Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat?
Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi.
20. Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi?
Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo‘lgan tovar va buyumlarni sotib olishga.
Kredit beruvchi va kredit oluvchi manfaatlarining mos kelishi bu ……..
kreditning bahosi, kreditning summasi, kreditning muddati bo‘yicha mos kelishi
Kreditning funksiyalari to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang
Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funksiyasi, qayta taqsimlash funksiyasi, muomala xarajatlarini tejash funksiyasi, kapital to‘planishining jadallashuvi va kontsentratsiyalashuvi funksiyasi, muomalaga to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi
Kreditning maqsadlilik tamoyili bu ……
kreditor berayotgan kredit bo‘yicha tuzilgan shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‘yiladi
Kreditning muddatlilik tamoyili bu ……
kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma’lum muddatga beriladi
Kreditning chegaralari
mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy
Kredit bahosini belgilovchi asosiy omilni ko‘rsating?
Kredit foizi
Kredit marjasi nimani anglatadi?
kredit summasi va uni qaytaradigan summasi o‘rtasidagi farq
......................................foizlarni hisoblash asosiy qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Oddiy foiz stavkasida
..........................hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig‘iga qo‘shilib hisoblanadi.
Murakkab foiz stavkasida
Kreditlar bo‘yicha qaysi foiz stavkasida inflyatsiya darajasi hisobga olinadi?
Real foiz stavkasida
Qanday turdagi foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida inflyatsiya yuqori bo‘lgan sharoitda kreditlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi?
Antisipativ
Do'stlaringiz bilan baham: |