Pythonda ma`lumotlar to`plami
Download 154.93 Kb.
|
Aralov Sanjar
{1, 2, 3, 'b', 'c', 'a'}
set tegishli to'plamni yaratish uchun set() konstruktoridan foydalaniladi. thisset = set(("apple", "banana", "cherry")) print(thisset) {'banana', 'cherry', 'apple'} Pythonda to'plamlarda ishlatishingiz mumkin bo'lgan o'rnatilgan funksiyalar to'plami mavjud. II. BOB. Pythonda ma`lumotlar turlari Dasturlashda ma’lumot turlari muhim tushuncha sanaladi. Har bir ma’lumot turining o’z vazifasi bor. Python quyidagi ma’lumot turlariga ega: - Matn turi: str - Raqam turi: int, float, complex - Ketma-ketlik turi: list, tuple, range - Ko’rsatish turi: dict - O’rnatish turi: set, fronzenset - Mantiq turi: bool - Binar (ikkilik) turi: bytes, bytearray, memoryview Ma’lumot turini aniqlash Ma’lumot turini aniqlash uchun type() funksiyasi ishlatiladi. Hozirgi misolda x o’zgaruvchisining turini ekranga chiqaramiz: x = 5 print(type(x)) Ma’lumot turlarini o’rnatish O’zgaruvchiga qiymatni o’zlashtirgan vaqtda uning ma’lumot turini avtomatik tarzda aniqlab uni o’zlashtiradi. Natijada o’zgaruvchi o’sha ma’lumot turini o’zida saqlaydi: x = “Python” --- str (satr turi) x = 20 --- int (butun son turi) x = [“olma”, “banan”, “nok”] --- list (ro’yxat turi) va hokazo. Aniq ma’lumot turini o’rnatish. Agar ma’lumot turini aniq ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, bu ishni quyidagicha amalga oshirish kerak: x = str(“Python”) --- str (satr turi) x = int(20) --- int (butun son turi) x = list([“olma”, “banan”, “nok”]) --- list (ro’yxat turi) Pythonda ma’lumot to’plamlarining turlari 4 xil. Ulardan odatda bir nechta yoki undan ham ko’p qiymatlarni saqlashda foydalanamiz. Bizga kerakr bo’lganda o’sha to’plamlarga murojaat qilib tegishli qiymatlarni olamiz. Har bir ma’lumot to’plamining o’z xususiyatlari bor va shunga ko’ra ularni kerakli joyda tanlab ishlatamiz. Darsimiz davomida barcha turlarning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz: - List – tartiblangan va o’zgaruvchan ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin. - Tuple – tartiblangan va o’zgarmas ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin. - Set – Tartiblanmagan va indekslanmagan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi. - Dictionary – tartiblanmagan,o’zgaruvchan va indekslangan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi. Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda tegishli joylarda qo’llaniladi. Ularni birma-bir ko’rib keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz. Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling