Pythonda ma’lumot turlari bilan ishlash Dars shakli: amaliy


Download 317.09 Kb.
bet1/8
Sana09.10.2023
Hajmi317.09 Kb.
#1695881
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pythonda ma\'lumot turlari bilan ishlash (2)


Mavzu: Pythonda ma’lumot turlari bilan ishlash
Dars shakli: amaliy
Ma’lumki, axborotlar matnli, raqamli, ovozli, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday axborotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun, ularni turlarga ajratish lozim. Dasturlarda foydalaniladigan ma’lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog’liq bo’ladi: oddiy kalkulyator sonlardan foydalanadi, elektron pochta manzillarini tekshirishga mo’ljallangan dastur esa matnlar bilan ish ko’radi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga ajratiladi. Matnli axborotlar esa belgilar yoki satrli ma’lumotlardan iborat bo’lishi mumkin.

O'ZGARUVCHI (VARIABLE)


O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yaratdik (ism va yosh) va ularga qiymatlar yukladik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):

ism = "Abdulloh"
yosh = 25
print(ism)
print(yosh)
Natija:
Abdulloh
25



O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:
ism = "Abdulloh"
print(ism)
ism="Muhammad"
print(ism)
Natija:
Abdulloh
Muhammad
Yuqoridagi misolda ism nomli o'zgaruvchiga avval Abdulloh keyin esa Muhammad qiymatlarini berdik.

O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH


O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak

  • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin

  • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas

  • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi)

Qo'shimcha qoida sifatida:

  • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.

  • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev")

  • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)

  • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing.

Download 317.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling