«Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan. Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan. 1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi.
Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas. Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |