__init__() funktsiyasini qo'shish
Yuqorida biz siz bilan ota xususiyatlarni meros qilib olgan bola sinfini yaratdik, __init__() funksiyasini pass kalit so'zi o'rniga yozamiz.
class Student(Person):
def __init__(self, fname, lname):
# bir qancha komandalar
Eslatma: __init__() funksiyasini qo'shsangiz ota-sinfdagi __init__() funksiyasini meros qilib olmaydi.
Ota-Sinf funksiyasini saqlab qolish uchun bola-sinfida ota sinf __init__() funksiyasini biriktirib ketishimiz kerak bo'ladi.
class Student(Person):
def __init__(self, fname, lname):
Person.__init__(self, fname, lname)
Python dasturlash tilida shuningdek super() bolalar sinfini ota sinfidan barcha usullar va xususiyatlarini meros qilib oladigan funksiyaga ega.
class Student(Person):
def __init__(self, fname, lname):
super().__init__(fname, lname)
Modul yaratish python dasturlash tilini kutubxonasi bilan bir xil deb hisoblash mumkin. Buni qisqacha qilib olganda bir qancha funksiyalardan tashkil topgan fayl hisoblasak bo'ladi. Modul yaratish uchun kerakli kodlar jamlammasini alohida faylga joylab uni chaqirish ishlatish mumkin.
Eslatma: Modul yaratishni dasturlash tilining kutubxonasi darajasiga tenglashtiradigan bo'lsak, siz o'z modulingizni yaratib kutubxona yaratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
devsmodul.py
def greeting(name):
print("Hello, " + name)
modulni chaqirish kutubxonani chaqirish bilan bir xil hisoblanadi.
import devsmodul
mymodule.greeting("Qudrat")
Moduldagi o'zgaruvchilar
Modulda yuqorida tavsiflanganidek funksiyalar, shuningdek, barcha turdagi o'zgaruvchilar (massivlar, lug'atlar, ob'ektlar va boshqalar) bo'lishi mumkin:
devsmodul.py
person1 = {
"name": "Farrukh",
"age": 26,
"country": "Uzbekistan"
}
import devsmodul
a = mymodule.person1["age"]
print(a)
Do'stlaringiz bilan baham: |