiyotdagi real va moliya sektorlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash lozim. 14. To’lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to’lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to’lovlar ham pulning to’lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to’lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to’lovlarini to’laydilar. 18. Odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. 19. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi, jahon bozorining vujudga kelishi, kumush va oltinning barcha tovarlar ichidan umumekvivalent vosita sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ushbu metallarning tabiiy xossasi (yagona jismligi, qiymatining o‘zgarmasligi, sifatining buzilmasligi) uzoq davr jamiyatda pul vazifasini bajarishiga xizmat qildi. Download 10.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling