Pulning kelib chiqishi bo’yicha ‘’keyns nazariyasi’’ Reja
Pulning Keynscha va neoklassik nazariyasi sintezi
Download 13.85 Kb.
|
ESSE2022 XABIBULLA ALLAYAROVVPul va banklar
Pulning Keynscha va neoklassik nazariyasi sintezi
Keyns nazariyasining rivojlanishi uni shunday talqin qilishga olib keldiki, bunda u neoklassik pul nazariyasi (mikroiqtisodiyot) va neoklassik miqdoriy nazariyaga juda o'xshab ketdi. Bu model keyns-neoklassik sintez deb atala boshlandi. Awalo bu sintez iste’mol funksiyasi nazariyasiga Pigu samarasini (yoki boylik sam arasini) kiritish bilan tavsiflanadi. Pigu samarasini unga muvofiq umumiy rejadagi iste’mol xarajatlari xususiy sektor real sof boyligining funksiyasi hisoblanadigan nazariyasi sifatida izohlash mumkin. Bu tovarlar bozorida real kassa qoldiqlari samarasining boshqacha varianti bo‘lib, bu yerda puldan tashqari boylikning boshqa shakllari ham moliyaviy aktivlar (masalan, obligatsiya) va tabiiy aktivlar (asbob-uskunalar, turar-joylar) shaklida tahlil qilinadi. Mikrodarajada Pigu samarasi nazariyasi hozirgi kun va kelajak o ‘rtasida iste’mol xarajatlarini taqsimlashda foydalilikni maksimallashtirishga yo‘naltirilgan individ strategiyasidan kelib chiqadi, bundan xulosa chiqarish mumkinki, iste’mol to‘plangan boylik summasining funksiyasi hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar bir xil bo'lganda real boylikning o‘sishi real iste’molning o ‘sishiga olib keladi. Piguning ta’kidlashicha, aktivlarga ega bo‘lishning o‘zi xuddi insonning jamiyatda egallagan o‘rni kabi o‘zidan-o‘zi foydalilik keltirm aydi. Foiz stavkasi hattoki nolga teng bolganda ham jamg‘armalar musbat qiymatga ega boladi, degan fikrni bildiruvchi Keyns gipotezasining negizi aynan shu yerda, chunki IS egri chizig‘i gorizontal o‘qni kesib o ‘tadi. Piguning fikriga ko‘ra, boylikdan olinadigan qoniqish pasayuvchi eng yuqori foydalilik q oidasiga bo‘ysunadi: individ boyligining real qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, bu boylikning o‘sishidan olinadigan foyda, jamg‘armalarning foydalilik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Demak, boshqa shartlar bir xil bo‘lganda, real boylikning o‘sishi individni ko‘proq iste’mol qilish va kamroq jamg‘arishga majbur qiladi. Shunday ekan , iste’mol boylikka nisbatan yomonroq ne’mat emas. Makrodarajada keyns-neoklassik sintez modellari Pigu samarasini ajratib turuvchi jihat sifatida qamrab oladi. Biz oldinroq Keynsning rejadagi real iste’mol xarajatlari faqat bitta real darom adning funksiyasi hisoblanadi degan qoidasini ko‘rib chiqqan edik: Xulosa Keynsning makroiqtisodiy modeli quyidagi to‘rtta bozorni birlashtiradi va ularning o‘zaro aloqasini namoyish etadi: tovar, pul, obligatsiya va ishchi kuchi bozori. Umumiy keyns yondashuvi to‘liq bandlikda muvozanat umumiy holat emaslig ini ko'rsatishni vazifa qilib qo‘ygan. Umumiy holat bu - ishsizlik mavjudligidagi muvozanat, to'liq bandlik — o'zig a xos holat. To‘liq bandlik holatiga erish ish uchun davlat maxsus siyosat yuritishi lozim , chunki avtomatik amal qiluvchi bozor kuchlari unga erishishni kafolatlamaydi. Keyns nazariyasi quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: individ pul shaklida ushlab turishga moyil bo‘lgan boylik ulushini aniqlash ; 2) muqobil boylik shakllarini — pul, obligatsiyalarni aniqlash ; 3)pul barcha tomonidan muomala vositasi sifatida qo‘llanadigan aktiv sifatida foydalaniladi va foiz ko'rin ishida daromad keltirmaydi, obligatsiyalar — hukumatning muddatsiz qarz majburiyatlari; individning eng kam risk bilan o‘z portfelidan oladigan daromadni maksimallashga intilish; pulga talab uni to‘ldirishning uchta motivini nazarda tutadi — transaksion , spekulativ va kutilmagan maqsadlar (ehtiyotkorlik motivi). Keyns nazariyasining rivojlanishi unishunday taiqin qilishga olib keldiki, bunda uneoklassik pul nazariyasi (mikroiqtisodiyot) va 61 neoklassik miqdoriy nazariyaga juda o’xshab ketdi. Bu model keyns neoklassik sintez deb atala boshlandi. Awalo bu sintez iste’mol funksiyasi nazariyasiga Pigu samarasini kiritish bilan tavsiflanadi. Men pulning kelib chiqishi va uning tamoyillari bo’yicha va Keyns nazariyasi bo’yicha o’rganishlar olib bordim va bu mavzuyim bo’yicha juda katta va samarali ko’nikmalarga ega bo’ldim deya olaman . Keyns o’z nazariyasida bugungi kundagi iqtisodiy sohalarda va umuman pulga bog’langan barcha sohalarda bir yo’llanma sifatida meros qoldira olgan shaxs.! Download 13.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling