Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
to\'garak kanspekt
Moslashuvchan funksiya
Agar funksiyangiz bir nechta argument qabul qilishi kerak bo'lsa-yu, lekin siz argumentlar sonini aniq bilmasangiz, Pythonda istalgancha qiymat qabul qiluvchi funksiya yaratish imkoniyati bor. *args Agar funksiya qabul qiladigan parametrlar soni noaniq bo'lsa, va parametrlar yagona qiymatlar ko'rinishida uzatilsa, funksiya yaratishda argumentdan avval yulduzcha qo'yiladi (*arguments). Quyidagi misolni ko'raylik. summa() nomli funksiyamiz istalgancha sonlarni qabul qilib oladi, va ularning yi'gindisi hisoblaydi: **kwargs Agar funksiyaga kalit so'z - qiymat ko'rinishidagi argumentlarni uzatish talab qilinsa, va bunday parametrlar soni noma'lum bo'lsa, argument oldidan ikkita yulduzcha qo'yiladi (**kwargs). **kwargs — keyword arguments (kalit so'zli argumentlar) def avto_info(kompaniya,model,**malumotlar): malumotlar['kompaniya']=kompaniya malumotlar['model']=model return malumotlar Yuqoridagi funksiyamiz kompaniya va model degan ikki qiymatni qabul qiladi, undan keyin esa funksiyaga istalgancha parametr uzatish mumkin. Bunday funksiyaga parametrlar kalitso'z=qiymat ko'rinishida uzatiladi. Funksiya ichida avval foydalanuvchi kiritgan qo'shimcha qiymatlardan iborat malumotlar deb nomlangan lug'at shakllantiriladi. Undan keyin esa majburiy parametrlarni lug'atga qo'shamiz. avto1 = avto_info("GM", "malibu", rang='qora', yil=2018) avto2 = avto_info("Kia", "K5", rang='qizil', narh=35000) print(avto2) Natija: {'rang': 'qizil', 'narh': 35000, 'kompaniya': 'Kia', 'model': 'K5'} AMALIYOT 1.Istalgancha sonlarni qabul qilib, ularning ko'paytmasini qaytaruvchi funksiya yozing 2.Talabalar haqidagi ma'lumotlarini lug'at ko'rinishida qaytaruvchi funkisya yozing. Talabaning ismi va familiyasi majburiy argument, qolgan ma'lumotlar esa ixtiyoriy ko'rinishda istalgancha berilishi mumkin bo'lsin. Document Outline
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling