Puls para ishini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 0.54 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1328622
Bog'liq
9 lab


PULS - PARA ISHINI O’RGANISH.


1.Ishning maqsadi
Bir necha mexanizm yoki mashinalardan iborat bo‘lgan uzluksiz liniyaning elektrik uzatmalarini Puls-para sxemasi yordamida ma’lum tartibda ishga tushirish.
2.Ishni bajarilish tartibi
1. Sxemada ko‘rsatilgan rele va kontaktlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishing.
2. Rasmda va stendda ko‘rsatilgan prinsipial elektrik sxemaga va belgilarga qarab uni yig‘ing.
3. Puls-para sxemasini mustaqil holda va 3-laboratoriya ishi bilan birgalikda ishlatib ko‘ring.
3. Umumiy tushunchalar
Uzluksiz liniyani tashkil qilgan mashinalar ma’lum ketma-ketlikda va oraliq vaqt bilan ishga tushirilishi kerak. Chunki barcha mashinalar bir vaqtda ishga tushganda elektrik uzatmalarning yuritish toklarining umumiy miqdori keskin oshib ketadi.
Ushbu ishga tushirish tartibining buzilishi (ya’ni liniyaning oxiridan uning boshlanishiga qarab) xali ishga tushib ulgurmagan mashinaning tashilayotgan yuk bilan ortiqcha yuklanishga olib keladi.
Bu masalalarni hal etishda Puls-para sxemasi qo‘l keladi. Bu sxema ikkita vaqt relesi (KT1, KT2) va uchta oraliq relesi (K1,K2,K3) asosida tashkil topgan.

3.1-rasm. Puls-para sxemasining stenddagi yig‘ilishi



3.2-rasm. Puls-paraning prinsipial sxemasi

Tok impuls signal sifatida K1 rele ulanuvchi kontaktlarining ulanishi, juft signallar sifatida esa K2 rele ulanuvchi kontaktlarining ulanishini qabul qilamiz.


Sxemadagi K1 va K2 relelarining har biri bir nechta ulanuvchi K1 va K2 kontaktlarga ega bo‘lib, xar birining ikkitadan kontakti 3-laboratoriya ishida keltirilgan uzluksiz liniyaning prinsipial elektrik sxemasida ko‘rsatilgan. Ushbu sxemadagi K1 kontaktlari (tok impuls soni) K3, K kontaktlarini K2 kontaktlari (juft impuls signal) K4, K2 kontaktorlarini ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Agar Puls-para sxemsiga manbadan kuchlanish berilsa, ya’ni ulansa birinchi navbatda KT1 vaqt va K1 oraliq relelari (kontaktlari) K2, K1 kontaktor orqali tok oladi. (-7-4-4 tarmoqlari bo‘ylab). Oraliq rele K1 ishga tushadi va uning K1 kontakti ulanib ogoxlantiruvchi lampa N1 ni yoqadi.
Vaqt relesi KT1 xam K1 bilan bir vaqtda ishga tushib o‘zining KT1 kontaktini biroz kechikib ulaydida va KT2, K2 relelariga tok boradi. Oraliq rele K2 ishga tushib HL2 lampa tarmog‘idagi K2 kontaktini ulab uni yoqadi, lampa KT1 kontaktiga parallel ulangan K2 kontaktini ulaydi va bu bilan KT1 kontakti uzilgan taqdirda KT2, K2 kontaktlarining toksiz qolmasligini ta’minlaydi. Ajraluvchi K2 kontakti esa bu vaqtda ajraladi KT1, K1 kontaktlar tarmoqli manbadan uzilib ular ishdan to‘xtaydi va mos ravishda KT1, K2 kontaktlari esa shu tarmoqdagi K2 kontakti yordamida manbadan uzilmaydi. Kontaktor K2 bilan bir vaqtda KT2 іam ishga tushadi, va lekin uning KT2 kontakti shu zahotiyoq emas balki ma’lum oraliq vaqtdan so‘ng ulanadi va K3 oraliq relesiga tok beradi.
Rele K3 ishga tushib KT2, K2 kontaktorlarini ketma-ket tarmog‘iga ulangan ajraluvchi kontakti K3 uzadi va shu kontaktorlarni ishdan to‘xtatadi. K2 kontaktorining kontakti HL2 lampa tarmog‘idagi K2 kontaktini uzadi va lampa ochadi va KT1 kontaktiga parallel ulangan K2 kontaktini uzadi. Lekin KT1, K1 kontaktorlar tarmog‘iga ketma-ket ulangan K2 kontakti qayta ulanadi va yuqoridagi kontaktorlarga tok beradi.
Kontaktor KT2 ham uzining KT2 kontaktini uzadi va kontaktor K3 ishdan to‘xtaydi. Uning KT2, K2 kontaktorlar tarmog‘idagi K3 kontaktini qayta ulaydi, lekin ushbu kontaktorlar ishga tushmaydi, chunki KT1, K2 kontaktorlari uzilgan holatda. K2 kontaktori ulanishi natijasida tok olib ishga tushgan KT1 K1 kontaktorlari K1, KT1 kontaktorlarini qo‘shadi va yuqorida qayd qilingan jarayon qayta takrorlanadi. Takrorlanish uzluksiz liniyaning bosh mexanizmi elektrodvigatelini ishga tushiruvchi K1 kontaktori ishga tushib K1 kontaktini uzgandan so‘ng to‘xtaydi.


Nazorat savollari


1. Puls-para sxemasining vazifasi nima?
2. Sxemadagi oraliq relelari nima uchun xizmat qiladi?
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling