if b>a:
pass
print("pass so'zi bo'lmaganda ushbu yozuv ekranga chiqmas edi.")
Turga keltirish (turga o’girish) funksiyasi.
Dasturlashda ma’lumot turlari muhim tushuncha sanaladi. Har bir ma’lumot turining o’z vazifasi
bor. Python quyidagi ma’lumot turlariga ega:
Matn turi: str
Raqam turi: int, float, complex
Ketma-ketlik turi: list, tuple, range
Ko’rsatish turi: dict
O’rnatish turi: set, fronzenset
Mantiq turi: bool
Binar (ikkilik) turi: bytes, bytearray, memoryview
Ma’lumot turini aniqlash
Ma’lumot turini aniqlash uchun type() funksiyasi ishlatiladi. Hozirgi misolda x o’zgaruvchisining
turini ekranga chiqaramiz:
x = 5
print(type(x))
Ma’lumot turlarini o’rnatish
O’zgaruvchiga qiymatni o’zlashtirgan vaqtda uning ma’lumot turini avtomatik tarzda aniqlab uni
o’zlashtiradi. Natijada o’zgaruvchi o’sha ma’lumot turini o’zida saqlaydi:
x = “Python” --- str (satr turi)
x = 20 --- int (butun son turi)
x = [“olma”, “banan”, “nok”] --- list (ro’yxat turi) va hokazo.
Aniq ma’lumot turini o’rnatish
Agr ma’lumot turini aniq ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, bu ishni quyidagicha amalga oshirish kerak:
x = str(“Python”) --- str (satr turi)
x = int(20) --- int (butun son turi)
x = list([“olma”, “banan”, “nok”]) --- list (ro’yxat turi)
Sonlarni o’girish
Sonlarni bir turdan boshqasiga osongina o’girish mumkin. Buning uchun int(), float(), complex()
buyruqlari ishlatiladi:
x = 1 #int
y = 2.8 #float
z = 1j #complex
# int turidan floatga o'tkazish
a = float(x)
# float turidan intga o'tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |