Mustaqil ish natijalari :
— talabalar turli ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish orqali, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda, kasbiy faoliyatdagi standart, aniq ta’limiy va tadqiqotchilik vazifalarini echish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
GLOSSARIY TUZISh
Mustaqil ishning maqsadi: axborot madaniyati darajasini oshirish, yangi bilimlarni o’zlashti riish, o’quv kursining aniq predmeti bo’yicha zaruriy ko’nikmalarni hosil qilish.
Glossariy — maxsus atamalar va ularning mazmunini ifodalovchi lug’at.
Glossariy - izohlab yoki boshqa tilga, tarjima ilib beruvchi kam qo’llanuvchi so’z yoki iboralar lug’ati. U alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda o’sha chet tiliga xos bo’lib, matnga kiritilgan so’zlar yoki iboralar ro’yxati keltirilib, ular izohi ilova qilinadi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |