Pythonda turtle yordamida harakatlanuvchi shakl yaratish


Download 75.03 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2023
Hajmi75.03 Kb.
#1661729
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pythonda xatoliklar bilan ishlash


Reja:
Kirish
I bob
1.1 Phyton kutubxonalari
1.2 phytonda classlar bilan ishlash
II bob

2.1 Pythonda turtle yordamida harakatlanuvchi shakl yaratish


2.2 Pythonda xatoliklar bilan ishlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Avvalgi darsimizda Python bilan birga o'rnatluvchi, standart kutubxona va undagi ba'zi foydali modullar bilan tanishdik. Ushbu darsimizda esa tashqi kutubxona bilan tanishamiz. Bu kutubxonalar yillar davomida turli foydalanuvchilar tarafidan yaratilib, yangilanib kelinadi. Bunday kutubxonalarda boshqa dasturchilar o'zlari yaratgan turli paketlarni (package) boshqalar bilan ulashadi.
Paket (package) —modullar yig'indisi.
Tashqi kutubxonalar va ular ichidagi paketlar shunchalik ko'pki, deyarli istalgan vazifa yoki xizmat uchun katta ehtimollik bilan kerakli dasturlar allaqachon bir nechtadan yaratilgan. Bugungi kunda Python uchun eng katta tashqi kutubxonalardan biri bu PyPi.org sahifasi.
PIP
Tashqi paketlarni o'rnatish uchun Pythonda maxsus pip paket menejeri mavjud. pip odatda Python bilan birga o'rnatiladi, lekin turli sabablarga ko'ra kompyuteringizda pip o'rnatilmagan bo'lsa, uni quyidagi sahifadan yuklab olishnigiz mumkin: https://pypi.org/project/pip/
Paket menejer yordamida tashqi paketlarni o'rnatish juda oson, buning uchun Windows terminalda (cmd) (yoki Spyder konsolida, yoki PyCharm konsolida va hokazo)pip install paket_nomi komandasidan foydalanasiz.
Paket nomi qanday yozilishini paketning rasmiy sahifasidan ko'rib olishingiz mumkin. Misol uchun, quyidagi rasmda googletrans paketinig sahifasi va pip komandasi qanday yozilishi ko'rsatilgan.

googletrans paketi sahifasi


Demak ushbu paketni o'rnatish uchun pip install gooletrans deb yozamiz.

googletrans paketi o'rnatilish jarayoni


Biror paketni oʻchirib tashlash uchun esa pip uninstall paket_nomi deb yozamiz.
Ushbu darsimizning maqsadi tashqi paktelar va modullar bilan tanishish orqali, Pythonning naqadar keng qamrovli til ekanini ko'rsatish. Aslida, har bir modul haqida, ularning imkoniyatlari haqida soatlab gapirish mumkin, lekin biz vaqtni tejash maqsadida turli yo'nalishlardagi ba'zi modullar bilan tanishamiz va ularning ishlashiga sodda misollar ko'rish bilan chegaralanamiz.
Har bir modul haqida batafsil ma'lumot olish uchun modulning sahifasiga murojat qiling.
googletrans
pip install googletrans
Ushbu modul yordamida Googlening tarjimonlik xizmatiga murojat qilib, istalgan matnni turli tillarga tarjima qilishimiz mumkin. Moduldan foydalanish uchun avvalo googletrans modulidan Translator klassini import qilamiz va bu klassdan yangi obyekt yaratamiz (tarjimon). Bevosita tarjimonlik xizmatiga murojat qilish uchun tarjimon obyekti ichidagi .translate() metodiga murojat qilamiz va parametr sifatida tarjima qilish kerak bo'lgan matnni uzatamiz.
from googletrans import Translator
tarjimon = Translator() # Translator bu maxsus klass (tarjimon esa obyekt)
matn_uz = "Python - dunyodagi eng mashxur dasturlash tili"
tarjima = tarjimon.translate(matn_uz)
print(tarjima.text)
Natija: Python is the most popular programming language in the world
DIQQAT! Agar yuqoridagi kod xato bersa (TKK token error), googletrans modulini o'chirib tashlab, huddi shu modulning yangi versiyasini o'rnating:
pip uninstall googletrans # modulni o'chirish
pip install googletrans==3.1.0a0 # yangi verisyani o'rnatish
Agar boshqa tillarga tarjima qilish kerak bo'lsa, .translate() metodiga matnga qo'shimcha ravishda dest parametrini ham uzatamiz va bu parametrga tarjima qilinishi kerak bo'lgan tilning qisqartmasini beramiz. Tarjima uchun mavjuda tillarni quyidagi manzilfa ko'rishingiz mumkin: https://sites.google.com/site/opti365/translate_codes
Masalan, rus tiliga tarjima qilish ucuhn dest='ru' deb yozamiz.
tarjima_ru = tarjimon.translate(matn_uz, dest='ru')
print(tarjima_ru.text)
Natija: Python - самый популярный язык программирования в мире
Ingliz tilidan boshqa tillarga tarjima ham shunday:
matn_en = "Tashkent is the capital of Uzbekistan"
tarjima_uz = tarjimon.translate(matn_en, dest='uz')
print(tarjima_uz.text)
Natija: Toshkent - O'zbekistonning poytaxti
Odatda, Google asl matnning tilini o'zi aniqlaydi. Lekin matn tilini ham alohida ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, src parametridan foydalaning:
tarjima_uz = tarjimon.translate(matn_en, src='uz', dest='uz')
requests
pip install requests
Bu paket yordamida Pythonda veb sahifalarga murojat qilishimiz (so'rov yuborishimiz) va ulardan qaytgan ma'lumotlar ustida turli amallar bajarishimiz mumkin. Misol uchun quyida requests yordamida kun.uz sahifasini to'liqligicha toritb olamiz:
import requests
from pprint import pprint
manzil= "https://kun.uz/news/main"
r = requests.get(manzil)
pprint(r.text)
Ko'pincha requests paketidan APIlar bilan ishlashda foydalaniladi. API bu ma'lum bir veb hizmatga so'rov yuborish orqali undan foydalanish. Misol uchun yandex tarjimonga yoki google haritalari xizmatiga requests paketi yordamida API so'rov yuborish va o'zimizga kerakli ma'lumotlarni olishimiz mumkin. API haqida kelgusida batafsil dars qilamiz. Hozir esa sodda misola bilan cheklanamiz.
Internetda restcountries.eu sahifasi mavjud. Bu sahifa orqali dunyodagi davlatlar haqida turli maʻlumotlarni olishingiz mumkin. Sahifadan foydalanish qulay boʻlishi uchun esa, sahifa yaratuvchilari bir nechta tayyor API lar eʻlon qilishgan. Misol uchun Oʻzbekiston haqida maʻlumot olish uchun quyidagi manzilga soʻrov yuborasiz: https://restcountries.eu/rest/v2/name/Uzbekistan
API dan qaytgan natija JSON (lugʻat) koʻrinishda boʻladi va biz bu lugʻatdan oʻzimizga kerakli maʻlumotni sugʻurib olishimiz mumkin. Misol uchun quyidagi kodimiz APIga yuborilgan davlatning poytaxtini koʻrsatadi:
country = "Uzbekistan"
url = f"https://restcountries.eu/rest/v2/name/{country}"
r = requests.get(url)
r_json = r.json()[0]
print(r_json['capital'])
Natija: Tashkent
BeautifulSoup4
pip install beautifulsoup4
BeautifulSoup juda kuchli modullardan biri bo'lib, bu modul yordamida turli veb sahifalardan istalgan ma'lumotlarni yig'ishtirib (scarpping) olish mumkin. Biror kishining instagram sahifasidagi barcha rasmlar deysizmi, Facebook guruhidagi barcha postlar va izohlar deysizmi, oldi-sotdi bozoridagi e'lonlar deysizmi, marhamat, bs4 moduli yordamida buni bemalol avtomatlashtirish mumkin.
Odatda bs4 moduli requests moduli bilan hamkorlikda ishlaydi. Keling, sodda misol kor'amiz. Avvalgi bo'limda, requests yordamida kun.uz sahifasining html kodini olgan edik. Endi esa bs4 yordamida html sahifadan oxirgi yangiliklarning mavzusini ajratib olamiz.
import requests
from bs4 import BeautifulSoup
sahifa = "https://kun.uz/news/main"
r = requests.get(sahifa)
soup = BeautifulSoup(r.text, 'html.parser')
news = soup.find_all(class_="news-title") # yangiliklarning mavzusini ajratib olamiz
print(news[0].text) # eng birinchi yangilikni konsolga chiqaramiz
Natija: Коронавирус: AstraZeneca гумон остида, Европада вазият оғирлашмоқда
Bu modul haqida ham kelajakda alohida dars qilamiz.
wordcloud va matplotlib
pip install wordcloud
pip install matplotlib
Wordcloud moduli yordamida katta matnlarda eng ko'p uchraydigan so'zlarni chiroyli qilib, so'zlar buluti chiqarish mumkin. 2020-yil yakunida, sariqdev sahifasida chop etilgan mashxur blogerlarning siluetlari ham aynan shu modul yordamida qilingan.

wordcloud moduli mahsuli


wordcloud moduli grafiklarni chizishga mo'ljallangan matplotlib moduli bilan hamkorlikda ishlaydi.
Quyida kun.uz sahifasidan olingan yangiliklar uchun so'zlar bulutini yaratishni ko'ramiz.
import requests
from bs4 import BeautifulSoup
from wordcloud import WordCloud
import matplotlib.pyplot as plt
sahifa = "https://kun.uz/news/main"
r = requests.get(sahifa)
soup = BeautifulSoup(r.text, 'html.parser')
news = soup.find_all(class_="news-title")
matn=""
for n in news:
matn += n.text
# kerakmas so'zlar
stopwords = ["учун","бўйича","лекин","билан","ва","бор","ҳам","хил","йил"]
# bulutni yaratamiz
wordcloud = WordCloud(width = 1000, height = 1000,
background_color ='white',
stopwords = stopwords,
min_font_size = 20).generate(matn)
# plot the WordCloud image
plt.figure(figsize = (8, 8), facecolor = None)
plt.imshow(wordcloud)
plt.axis("off")
plt.tight_layout(pad = 0)
plt.show()
kun.uz da so'nggi yangiliklar
fuzzywuzzy
pip install fuzzywuzzy
Bu modul yordamida so'zlarni bir-biriga solishtirish yoki matnlar tarkibida kerakli so'zni topishda foydalanamiz.
Quyidagi misolda "salom" so'zini "assalom" va "salim" so'zlari bilan naqadar o'xshashligini tekshrib ko'ramiz:
from fuzzywuzzy import fuzz
print(fuzz.ratio("salom",'assalom'))
print(fuzz.ratio("salom","salim"))
Natija:
83
80
Keling endi so'zlar orasidan o'xshash so'zlarni topishni ko'ramiz. Buning uchun avvalgi darslarimizdagi uzwords modulidan foydalanamiz. Ro'yxatdan bir nechta so'zlarni ajratib olish uchun .process.extract() funksiyasiga murojat qilamiz.
from fuzzywuzzy import process
from uzwords import words
# Matnlar orasidan 3 ta eng o'xshashlarini ajratib olish
text = "салом"
matches = process.extract(text, words, limit=3)
print(matches)
Natija: [('салом', 100), ('салдом', 91), ('слалом', 91)]
Agar yagona so'zni tanlab olish talab qilinsa extractOne() metodini chaqiramiz:
# Matnlar orasidan eng o'xshashini topish
text = "талба"
match = process.extractOne(text,words)
print(match)
Natija: ('талаба', 91)
wxPython
pip install wxPython
wxPython paketi deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlaydigan grafik interfeysli dasturlar yaratish uchun mo'ljallangan. Bu paket haqida alohida darsliklar qilish mumkin, shuning uchun biz faqatgina bitta misol bilan chegralanamiz.
import wx
from googletrans import Translator
tarjimon = Translator()
class MyFrame(wx.Frame):
def __init__(self):
super().__init__(parent=None, title='Oʻzbek-Ingliz Lugʻat')
panel = wx.Panel(self)
my_sizer = wx.BoxSizer(wx.VERTICAL)
self.text_ctrl = wx.TextCtrl(panel)
my_sizer.Add(self.text_ctrl, 0, wx.ALL | wx.EXPAND, 5)
my_btn = wx.Button(panel, label='TARJIMA')
my_btn.Bind(wx.EVT_BUTTON, self.on_press)
my_sizer.Add(my_btn, 0, wx.ALL | wx.CENTER, 5)
self.text_out = wx.TextCtrl(panel,style = wx.TE_READONLY)
my_sizer.Add(self.text_out, 0, wx.ALL | wx.EXPAND, 5)
panel.SetSizer(my_sizer)
self.Show()
def on_press(self, event):
value = self.text_ctrl.GetValue()
if not value:
self.text_out.SetValue("Soʻz kiritmadingiz")
else:
tarjima = tarjimon.translate(value, src='uz', dest='en')
self.text_out.SetValue(tarjima.text.capitalize())
if __name__ == '__main__':
app = wx.App()
frame = MyFrame()
app.MainLoop()

wxPython asosida yaratilgan sodda dastur


openCV
pip install opencv-python
openCV bu kompyuter yordamida rasm va video tasvirlar bilan ishlash uchun maxsus kutubxona. Bugungi kunda sun'iy intellekt yordamida tasvirlar bilan ishlaydigan dasturlarning deyarli barchasi openCV yordamida yaratiladi.
Bu dastur yordamida rasm va videolardagi turli obyektlarni "ko'rish", ajratib olish mumkin. Avtomobillar nomerini aniqlash, odamlarning yuzidan tanish, obyektlarni klassifikasiya qilish kabi dasturlarning kasari aynan openCV kutubxonasi yordamida ishlaydi.

openCV kutubxonasi yordamida obyektlarni klassifikasiya qilish


Bu kutubxona haqida kelajakda Sun'iy Intellektga bag'ishlangan darsliklarimizda alohida batafsil to'xtalamiz. Hozircha esa quyidagi dastur yordamida videodagi odamlarning yuzi va ko'zini ajratishga misol ko'ramiz.
import cv2
cap = cv2.VideoCapture(0)
face_cascade = cv2.CascadeClassifier(cv2.data.haarcascades + 'haarcascade_frontalface_default.xml')
eye_cascade = cv2.CascadeClassifier(cv2.data.haarcascades + 'haarcascade_eye.xml')
while True:
ret, frame = cap.read()
gray = cv2.cvtColor(frame, cv2.COLOR_BGR2GRAY)
faces = face_cascade.detectMultiScale(gray, 1.3, 5)
for (x, y, w, h) in faces:
cv2.rectangle(frame, (x, y), (x + w, y + h), (255, 0, 0), 5)
roi_gray = gray[y:y+w, x:x+w]
roi_color = frame[y:y+h, x:x+w]
eyes = eye_cascade.detectMultiScale(roi_gray, 1.3, 5)
for (ex, ey, ew, eh) in eyes:
cv2.rectangle(roi_color, (ex, ey), (ex + ew, ey + eh), (0, 255, 0), 5)
cv2.imshow('frame', frame)
if cv2.waitKey(1) == ord('q'):
break
cap.release()
cv2.destroyAllWindows()
# copyright Tim Ruscia aka techwithtim
# code from https://github.com/techwithtim/OpenCV-Tutorials

Klass tushunchasi siz uchun yangi bo'lishi mumkin, lekin biz shu vaqtgacha ulardan doimiy ravishda foydalanib keldik.


Keling x o'zgaruvchi yaratamiz, unga biror qiymat yuklaymiz va type() funksiyasi yordamida uning turini kuramiz:
x = 10
print(type(x))
Natija:
matn = "salom"
print(type(matn))
Natija:
Yuqoridan ko'rayabmizki, x bu int klassidagi, matn esa str klassidagi obyektlar ekan. Demak biz o'zgaruvchi yaratganimizda, aslida Python int yoki str klassidan foydalangan holda yangi obyektlar yaratib kelayotgan ekan.
Huddi shu kabi, agar yangi funksiya yaratib, uning ham turini tekshirsak, funksiyamiz function klassiga tegishli obyekt bo'lib chiqadi.
def salom_ber():
print("Assalom alaykum")
print(type(salom_ber))
Natija:
Demak, Pythondagi har qanday o'zgaruvchi, funksiya va boshqa elementlar aslida obyektlar ekan.

Download 75.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling