Pulning funksiyalari


Pullarning muomala vositasi funksiyasi


Download 37.01 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi37.01 Kb.
#1047168
1   2   3   4
Bog'liq
XK MOLIYA MAQOLA (2)

Pullarning muomala vositasi funksiyasi. Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni olib sotish va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi.
Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan – texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob – kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‘lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1997- 2014 yillarda Angliya va Fransiyada 8%, Kanada va Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda olishgan.[1]
O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi. YIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaydi.[3]

1-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi. [3]
Ayirboshlash funksiyasi. Ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan.
Qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo ‘lgan.[1]
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.
Jamg ‘arish vositasi - Pul boshqa funksiyalaridan farqli o‘laroq jamg ‘arish vositasi sifatida ham xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni xoxlamaymiz. Pul – yagona jamg’arish vositasi emas; har qanday aktivlar – pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san’at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg’arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi.
Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, pul asosan jamg’arma vositasi funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Pulning jamg’arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan kishilar o‘zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pul ko‘rinishida kassada saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling