4. Muloqot ko’nikmalari
5. Ijtimoiy ko’nikmalar
6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim)
TEMATIK IShLAR PORTFOLIOSINI TAYYoRLASh
Mustaqil ishning maqsadi: tanlangan mavzu bo’yicha axborotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, emperik manbalar bilan ishlash, muammolarni echish texnologiyalari va usullarini egallash.
“Portfolio” – (ital. portfolio-portfel, ingl.hujjatlar uchun papka) ta’limiy va kasbiy faoliyat natijalarini autentik baholashga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan hisoblanadi. Portfolio mutaxassisning saralangan o’quv-metodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig’indisi sifatida aks etadi.
Tematik ishlar portfoliosi-kurs (modul) bo’yicha u yoki bu mavzu doirasidagi aniq muammoni echish maqsadi, jarayoni va natijalarni ifodalovchi materiallar yig’indisi hisoblanadi.
Ishlar portfoliosi bir necha bo’limlardan iborat bo’ladi (o’qituvchi bilan kelishilgan holda).
Tematik ishlar portfoliosi tuzilishi:
-hujjatning qisqa tavsifi, kim va nima uchun mo’ljallanganligi, maqsadi ifodalangan matn;
- mazmuni va mundarija;
-organayzer (sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafiklar, diagrammalar,gistogrammalar);
- ish davomida sodir bo’lgan jdarayonlarni kuzatish va qayd etish varag’i
- yozma ishlar;
-videolavhalar, kompyuter dasturlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |