Pulning paydo bo‘lishi funksiyalari kredit pullar va ularning turlari Reja: Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari


Download 60.39 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi60.39 Kb.
#1037709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kredit pullar va ularning turlari Mustaqil ish

Kredit pullarning o'zlga xos xususiyati shun dan iboratki, ularning muomalaga chiqarilishi muomalaning haqiqiy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, kredit operatsiyalari ishlab chiqarishning real jarayonlari va mahsulotlarning sotilishi munosabati bilan bajariladi. Ssuda, odatda, zaxiraIarning muayyan turlari ta'minot bo'lib xizmat qiladigan ta'minot asosida beriladi. Bu qarzdorlarga beriladigan to'lov vositalarining hajmini muomalaning puUarga bo'lgan haqiqiy ehtiyoji bilan bog'lashga imkon beradi. Ayni shu xususiyat kredit pullarining eng muhim afzalligidir. Kredit pullar (banknotalar) bilan qog'oz pul belgilari o'rtasidagi eng muhim tafovut ularning muomalaga chiqarilishidagi o'ziga xos xususiyatlaridadir. Agar banknotalar ishlab chiqarishning real jarayonlari va mahsulotlarning sotilishi munosabati bilan bajariladigan kredit operatsiyalari munosabati bilan muomalaga chiqariladigan bo'lsa, qog'oz pullar muomalaga bunday bog'lanishsiz chiqariladi. YTijorat banklarining tashkil etilishi va erkin pul mablag'larining joriy hisobvaraqlarda to'planishi bilan chek sifatidagi muomalaning kredit vositasi paydo bo'ldi. Chek - bu omonatchining tijorat yoki markaziy bankka yozib beradigan o'tkazma vekselining bir turidir. Chek joriy hisobvaraq egasining bankka chekni tutib turuvchiga muayyan summadagi pullarni to'lash yoki bunday summani boshqa joriy hisobvaraqqa o'tkazish haqidagi yozma buyrug'idir. Cheklar birinchi marta 1683-yilda Angliyada paydo bo'lgatD Chekda yozib qo'yilgan buyruq huquqi va uning bajarilishi majburiyati bank bilan mijoz o'rtasidagi chek shartnomasiga asoslanadi. Ushbu shartnomaga muvofiq mijozga o'zining va qarzga olingan mablag'laridan foydalanish ruxsat etiladi. Bank taqdim qilingan cheklarga naqd pullar bilan yoki mablag'larni chekni beruvchining ushbu yoki boshqa bank muassasasidagi hisobvarag'idan o'tkazish yo'Ii bilan haq to'laydi. Chek qisqa muddatda amal qiladigan vosita sifatida to'lov vositasi maqomiga ega bo'lmaydi va pullar emissiyasidan farqli ravishda muomaladagi cheklar soni qonunlar bilan tartibga solinmaydi, balki butunlay tUorat muomalasining ehtiyojlari bilan belgilanadi. Shuning uchun cheklar bilan hisob-kitob qilish shartli tusga ega bo'ladi: qarzdorning chekni taqdim etishi uning kreditor oldidagi majburiyatini uzdi degani emas - bunday majburiyat faqat bankning chekning haqini to'lagan paytida uziladi. 12 Shunday qilib, chekning iqtisodiy mohiyati shundaki, u bankdan naqd puUarni olish vositasi bo'lib xizmat qiladi, muomaia va to'lov vositasi bo'ladi va, nihoyat, naqd pullarsiz hisob-kitoblar vositasi hisoblanadi. Aynan shu cheklar asosida o'zaro e'tirozlarning asosiy qismi naqd pul ishtirokisiz u7iladigan naqd pullarsiz hisob-kitoblar tizimi vujudga keldl. {ChekJar muomalasining jadal rivojlanishi, cheklar inkassatsiyasiga doir operatsiyalarning ko'payishi ular bilan ishlash xarajatlarining ancha oshib ketishiga olib keldi. Keyinroq, bank sohasiga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining tatbiq etilishi tufayli cheklar bilan ishlash va joriy hisobvaraqlarning yuritilishi EHMIardan foydalanish asosida bajariladigan bo'ldi. Naqd pullarsiz hisob-kitoblar amaliyotining kengayishi, bank operatsiyalarining mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashuvi, EHMlarning ancha mukammal turlaridan keng foydalanishga o'tish qarzni elektron pullarni qo'llagan hoida uzish yoki berishga doir van:zi uslublarning vujudga kelishiga asos bo'ldiJ Eleklron pullar - bu banklarning kompyuteri xotirasidagi hisobvaraqlardagi pullar bo'lih, ularning tasarruf qilinishi maxsus elektron qurilma yordamida am alga oshiriladi. Elektron asosdagi to'lovlar tizimining ommalashuvi pul muomalasi evolutsiyasining sifat jihatdan yangi bosqichiga o'tishni tasdiqladi. [Bank ish ida EHMlarning ommaJashnvi asosida cheklarni plastik kartochkalar bilan almashtirish imkoniyati paydo bo'ldi. Plastik kartochkalar hisob-kitoblarning naqd puUar va cheklarning o'rnini bosadigan, shuningJek, uning egasiga bankdan qisqa muddatli ssudani olishiga imkon beradigan vositasidir. Plastik kartochkalari chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohal arid a eng ko'p qo'llanilmoqda.



Download 60.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling