Pulning nazariy mohiyati va vazifalari Pul massasini tartibga solishda Markaziy Bankning roli 27
O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalasini barqarorlashtirish usullari
Download 149.66 Kb.
|
Pul masalalarini tartibga solish usullari va vositalari
4. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalasini
barqarorlashtirish usullari. Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari: Pul birligi - so’m Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar Ularni muomilaga chiqarish qoidalari. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi. Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi. Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qoђozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. 1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi. KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. 15 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan. 2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. 3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni raђbatlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir. Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qullanilgan. 4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan. O’zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug’ullanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul muomalasi, kredit berish, mablag‘ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash; ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini o‘rnatish; barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish; barqaror pul muomalasini va O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash; bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish. Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish; milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‘jaligini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish; bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsatnoma berish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega. Pul muomalasini tashkil etish. Milliy valyuta joriy etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, o‘zining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi. Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‘zining barcha bo‘limlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi. Download 149.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling