Pul va banklar” fanidan
Biz naqd pulsiz jamiyatga o‘tmoqdamizmi?
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
Biz naqd pulsiz jamiyatga o‘tmoqdamizmi?
So‘nggi o‘n yillikda doimiy ravishda naqd pullarsiz jamiyatga o‘tish masalasi muhokam etib kelinmoqda. Ammo tarixiy rivojlanishning ushbu bosqichi xali xam amalga oshgani yo‘q. Misol uchun, 1975 yilda Business Week elektron to‘lovlarning tatbiq etilishi “tez suratlarda aynan pul konsepsiyasini o‘zgarishi” ga olib kelishini bashorat qilgan edi. Ammo bir necha yillar o‘tgandan so‘ng nashr o‘zining xulosalarini rad qildi. So‘nggi yillarda ist’emolchilarning elektron pullardan foydalanishga o‘rgatish maqsadida smart kartalarni tatbiq etish bilan bog‘liq bilan bir nechta tajribaviy loiyhalarni amalga oshirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1995 yilda Buyuk Britaniyada muomalaga chiqarilgan eng birinchi reklama qilingan xotirali kartochkalardan biri Mondex faqatgina mamlakatning bir nechta universitet shaxarchalarida foydalanildi. Germaniya va Belgiyada millionlab odamlar mikroprotsessor o‘rnatilgan kartochkalarga ega bo‘lib, aynan ushbu kartochkalarni elektron pullar sifatida foydalanish mumkin. Lekin bunday turdagi kartochkalardan foydalanuvchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Nima sababdan biz qog‘oz pullarsiz jamiyatga juda sekinlik bilan o‘tmoqdamiz? Garchand elektron pullar qog‘oz pullar to‘lov tizimiga nisbatan ancha qulay va samarali bo‘lsada, bir qator kamchiliklarga ega hisoblanadi. Birinchidan, kompyuter, kard redir va telekommunikatsiyalar tarmog‘ini o‘rnatish juda katta mablag‘ talab etganligi bois elektron pullar asosiy to‘lov shakli sifatida o‘rin egallashi qiyin kechmoqda. Ikkinchidan, elektron pullarga o‘tish ishonchlilik va xavfsizlik masalasida bir qator savollarni o‘rtaga tashlaydi. Biz tez-tez qandaydir xaker ma’lumotlar bazasini ochganligi va mavjud ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritganligi to‘g‘risida eshitib qolamiz. Ko‘p uchrab turadigan xolatlaridan biri jinoyatchilar elektron to‘lov tizimidagi bank xisobraqamlarini ochishib, birovning xisobvarag‘idagi pullarni o‘g‘irlash orqali o‘zining xisobraqamiga o‘tkazib yuboradi. Bunday turdagi firibgarliklarni oldini olish maqsadida qilingan xarakatlar informatsion texnologiyalar xavfsizligi sohasida yangi tadqiqotlarni rivojlantirishga turtki bo‘lmoqda. Bu masalada xavotirning kuchayishiga yana bir sabab shu bilan izohlanadiki, elektron mablag‘lardan to‘lov sifatida foydalanish sotib oluvchilarning ehtiyojlarini to‘g‘risida “elektron iz” larni qoldirilishiga sabab bo‘ladi. Xukumat, ish beruvchilar va savdogarlar ushbu ma’lumotlardan foydalanishi orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qilishlari mumkin bo‘ladi. Yuqorida qilingan muxokamalardan xulosa qilishimiz mumkinki, kelajakda elektron pullardan foydalanish keng ko‘lamda amalga oshirilishiga qaramasdan, Mark Tvinning “naqd pullardan foydalanishning to‘xtashi to‘g‘risidagi mish-mishlar ancha oshirib yuborilgandir”. Elektron pullarning uchinchi shakli elektron naqd pullar hisoblanib, Internet orqali tovar va xizmatlar sotib olishni ko‘zda tutadi. Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan sotib oluvchi bankda o‘z xisobvarag‘ini yuritadi va o‘zining shaxsiy kompyuteridan elektron naqd pullarni oladi. To‘lovni amalga oshirishni tugatish uchun elektron magazinga murojaat qiladi va tanlangan tovar bilan bir qatorda “sotib olmoq” tugmasini bosadi. Natijada elektron naqd pullar avtomatik ravishda uning kompyuteridan sotuvchining kompyuteriga o‘tadi. Tovarlar yuklangungacha sotuvchi sotib oluvchining hisobraqamidan pullarni olishi mumkin. Elektron pullarning qulayligini hisobga olib, uylamizki, biz tezlik bilan barcha to‘lovlar elektron ko‘rinishda amalga oshiriladigan qog‘oz pullarsiz jamiyatga o‘tishimiz zarurdir. Afsuski, xozirgi davrgacha bu tizimga o‘tish amalga oshmadi. (yuqorida keltirilgan “Biz naqd pulsiz jamiyatga o‘tmoqdamizmi?” parchasiga qarang. ) Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling