Pul va banklar” fanidan


AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (


Download 7.83 Mb.
bet205/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (American Recovery and Reinvestment Act)







Yo‘nalishlari

Mlrd. AQSH dollari



Salmog‘i

1.



Soliq yukini engillashtirish



288



37%



2



SHtatlar va mahalliy hokimiyat organlarini soliqlardan ozod qilish

144



18%



3.



Infratuzilma va fan



111



14%



4.



Ijtimoiy himoya



81



10%



5.



Sog‘liqni saqlash



59



7%



6.



Ta’lim



53



7%



7.



Energetika



43



5%



8.



Boshqalar



8



1%




Jami



787



100%



Obama rejasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar:

  • 3 mln. ish joylarini saqlab qolish va tashkil etish;

  • sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish;

  • muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 3 yil mobaynida uning hajmini ikki baravarga oshirish;

  • federal mulkka taalluqli bo‘lgan (maktablar bi­lan birga) binoinshootlarning 75 foizini va 1 mln. xususiy uylarni ta’mirlash;

  • 7 mln. talabalar uchun grantlar tizimini moliyalashtirish hajmini oshirish, ta’lim uchun to‘lovlar bo‘yicha soliqlarni kamaytirish;

  • infratuzilmaga keng kulamli investitsiyalarni amalga oshirish, xususan, yullar, kupriklar, jamoat transport tizimini kurish va kayta ta’mirlash, temir yul va aeroportlarni modernizatsiyalash;

  • soliklardan ozod kilish (solik kreditlari), solik stavkasini pasaytirish orkali uy xujaliklarining tulov kobiliyatini oshirish;

  • yetarli darajadagi shaffoflik, monitoring va javobgarlik darajasini ta’minlash imkonini berishi lozim.

Jahon moliyaviy inqirozi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bank tizimiga xam jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Bunga javoban Yevropada banklarni qutkarish choralari ko‘rildi. G.Braun boshchiligidagi Angliya xukumatining inqirozga karshi choralarida bank tizimi ustidan kuchli davlat nazoratini ta’minlash asosiy bo‘g‘inga aylandi. Braun dasturi (510 mlrd. AQSH dollari) 290 mlrd. dol­lar mikdoridagi mablarlarni Britaniya banklari muammoli aktivlarini sotib olishga, 220 mlrd. dollarni esa banklarning kayta kapitallashuviga, kreditlash, in­vestitsiya va iste’mol talabini kullabkuvvatlashga safarbar etishni kuzda tutdi.
Buyuk Britaniyada inqirozga karshi choralar doirasida davlatning bank kapitalidagi ulushi dastlab Northern Rock Bank ipoteka bankida, so‘ngra Bradford & Bingleyda oshirildi. Keyinchalik esa mamlakatdagi ikkinchi yirik bank Royal Bank of Scotland (RBS)da davlatning ulushi 58%dan 70%ga, Lloyds Bank Groupda 40%dan 45%ga oshirildi. Birok bu kabi choralar doimo xam barkarorlikni kafolatlay olmaydi. RBS 11,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida rekord darajadagi zarar kurganini e’lon kilgach, uning aksiyalari kursi 67 foizga pasaydi.
AQSH, SHveysariya, Germaniya, Islandiya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya "modeli"ga ergashdilar. Germa­niya xukumati bankrotlik taxdid solayotgan banklarni milliylashtirishni kullabkuvvatladi. CHunki Germaniyaning birgina Hipo Real Estate banki aksiyalari 89 fo­izga kadrsizlanib ulgurgandi. Yirik banklardan Aareal va Commerzbankning kapitallashuvi moe ravishda 21 va 42 foizga kamaydi. Kansler A.Merkel 2009- yilning fevral oyida zarurat turilganda vaktinchalik muammoli banklarni milliylashtirish yulidan borish mumkinligini ham ma’lum kildi.
Fransiya xukumati mamlakatning muxim axamiyatga ega etakchi kompaniyalarini kullabkuvvatlash yulidan bordi. 2009- yilning fevral oyida mamlakatning yirik avtomobil ishlab chikaruvchi korporatsiyalari PSA Peugeot Citroen va Renaultga moliyaviy kumak berildi. Korporatsiyalar bank kredit stavkalari 1112 foiz atrofida bulgan sharoitda 67 foiz stavkasida 6 mlrd. Yevro miqdorida moliyaviy mablaglarni oladigan bulishdi. Bunga javob tarikasida korporatsiyalar zavodlarini yopmaslikni kafolatlash, kreditlar buyicha tulovlar vaktiga kadar xodimlar sonini kiskartirishdan voz kechish, dividendlar va raxbariyat mukofotlarini kiskartirish majburiyatini olishdi.
Italiyada UniCredit, Fransiyada Natixis (mamlakatning turtinchi yirik banki), Irlandiyada Allied Irish Bank va Bank og Ireland og‘ir xolatga tushib koldi. Fransiyada banklar va biznesga tezkor yordam loyixasi 380 mlrd. dollar ajratishni kuzda tutdi. Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburgda yirik Belgiya banki Fortis (ushbu bank aktivlari mamlakat YAIMdan 2,5 baravar kup 1,5 trln. dollar) kutkarish uchun 16,1 mlrd. dollar ajratildi. Bundan tashkari, Belgiya xukumati ikkinchi yirik bank Dexiani kutkarish choralarini kurdi.
AQSHda J.Bush modeli neoliberal monetaristik prinsiplarga, xususan, bank tizimiga davlat mablaglarini safarbar etishga asoslangan bulsa, YYevropada, masalan, N.Sarkozi "moliyaviy kapitalizm" modelidan voz kechib, amalga oshirish murakkab bulgan "tadbirkorlik kapitalizmi" modeli bilan chikdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri J.Braun davlat tomonidan moliyaviy ragbatlantirish choralarini kurish va bunday yordamni oluvchi muassasalarning kapitali tarkibida davlat ulushini oshirish orkali samarali davlat nazoratini ta’minlashga xarakat kildi.
YYevropada inqirozga karshi moliyaviy ko‘mak hajmi dastlab 600 mlrd. AQSH dollari miqdorida baxolandi, biroq inqiroz sur’atlarining oshishi natijasida u 1,5 trln. AQSH dollariga etdi.
2009 -yilning yakuniga kelib global moliyaviy inqiroz sharoitida Yevropa Ittifoki uchun yangi muammolar va sinovlar davri boshlandi. Bu erda gap Gretsiya davlatidagi byudjet inqirozi xakida ketmokda. 2009 -yilning yakuniga kelib Gretsiyada byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 12 foizdan oshdi. Ayni paytda, davlat karzi Gretsiyada 110 foizdan oshgan edi. Bunday sharoitda Gretsiya xukumati karzlarni kayta moliyalash va defitsitni koplash uchun moliyaviy resurslarni jalb kilishda qiyinchiliklarga yuz tuta boshladi. Albatta, bunda Yevropa Ittifokiningbeminnatyordamini kutish amri maxol. Birok Ittifokka a’zo bulish uchun Maastrixt kelishuvida ifodalangan talablardan biri davlat byudjeti defitsi­ti YAIMning 3 foizidan oshmasligi bulib, Gretsiyaning Ittifokda kolishi uning byudjet inqirozidan ^ay sur’atda chikib ketishiga boglik bulib koladi. Ayni paytda, bu nafakat Gretsiyaning muammosi, balki butun Ittifok barkarorligi va xayotiyligini ta’minlay olish muammosi sanaladi. Boshkacharok aytganda, Yevropadagi integratsiyalashuvning zamonaviy boskichida bir a’zo mamlakatda yuzaga keladigan fiskal muammo yagona pulkredit siyosati amalga oshiriladigan xududda kanday bartaraf etilishi boshka a’zo davlatlar uchun xam birdek muximdir. Chunki YYevrohududda fiskal muammo tez sur’atlarda va samarali bartaraf etilmasa, Ittifokning kelajagi xam xavf ostida kolishi mumkin.
YYevrohududning 16 davlati moliya vazirlarining muzokaralaridan so‘ng Gretsiyaga uch yil muddatga 110 mlrd. Yevro miqdorida yordam paketi ajratiladigan bo‘ldi.
Albatta, YYevropa Ittifoqi tomonidan Gretsiyaga ko‘rsatiladigan yordam oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo ajratiladigan kreditning foiz stavkasi bozordagi mavjud stavkadan pastroq bo‘ladi (qariyb 5 foiz atrofida).
Gretsiyaga ajratiladigan yordam paketida Yevrohududning ulushi 80 mlrd. Yevroni tashkil etib, yordamning qolgan qismi (30 mlrd. Yevro) XVF tomonidan joriy yilda ajratiladigan bo‘ldi. XVF rahbari ushbu qarorni Yevrohududni qutqarish chorasi ekanligini e’tirof etdi. Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va pensiya qonunchiligini erkinlashtirish talab etilmoqda. CHunki ushbu choralar yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 20 mlrd. Yevroga qisqartirish imkonini beradi.
Gretsiyadagi defolt holati e’tirof etilgandan so‘ng ozgina fursat o‘tib, Standart & Poor’s reyting agentligi tomonidan Ispaniya va Portugaliya uchun kreditga layoqatlilik reytingining pasaytirilishi Yevropa Ittifoqidagi moliyaviy inqirozning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Vaholanki, Fitch reyting agentligi Gretsiyaning suveren reytingini VVV+gacha pasaytirgan edi. Bu esa, Gretsiyaning A+ reytingiga ega bo‘lgan Malayziyadan ham kreditga layoqatlilik bo‘yicha orqada ekanligini ko‘rsatadi.
Yevrohudud o‘zining Markaziy bankiga ega bo‘lgani holda, yagona g‘aznachilikka ega emas. Bu esa byudjet intizomi buzilgan hozirgi sharoitda Yevro uchun og‘ir sinov davri boshlanganligini bildiradi. Vaholanki, yagona pulkredit siyosati qo‘llaniladigan Yevrohudud a’zo davlat uchun ham muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirayotganli gini ta’kidlash lozim. CHunki agar Gretsiya o‘zining Markaziy banki orqali mustaqil pulkredit siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lganda, byudjet defitsiti bilan bog‘liq muammolarni inflyasiyaga yo‘l qo‘yib berish, Markaziy bankdan kredit jalb qilish (garchi maqbul sanalmasa ham), devalvatsiya sur’atlarini oshirish hisobiga engillashtirishi mumkin edi.
Bundan ko‘rinadiki, valyutaviy integratsiyalashuvning yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladigan Yevropa Ittifoqida ham fiskal muammolarni samarali hal etishning takomillashgan mexanizmi mavjud emas ekan. Bundan tashqari, Gretsiyada byudjetning qisqarishi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatgani holda, soliq tushumlarining kamayishiga va qarzning YAIMga nisbati ko‘rsatkichining yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Moliya institutlari axborot to’plashni to’xtatganda va qarz ajratganda moliyaviy betartiblik oshadi, assemmetrik axbrotlar muammosi moliya tizimini qobiliyatini cheklaydi. Qarzlar kamayib borishi bilan, qarz oluvchilarning investitsion imkoniyati cheklanadi va ularning sarflari kamayadi va natijada moliyaviy faollik pasayadi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling