Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
to\'garak kanspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- operatori esa aksincha, malum bir shart bajarilganda qadam
Lug`atlarni qo`shish.Nestig.
.items() Ushbu metod yordamida lug'at ichidagi barcha kalit-qiymat juftliklarini ko'rishimiz mumkin. .keys() Agar lug'atdagi kalit so'zlarni ko'rish talab qilinsa, .keys() metodidan foydalanishimiz mumkin.Pythonda lug'at elementlari siz (foydalanuvchi) kiritgan tartibda saqlanadi. Agar lug'at elementlarini alifbo bo'yicha chiqarish talab qilinsa, sorted() funktsiyasidan foydalanamiz. .values() Agar lug'atdagi qiymatlarni chiqarish talab qilinsa .values() metodidan foydalanishimiz mumkin. Ba'zida dasturlash jarayonida lug'atning ichida ro'yxatlar yoki boshqa lug'atni, yoki aksincha ro'yxat ichida lug'atni saqlash ham qo'l kelishi mumkin. Bu ingliz tilida Nesting deyiladi. Nesting Pythondagi foydali xususiyatlardan biri. hamkasblar = { 'ali':{'familiya':'valiyev', 'tyil':1995, 'malumot':'oliy', 'tillar':['python','c++'] }, 'vali':{'familiya':'aliyev', 'tyil':2001, 'malumot':"o'rta-maxsus", 'tillar':['html', 'css', 'js']}, 'hasan':{'familiya':'husanov', 'tyil':1999, 'malumot':'maxsus', 'tillar':['python','php']} } Hamkasblar to'g'risidagi ma'lumotlarni esa quyidagicha ko'rish mumkin: for ism, info in hamkasblar.items(): print(f"\n{ism.title()} {info['familiya'].title()}, " f"{info['tyil']}-yilda tug'ilgan. " f"Ma'lumoti: {info['malumot']}. \n" "Quyidagi dasturlash tillarini biladi:") for til in info[‘tillar’]:print(til.upper()) while TSIKLI BILAN TANISHAMIZ Biz avvalroq for tsikli bilan tanishgan edik. for tsikli ma'lum bir ro'yxatni olib, ro'yxat ichidagi qiymatlar tugaginga qadar biror kodni takrorlar edi. while ham takrorlash operatori bo'lib, for dan farqli ravishda, toki ma'lum bir shart to'g'ri (True) bo'lsa, kodni takrorlayveradi. while so'zi ingiz tilidan "toki" yoki "-gacha" deb tarjima qilinadi. Keling sodda misol ko'ramiz, while yordamida 5 gacha sanaymiz: son = 1 # son ga 1 qiymatini beramiz while son<=5: # toki son 5 dan kichik yoki teng ekan... print(son, end=' ') # son ni konsolga chiqaramiz, son = son+1 # songa 1 qo'shamiz. Natija: 1 2 3 4 5 Yuqoridagi kodni tahlil qilamiz: avval son degan o'zgaruvchi yaratdik va unga 1 qiymatini berdik. 2-qatorda esa toki son 5 dan kichik yoki teng ekan 3-4-qatorlarni bajar dedik. 3-qatorda son ni konsolga chiqardik 4-qatorda son ga 1 qo'shdik. 4-qatordan so'ng kod yana 2-qatorga qaytadi va son<=5 shartini tekshiradi, agar shart bajarilsa 3-4 qator qayta-qayta bajarilaveradi. 5-qadamdan so'ng son=5 bo'lganda while tsikli to'xtaydi. Pythonda += operatori bor. Bu operator o'ng tarafdagi qiymatni chap tarafdagi qiymatga qo'shadi. Misol uchun, yuqorida son = son + 1 o'rniga son += 1 deb yozishimiz mumkin. Break operatori yordamida ma'lum bir shartni tekshirish va while tsikli bajarilishini to'xtatib qo'yish mumkin. Continue operatori esa aksincha, ma'lum bir shart bajarilganda qadam Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling