Q. N. Kayumov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
Ijtimoiy ish bo‘yicha milliy jamoa dastavval respublikamiz uchun ta’limning
yangi sohasi bo‘lgan ijtimoiy ishning rivojlanishiga imkoniyat yaratish uchun birlashgan o‘qiutvchilar guruhi tashabbusi natijasi bo‘lgan. 2005 yildan boshlab RSSAD va YUNISEF hamkorligi tufayli tashabbus guruhi sifatida xalqaro maslahatchilar, ijtimoiy ishning turli sohalaridagi mutaxassislarning trening va seminarlarida ta’lim olgan Milliy trenerlar jamoasi tan olindi. Bugungi kunda Milliy jamoa tarkibiga 18 kishi kiradi, ular sirasiga ijtimoiy ish, sotsiologiya, psixologiya, maxsus psixologiya va Madaniyat instituti, Milliy universitet (O‘zMU), Pedagogika universiteti (TDPU) pedagoglari, bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi Respublika markazi mutaxassislari, amaliyotchi psixologlar, tadqiqotchilar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi trenerlar kiradi. Bu ijtimoiy ishning qadriyatlari va axloqiy prinsiplari, nazariya va usullarini ta’lim va amaliyotda faol ilgari suruvchi 219 professionallar, tashabbuskorlar va hamfikrlardir. Barcha loyihalarni amalga oshirish davomida Milliy jamoa xalqaro konsultantlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borgan. Bunda xalqaro hamkorlik akademik institutlar kabi (Tissayd universiteti, Buyuk Britaniya; Vashington universiteti, Sietl, AQSH), ijtimoiy ish agentliklari bilan ham amalga oshirilgan, masalan, Buyuk Britaniyaning “Har bir bola” xalqaro tashkiloti. Xalqaro maslahatchilar Milliy jamoa va ijtimoiy ishning zamonaviy nazariya va modellari sohasida ta’lim berish, ularni o‘qitish va bolalar va oilalar bilan amaliy ish olib borishni qo‘llashga katta hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda ijtimoiy ishni ilgari surish bo‘yicha Milliy jamoaning a’zolari tomonidan ijtimoiy xodimning professiogrammasi ishlab chiqildi. Uning asosiy vazifasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasbiy layoqatni mehnat sub’ektiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni e’tiborga olgan holda tuzatishlar kiritish zarurati bilan bog‘liq. Ijtimoiy xodimning professiogrammasi – ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassilar modelini va ularning faoliyatining standartlarini ishlab chiqish tomonga tashlangan birinchi qadamdir, bu esa o‘z navbatida ularga ta’lim berish va professional ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash mohiyatini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor vazifalariga mso ravishda tubdan qayta ko‘rib chiqish sohasida chora-tadbirlarni faol amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Eng muhim vazifalardan bir mamlakatning har bir oliy ta’lim muassasi tomonidan boshqa turdosh xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga etakchi pedagogik texnologiyalarni, o‘quv dasturlarini va xalqaro standartlarga asoslangan o‘quv-metodik materiallarni keng joriy qilishni amalga oshirish vazifa qilib qo‘yilganligi bilan bog‘liq 1 . 2008 yildan 2018 yilga qadar oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy ish bo‘yicha 900dan ortiq mutaxassilarni tayyorlaganlar. Shu bilan birga, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 220 qatlamlarini himoya qilish, ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va ularga munosabat bildirish uning kadrlarga oid imkoniyatlarini aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish ijtimoiy tizimining faoliyat olib borayotgan xodimlarini qayta tayyorlash kabi, xizmatlarning mazkur turini ko‘rsatish sohasida ijtimoiy xodimlarning kasbiy layoqatini shakllantirish sohasida ham oshirishni talab etadi. YUNISEFning bolalar va ayollar farovonligini oshirish bo‘yicha 2016-2020 yilga mo‘ljallangan Mamlakatlarga oid dasturi doirasida 2017 yilda YUNISEFning O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikdagi uzoq muddatli “O‘zbekistonda ijtimoiy ish ta’lim va amaliyotini yanada rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boshlandi. Dasturni amalga oshirishning birinchi bosqichi davomida davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari xalqaro talablarga ko‘ra qayta ko‘rib chiqildi, O‘zMUda “Ijtimoiy ish” bazaviy kafedrasi ochildi. 2018 yil iyun oyida Milliy universitet va AQSHning Kolumbiya universiteti bilan hamkorlikda, YUNISEFning texnik qo‘llab-quvvatlashi asosida xalqaro loyihaning “O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosiy takomillashtirish” mavzusidagi ikkinchi bosqichi boshlandi. Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda Ijtimoiy ish sohasida ta’lim va amaliyotni yaxshilash va ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilish tizimida mutaxassislarni qayta tayyorlashdan iborat. Kolumbiya universiteti trenerlari Doktor Timati Xant va Lyudmila Kimlar O‘zMUning Ijtimoiy fanlar fakultetida uch bosqichli “Ijtimoiy ish amaliyoti asoslari” mavzusida trening o‘tkazdilar, bu esa o‘z navbatida bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimlari mutaxassislari va mamlakat ijtimoiy ish o‘qituvchilarining imkoniyatlarini oshirish imkonini berdi. Uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish quyidagilarga yo‘l ochib berdi: ijtimoiy xodimlarning kasbiy layoqatliligini oshirish; ijtimoiy ish bo‘yicha aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj 221 qatlamlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi amaldagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi milliy jamoasini tayyorlash. Mazkur natijalarga erishish respublikada davlat ijtimoiy siyosatining kadrlar ta’minoti tadbirlari muammolarini hal etish, ijtimoiy xodimlar malakasini oshirish va oxir oqibat aholining muhtoj qatlamlariga sifatli yordam ko‘rsatishga imkoniyat yaratadilar. YUNISEFning O‘zbekistonning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdagi ahamiyatli tajribasini, farzandlari mavjud bo‘lgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojning faol o‘sib boruvchi talabini e’tiborga olgan holda oxirgi yillarda mazkur sohada milliy tizimning samaradorligini o‘rganish byo‘icha tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning ijtimoiy himoya tizimini vaziyatga oid tarzda tahlil qilishda, YUNISEFning nashr qilingan ma’ruzasida ta’kidlanishicha, ijtimoiy himoyaning milliy tizimi mamlakatdagi kambag‘allik va tengsizlik darajasini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlar ijtimoiy himoya milliy tizimini xalqaro standartlar va millatning talab va ehtiyojlariga muvofiq tarzda o‘zgartirishning a’lo imkoniyati hisobalandi 1 . 2018 yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi YUNISEF Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi tadqiqotchilar jamoasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda O‘zbekistondagi oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlar taqdim qilish bo‘yicha ijtimoiy himoya sektorining ayni vaqtdagi vazifalari va imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotchilar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan tahliliy o‘rganish O‘zbekistonning quyidagilardan iborat bo‘lgan ijtimoiy ta’minotining bugungi tizimining kuchli tomonlarini aniqlash imkonini berdi: ijtimoiy zaiflik muammosini hal etish hamda oilalar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muammolarini hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi va muassasalarning qonunchiligi va tuzilmalarida, 222 ularning qarashlari va vazifalarida aks ettirilgan; oxirgi ikki yil davomida ijtimoiy xizmatlar xodimlari tuzilmalari, miqdori, lavozimlari va kasbiy talablarining ortishi; O‘zbekistondagi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning noyob organi – mahallaga hukumat e’tiborining kuchaytirilishi 1 . Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini va sifatini oshirish maqsadida aholining muhtoj qatalmalriga xizmat ko‘rsatish uchun aholini, bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish yagona davlat idoralarini yaratish masalasini o‘rganish taklif qilinmoqda. Milliy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikda: Vazirlar Mahkamasi, boshqa vazirliklar va idoralar, mahalliy hukumat organlari, NNT, BMT agentliklari: YUNISEF, XMT, PROON mamlakatdagi ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda dastur ishlab chiqildi. Dasturning yakuniy natijasi 2022 yilga qadar ijtimoiy himoyaning integratsiyalangan va samarali tizimini O‘zbekistondagi barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyaning qamrovini xalqaro standartlarga muvofiq kengaytirish va sifatini oshirish imkoniyati bilan bog‘liq holda yaratishdan iborat. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling