"pul va banklar" fanidan


Download 1.03 Mb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1469761
1   2   3
Bog'liq
E.Feruz

Bundan tashqari, bizning qisqa muddatli prognozlarimizga turli pasaytiruvchi xatarlar ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, xom ashyo va iste’mol tovarlari narxlarining yuqoriligi, Xitoy va Yevropa ittifoqida iqtisodiy o‘sish suratlarining sekinlashish ehtimoli, jahon banklari foiz stavkalarining oshishi va global moliyaviy bozorlarda shartlarning keskinlashtirilishi. Kelajak yana boshqa ko‘plab noaniqliklarga to‘la, bu esa iqtisodiy prognozlashtirish uchun qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yaxshi xabarlardan biri shundaki, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti Jahon bankining 2022 yil bahoridagi prognoziga qaraganda yuqoriroq suratlarda rivojlanmoqda. Hozirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sish suratlari 2022 yilda 3,7% ni va 2023 yilda 3,9% ni tashkil etadi.
2017 yildan buyon O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari mamlakatning tashqi ta’sirlarga chidamliligini yanada oshirishga xizmat qildi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2022 yilda mamlakat YAIM 5,3% ga oshadi. O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 ta davlat ichida Armaniston, Xorvatiya, Gruziya va Chernogoriya bilan bir qatorda eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylanadi. 2023 yilda esa mamlakat iqtisodiyoti 4,9% ga o‘sishi kutilmoqda — bu keyingi yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun prognoz qilingan eng yuqori o‘sish surati hisoblanadi.
Biz O‘zbekistonda amalga oshirilgan bozor islohotlarining ulkan natijalariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Oxirgi besh yil ichida hukumat valyuta va savdo operatsiyalari uchun cheklovlarni kamaytirdi, avvallari davlat tomonidan belgilangan qator mahsulotlar va xizmatlar narxi liberalizatsiya qilindi, shuningdek biznes yuritish uchun sharoitlar yaxshilandi.

Soliq kodeksining qayta ko‘rib chiqilganligi davlat budjetini yanada shaffofroq qildi va aholining zaif qatlamlari ehtiyojlari inobatga olinishini ta’minladi.



So‘nggi yillarda iqtisodiyotning alohida sektorlariga ko‘proq e’tibor berish maqsadida islohotlar chuqurlashtirilayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. 2022 yil aprelida «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida» yangi qonun qabul qilindi. Hujjat muammoli, lekin faoliyat yuritishga qodir korxonalarni tarkibiy jihatdan o‘zgartirishni, ish o‘rinlari va mahsuldor tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan kapitalni himoya qilishni, shuningdek iqtisodiyotda bozor tamoyillariga o‘tishni tezlashtirishni rag‘batlantirishni maqsad qilib qo‘ygan.
2022 yil iyulida Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi. Xususiylashtirish to‘g‘risidagi yangi qonun esa davlat mulki obyektlarini sotish bo‘yicha transformatsion dasturni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi. Hozirgi kunda mamlakat parlamenti raqobat to‘g‘risidagi qonun loyihasi ustida ham ish olib bormoqda. Ushbu hujjat mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mamlakatdagi barcha korxonalarga teng sharoitlar yaratish yo‘lida oldinga tashlangan qadam bo‘ladi.
Hukumatning 2026 yilgacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirish va 2030 yilga borib O‘zbekistonning aholi jon boshiga daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar guruhining yuqori qismiga kirishi bo‘yicha katta maqsadlariga erishish uchun islohotlar muvofiqlashtirilishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi darkor. Ularga erishish uchun mamlakat aholi jon boshiga daromadining o‘sish suratlarini jadallashtirib, yiliga kamida 9% ga yetkazish lozim. Ushbu masalada rasmiylar nimalarga e’tibor qaratishlari kerak?

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling