Mustaqil ish natijalari :
talabalar ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil etish va ularni aniq ta’limiy va tadqiqiy vazifalarni echishda qo’llash qobiliyatlariga ega bo’lishadi.
Tadqiqiy vazifalarning original echimini topishda shaxsiy kreativ qobiliyatlari namoyon bo’ladi;
Ijodiy ravishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ko’nikmalarini takomillashtirishtiradilar.
4) KURS IShINI TAYYoRLASh
Mustaqil ishning maqsadi: DTS bo’yicha ma’lum yo’nalish va mutaxassisliklar uchun nazarda tutilgan fan yuzasidan amaliy ko’nikmalar va nazariy bilimlarni tizimlashtirish.
Kurs ishi - talabalarning ma’lum mutaxassislik bo’yicha o’quv rejasidagi asosiy fanlardan mustaqil tayyorlagan tadqiqot ishi hisoblanib bitiruv malakaviy ishni yozish uchun tayyorgarlik bosqichi vazifasini o’taydi.
Kurs ishi turlari :
- ma’lum bir fan bo’yicha kurs ishi (ilmiy rahbarlik fan o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi)
-mutaxassislik bo’yicha kurs ishi (ilmiy rahbarlik mutaxassislik kafedrasi o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |