Pul va banklar” fanidan
Valuta kurslarining muhimligi nimada?
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
Valuta kurslarining muhimligi nimada?
Valuta kurslarining muhimligini ularning o’z mamlakatlari hududidagi va xorijiy davlatlarning tovarlariga nisbatan qiymatiga ta’sir etishida ko’rishimiz mumkin. Amerikaliklar uchun fransus tovarlarining dollardagi narxi ikki omillarning o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi: yevroda ifodalangan fransus tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valuta kursidadir. Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator o’zining vino kolleksiyasini to’ldirish maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransus vinosini harid qilishga qaror qildi. Agar Fransiyada bir litr vinoning narxi 1000 yevro bo’lsa, ammo valuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng bo’lsa, Vandaga vino 1080 dollarga to’g’ri keladi. (1000 yevro*1,08 dollar/yevro). Tasavvur qilaylikki, Vanda o’zining haridini ikki oyga kechiktirdi. Vaholanki ushbu davr mobaynida yevroning qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo’lib, ya’ni o’zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga o’sadi. Boshqa tarafdan, valutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida xorij mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq komputeri bir yevro uchun 1.08 dollarga to’g’ri keluvchi valuta kursida programmist Pyer uchun 1852 yevroga tushadi. Agar valuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar bo’lsa, computer 1667 yevro bahoga ega bo’ladi. Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga olib keladi va ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining narxlari oshishiga olib keladi. Agar bir yevro 0,90 dollar bo’lsa, Vandaga bit litr vino 1080 dollar emas 900 dollarga, Pyer uchun Compaq komputeri 1852 yevrogamas 2222 yevroga tushadi. Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: mamlkat valutasi mustahkamlanganda (boshqa xorij valutalariga nisbatan qiymati oshsa), ushbu mamlakatning mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar arzonlashadi. Va aksincha, mamlakat valutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa qimmatlashadi. Valutaning mustahkamlanishi ushbu mamlakatda ishkab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini qiyinlashtiradi va chet elda ishlab chiqarilgan arzon tovarlarning mamlakatda ichki bozorning raqobatini oshiradi. 1980 yildan 1985 yilning boshigacha Amerika sanoati yuqori dollar kursidan zarar ko’rdi.Masalan, AQShning po’lat quyuvchi sanoati nafaqat amerika qimmat po’latining xorijga eksport qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import po’latning sotuvi ro’y berdi.To’g’ri, amerikalik iste’molchilar g’alaba qozonishdi, chunki import mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya videomagnitafonlari va kameralari, hamda Yevropaga yo’llanmalarning narxi dollarning mustahkamlanishi tufayli tushdi.189 Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling