Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish


Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlari


Download 79.99 Kb.
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi79.99 Kb.
#1682165
1   2   3
Bog'liq
Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash t



Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlari


Python dasturlash tilida ko‘pgina hollarda, dasturchi masala kodini faylga saqlaydi va natijani fayl kod orqali amalga oshiradi. Bu jarayon boshqa dasturlash tillari kabi alohida fayl yaratish orqali datur tuziladi va yaratilgan dastur RUN tugmasi orqali ishga tushiriladi. Bu jarayon skript yozish deb nomlanadi.
Python dasturlash tilida yaratilgan fayl .py kengaytmaga ega bo‘ladi. Python dasturlash tilida skript yozish uchun IDLE interaktiv rejimida File
New File (yoki + N tugmachalarini bosing) ni tanlash orqali amalga oshiriladi. Yaratilgan faylga dastur tuzib RUN menyusi tarkibidan Run Module F5 komandasi tanlanadi, natijada dastur natijasi interaktiv rejim oynasida aks etadi. Quyidagi dasturga e’tibor bering.

Dastur natijasi quyidagicha bo‘ladi.

Skript dastur yaratish jarayonida ma’lumotlarni kiritish(o‘qish) va
chiqarish(yozish) operatorlari ishlatiladi. Bunda kiritish operatori ma’lumotlarni faqat satr ko‘rinishida qabul qiladi. Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yuqoridagi int(); yoki float();funksiyasi yordamida
amalga oshiriladi. Kiritish operatori o‘zgaruvchiga birlashtiriladi, kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.

o‘zgaruvchi = input() yoki o‘zgaruvchi = input(‘izoh’)


Kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.

Print(‘izoh’, o‘zgaruvchi)


Kiritish va chiqarish operatorlarini yozilishi quyidagi dastur tarkibida keltirilgan.

Misol. Ikkita a haqiqiy va b butun son berilgan bu sonlarni ko‘paytmasini ekranga chiqaring.

Yuqoridagi dasturda a=input('a='); izohni chiqargan holda a ga qiymat qabul qiladi, b=input() esa izohsiz b ga qiymat qabul qiladi. Input() funksiyasi tarkibida bir vaqtni o‘zida izohli va izohsiz kiritishni ishlatish mumkin. Kiritish operatori klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qiydi va o‘zgaruvchan nomga yozadi. Chiqarish operatori esa o‘zgaruvchidagi ma’lumotni ekranga chop etadi.Berilganlarni qayta ishlash uchun dasturlash tillarida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi.


Tayanch arifmetik amallar dasturlash tilida quyidagicha yoziladi.


Matematik ifodasi

Python dasturlash
tilida ifodasi

Izoh

+

+

qo‘shish

-

-

Ayirish



*

ko‘paytirish

:

/

bo‘lish

Qoldiqli bo‘lish

%

Qoldiqli bo‘lish

Butun bo‘lish

//

Butun bo‘lish

Darajaga ko‘tarish

**

Darajaga ko‘tarish

Dasturlash asoslarida arifmetik amallar matematikadagi amallarni yozilishi bir oz farq qiluvchi holatlari ham mavjud. Amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.
Misol. Arifmetik amallarni bajarilishi


Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> y=5
>>> x=2
>>> x+y 7
>>> x-y
-3
>>> x*y 10
>>> y/x 2.5
>>> y%x 1
>>> y//x 2
>>> y**x 25
>>>
>>> y=12.3
>>> x=7
>>> y//x 1.0
>>> y=12
>>> x=2.3
>>> y//2.3 5.0
>>>

Yuqoridagi misollarga e’tibor bersangiz // butun bo‘lish amali bo‘luvchi va bo‘linuvchi butun son bo‘lsa natija ham butun bo‘ladi. Agar bo‘luvchi va bo‘linuvchining kamida bittasi haqiqiy son bo‘lsa ham natija haqiqy bo‘ladi.
Python dasturlash tilida amallarni funksiyalar orqai ham amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Python dasturlash tilida
ifodasi

Izoh

abs(x)

Modul

round(x)

Yaxlitlash

round(x, n)

n – xonagacha
yaxlitlash

pow(x, y)

Darajaga ko‘tarish

divmod(x, y)

Butun va qoldiqli
bo‘lish

Round(x) funksiya sonning butun qismigacha yaxlitlaydi, round(x,n) funksiyasi sonning n – xonasigacha yaxlitlaydi, pow(x,y)=x**y ga teng kuchli va a,b=divmod(x,y) funksiyasi bir vaqtda x ni y ga bo‘lib butun va qoldiq qismlarini oladi. Funksiyali amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.
Misol. Funksiyali amallarni bajarilishi




Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> y=-5
>>> abs(y) 5
>>> x=12.32568
>>> round(x) 12
>>> y=13.652
>>> round(y) 14
>>> round(13.652,2) 13.65



>>> a=2
>>> b=3
>>> pow(a,b) 8
>>> a=5
>>> b=2
>>> x,y=divmod(a,b)
>>> x 2
>>> y 1
>>>




Download 79.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling