Q. M. Murodov, D, Q, Murodova


Yupqa qavat xromatografiyasi


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/57
Sana02.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1738929
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
 
Yupqa qavat xromatografiyasi 
Yupqa qavat xromatografiyasi N.A. Izmaylov va M.S. Shrayber 
tomonidan 1938 yilda yaratilgan bo„lsa ham, u faqat oxirgi yillarda 
keng qo„llanila boshladi.
Yupqa qavat xromatografiyasini murakkab ob‟ektlardagi 
noorganik va organik moddalarning tarkibini o„rnatishda va miqdorini 
aniqlashda ishlatiladi. Tahlil bir-necha bosqichdan iborat:

namuna va plastinkani tayyorlash; xromatografik 
kamerani tayyorlash;

namuna komponentlarini bir-biridan ajratish;

plastinka yuzasidan elyuentni yo„qotish; detektorlash;

sifat va miqdor analizini amalga oshirish. 
Elyuent tanlash va ajratish mexanizmi. 
YuQXda moddalarning bir-biridan ajralishi aralash mexanizm 
bilan boradi. YuQX suyuqlik xromatografiyasining ko„rinishlaridan biri 
bo„lgani uchun taqsimlanish adsorbsiya va unga teskari jarayon 
hisobiga sodir bo„lishi mumkin. 
Yupqa qavat xromatografiyasida aniqlanadigan moddalar qutbli 
molekulalarining erituvchi molekulalari bilan adsorbentning faol 
markazlari bilan ta‟sirlanishiga asoslangan. Qutbsiz molekulalarni eritib 
chiqarish uchun qutbsiz elyuentlar ishlatiladi. 
Elyuent 
tanlashda odatda adabiyotlardagi ma‟lumotlardan 
foydalinaladi. Elyuent tarkibini o„zgartirish natijasida moddalarning 
qiymatini o„zgartirish mumkin. 
Normal-fazali taqsimlanish YuQX da qutbsiz harakatli fazalar va 
qutbli 
harakatsiz 
fazalar 
ishlatiladi.Harakatlsiz 
fazada 
eruvchi 
aniqlanadigan 
moddalar 
ushbu 
fazalar 
o„rtasida taqsimlanadi. 


134 
Moddalarning qutbliligi oshgan sari ularning tutilish vaqtlari 
kattalashadi, 
elyuentning 
qutbliligi 
oshganda 
esa 
kamayadi. 
Taqsimlanish YuQX oddiy sorbentlarda (silikagel, kizelgur, sellyuloza) 
yoki polyar (DMSO, DMFA, etilenglikol) va gidrofob(parafin moyi, 
silikon moyi, undekan, dodekan) moddalar bilan qayta ishlangan 
sorbentlarda olib boriladi. Sorbent sifatida (diol-, sian- va amino-fazalar) 
guruhlari bilan kimyoviy boglangan gidrofil sorbentlar va (С
2, 
С
8, 
С
18

guruhlar bilan kimyoviy boglangan gidrofob sorbentlar ishlatilishi 
mumkin.
Teskari-fazali taqsimlanish YuQXda suv bilan turli nisbatlarda 
aralashtirilgan qutbli erituvchilar: spirtlar, atseton, atsetonitril, suv yoki 
atsetonitril-suv aralashmalari ishlatiladi.
Teskari-fazali taqsimlanish YuQX asosan qutbli va qutbsiz 
moddalar aralashmasini analiz qilishda ishlatiladi.
5-jadval 
Teskari-fazali taqsimlanish YuQX ishlatiladigan sorbentlar
Plastinka turi 
Moddalar 
Harakatli fazalar 
Diolsilikagel 
Glyukazidlar 
Etilatsetat-25% ammiak erit-
masi (100:1) 
Nitrilsilikagel 
Protestaronlar
Petroleybenzin -atseton (8: 
2)
Aminosilikagel 
Alkaloidlar 
Xloroform-metanol (100:4) 
RP-2 silikagel 
Piridazin hosilalari 
Metanol-suv (7:3) 
RP-8 silikagel 
Aflatoksin 
Metanol-suv (20:1) 
RP-18 silikagel 
Alkaloidlar 
Metanol-0,5 NaCl (65:35) 
Sorbentlar 
Harakatsiz faza sifatida kolonkali suyuqlik xromatografiyasida 
ishlatiladigan sorbentlar qo„llaniladi. Sorbentning qalinligi 200-500 
mkm, zarracha o„lchami esa 20 mkm tashlil etadi. O„tilgan yo„lning 
uzunligi 12 sm bo„lganda nazariy tarelkalar soni 2000 gacha yetishi 
mumkin. Tajriba vaqti 25 minut atrofida bo„ladi.


135 
Hozirgi vaqtda YuQX da turli xil firmalar tomonidan ishlab 
chiqilgan turli tayyor plastinkalar ishlatiladi. Plastinkalar tayyorlashda 
adsorbent sifatida silikagel, alyuminiy oksidi, sellyuloza va boshqa 
materiallar ishlatiladi. 
YuQXda ishlatiladigan plastinkalar asosan, unga yopishtirlgan 
sorbent qatlamidan iborat. Plastinka asosi shishadan, alyuminiy falgadan 
yoki polimer plyonkadan tayyorlanadi. Yopishtiruvchi moddalar sifatida 
kraxmal, gips, ishqoriy metall silikatlari va organik polimer moddalar
ishlatiladi. 
Teskari fazali YuQX da universal va ko„p ishlatiladigan adsorbent 
sifatida silikagelni ko„rsatishimiz mumkin. 

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling