Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Download 2,04 Mb. Pdf ko'rish
|
Fazalarning
nisbiy siljishiga, (xromatogrammani olish usuliga) ko‘ra tasnif Bu tasnif doirasida kolonkali xromatografiyaning ko„rinishlaridan – frontal, elyuent (namoyon etuvchi) va siqib chiqarish xromatografiya usullarini qisqacha ko„rib chiqamiz. Laboratoriya sharoitida xromatografik kolonka sifatida sorbent to„ldirilgan jo„mrakli shisha nayza ishlatiladi. Kolonka yuqorisidan kerakli tezlikda (odatda bir daqiqada 20 tomchi) suyuq HF o„tkazib turiladi. a) Frontal xromatografiya usulida sorbent to„ldirilgan xromato- grafik kolonkadan (1-rasm) jarayon tugagunga qadar tarkibida E – erituvchi bilan ajratiluvchi A va B moddalar bo„lgan eritma uzluksiz ravishda o„tkazilib turiladi. Xromatografiyalash avvalida (1-rasm , a) kolonkadan toza erituvchi chiqadi. B moddaga nisbatan sorbentga (TF) kamroq moyilligi bo„lgan A modda tezroq siljib B moddadan o„tib ketadi. 9 1-rasm. Frontal kolonkali xromatografiyada aralashma tarkibiy qismlarining ajralish sxemasi a) jarayonning boshi; b) jarayonning davomi; v) jarayonning oxiri Shuning uchun (1-rasm, b) kolonkadan A moddani E erituvchidagi eritmasi chiqa boshlaydi. B moddalar A moddalardan «orqada qoladi». Keyinchalik (1-rasm, v) E erituvchining ikkala A va B moddalar bilan aralashmasi chiqa boshlaydi. Frontal xromatografiya kolonkadan ikkala modda aralashmasi uzluksiz o„tkazib turilgani sababli A moddaning faqat bir qisminigina ajratish imkonini beradi, xolos. b) Elyuent (namoyon etuvchi) xromatografiyada avval 2-rasmning a-holatida ko„rsatilganidek, xromatografik kolonkaga A va B moddalar (tarkibiy qismlar) va E erituvchidan iborat eritma kiritiladi, so„ngra (2- rasm, b,v,g) bu moddalar E erituvchi (elyuent) bilan yuvib chiqariladi (elyuirlanadi). Toza E erituvchi bilan elyuirlanganda (yuvilganda) A va B tarkibiy qismlar sorbenti (TF) bo„ylab turli tezlikda siljib boradi. TFning tabiatiga ko„ra siljish tezligi turlicha bo„ladi. TF ga moyilligi kamroq bo„lgan A tarkibiy qism, TF ga moyilligi ko„proq bo„lgan B tarkibiy qismga nisbatan tezroq siljiydi. Xromatografik kolonka uzunligi yetarli bo„lgan holda A va B tarkibiy qismlar bir- biridan butunlay ajraladi avval A tarkibiy qism, so„ngra toza E erituvchi, undan keyin esa B tarkibiy qism kolonka ostidan oqib chiqadi. 10 2-rasm. Elyuent xromatografiyada aralashma tarkibiy qismlarining ajralish sxemasi а-jarayonning boshlanishi; b-g – jarayonning davomi va oxiri Tarkibiy qismlarni xromatografik kolonkadan yuvilib chiqi- shi elyuirlash deb ataladi. Elyuirlash uchun ishlatiladigan (HF) erituvchi yoki eritma elyuent, xromatografik kolonkadan oqib chiqayotgan eritma (yoki erituvchi) esa elyuat deb ataladi. Elyuent xromatografiya usulida analiz etilayotgan aralashmani tarkibiy qismlarga deyarli to„liq ajralishiga erishish mumkin. Bu usulning kamchiligi shundaki, A va B tarkibiy qismlar E erituvchi bilan xromatografik kolonkadan juda suyultirilgan eritma holida ajralib chiqadi, binobarin, ularni elyuatdagi konsentratsiyasi kichik bo„ladi. v) Siqib chiqarish xromatografiyasi. Bu usulni yuqoridagilardan farqi shundaki, elyuent sifatida toza erituvchi (E) emas, balki TF ga moyilligi kattaroq bo„lgan B modda (masalan, B ning E dagi eritmasi) ishlatiladi. Shunday qilib, B modda siqib chiqaruvchi reagent vazifasini bajaradi. Uning TF ga moyilligi A va B moddalarnikiga nisbatan kuchliroq bo„lgani sababli A va B moddalarni sorbent sirtidan siqib chiqaradi. 3-a rasmda tasvirlangan xromatografik kolonkaga E erituvchidagi ajratilishi lozim bo„lgan A va B moddalar aralashmasi kiritiladi, so„ngra 3-b-rasmda tasvirlanganidek, siqib chiqaruvchi V moddaning E erituvchidagi eritmasi kiritiladi. Elyuirlanish jarayonida elyuat tarkibida avval toza erituvchi E oqib chiqadi, keyin quyidagi ketma-ketlikda 11 moddalar E +A, E +A+B, E +B, E +B+V va E +V ajralib chiqa boshlaydi. Shunday qilib, bir-biridan ajralgan A va B tarkibiy qismlar (E erituvchidagi suyultirilgan eritmasi) bilan bir qatorda elyuatga A+B va B+V tarkibiy qismlarning erituvchi bilan suyultirilgan aralashmalari ham o„tadi. 3-rasm. Siqib chiqarish xromatografiyasida tarkibiy qismlarning ajralish sxemasi a) jarayonning boshlanishi; b) jarayonning davomi Download 2,04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling