Pythonda xatoliklar bilan ishlash
Download 1.45 Mb.
|
29-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUNI BILASIZMI
- Katta yoki kichik harflar.
- Turli qavslar.
PYTHONDA XATOLIKLAR BILAN ISHLASH Har qanday dasturni yozish jarayonida turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Agar yozilgan dastur tarkibida xato uchraydigan bo‘lsa, u holda dastur ishga tushmaydi va ekranga yo‘l qo‘yilgan xatolik to‘g‘risida xabar chiqadi. BUNI BILASIZMI?1 2 3 4 Dastur tuzish jarayonida qanday xatoliklar yuzaga kelishi mumkin? Dasturda uchragan xatolikni bartaraf etish mumkinmi? Python dasturlash tilida xatolik uchrab qolsa, u qanday bartaraf etiladi? NameError qanday xatolikni anglatadi? Dasturlash muhitida dastur kodi yozilib, dastur ishga tushirilganda, xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasi ekraniga chiqadi. Bu esa dasturning kodida uni ishga tushirishga to‘sqinlik qiluvchi qandaydir xato mavludligini anglatadi. Dasturlash muhitidagi xatolik va uni tuzatish Xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasida ko‘rsatilgan xatolik aniqlanadi, masalan:
Xatolik mavjud bo‘lgan – qizil bilan belgilangan – qator sinchiklab tekshiriladi va xatolik tuzatiladi. 2 1 Interfaol muhitida yuz bergan xatolik va uni tuzatish Ba’zan yo‘l qo‘yilgan xatolik interfaol muhitda qizil rang bilan namoyon bo‘ladi. Bunday xatolik dasturning ishga tushishiga to‘sqinlik qiladi. NameError xatoligi Python dasturida qaysidir so‘z tanilmayotganini anglatadi (masalan, print o‘rniga pront yozilgan) (1). Dasturlash muhitida xatolik ko‘rsatilgan satrga o‘tib, noto‘g‘ri ko‘rsatilgan buyruq nomi tuzatiladi (4). Agar interfaol muhitda shunday xatolik yuz bersa, File so‘zi bilan boshlanuvchi satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosib (2), Go to file/line tanlanadi (3). 1 2 3 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1 2 3 4 Python dasturlash tili muhitida qanday xatoliklar uchrashi mumkin? Хаtoliklar qanday bartaraf etiladi? SyntaxError qanday xatolik? NameError qanday xatolik? Katta yoki kichik harflar. Agar dasturda bir vaqtda print va Print so‘zlari ishlatilsa, Phyton bu qanday buyruq ekanligini tushunmaydi. Minus va tagchiziq. Minus (–) va tagchiziq(_) belgilarini adashtirish zinhor mumkin emas. Bittalik va ikkitalik qo‘shtirnoqlar. Qo‘shtirnoqlarning bu ikkala turini aralashtirib ishlatish mumkin emas. Ochiluvchi qo‘shtirnoq sifatida qaysi biri ishlatilsa, yopishda ham mana shu qo‘shtirnoq ishlatilishi lozim. Turli qavslar. Qavslarning bir necha turi mavjud: (), {} va [ ]. Ochiluvchi va yopiluvchi qavslar bir-biriga mos bo‘lishi lozim. Dasturlashda tez-tez uchrab turuvchi xatoliklar ERROR QUYIDA BERILGAN DASTURIY KODDAGI XATOLIKNI TOPING: Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling