Konspekt turlari
- reja-konspekt: shakllantirilgan reja asosidagi konspekt hisoblanib, axborot manbasining ma’lum qismlariga mos keladigan, sarlavhaga ega bo’lgan bo’limlardan iborat bo’ladi;
- tekst-konspekt: ma’lum bir tekst - manbadan olingan ko’chirmalar va iqtiboslar asosidagi mantiqiy izchillikdagi bayon shakli;
-erkin konspekt: o’quv materiali bilan turli xil ishlash yo’llarini o’zida birlashtiradi.
- sxematik - konspekt (kontekst-sxema): aniq savollar bo’yicha tuzilgan reja asosidagi konspekt. Talaba konspekt matnida har bir savollarga qisqacha, lo’nda va aniq javob berishi shart;
- tematik - konspekt : mavzuning alohida bir qismi, bo’limi, rejasi mazmunini yoritishga xizmat qiladi;
- tayanch konspekt (V. F. Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan): axborot manbasi mazmuni grafik timsollar, rasmlar, sonlar, tayanch iboralar yordamida kodlangan bo’ladi;
- qiyosiy konspekt: o’zaro taqqoslash maqsadida bir nechta matnlar mazmunini o’rganish, solishtirish va ma’lumotlarni yagona shaklga keltirib konspekt tuzish;
- tanlov- konspekt: matndan ma’lum mavzu bo’yicha axborotni tanlash va yoritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |