Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Nazorat savollari
1. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tuShunchalari o‘rtasida qanday
umumiylik mavjud?
2. Ijtimoiy ishga ta’rif bering va uning maqsadlarini ifodalang.


18
3. Ijtimoiy himoya institutlari qaysilar?
4. Jamiyatimizda ijtimoiy ta’minot tizimida qanday o‘zgarishlar
sodir bo‘lmoqda?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ganieva M.X. Ijtimoiy ish asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
CHASHMA PRINT, 2009.
 112 b.
2. Ganieva M.X. Ijtimoiy ishga kirish. – Toshkent: O‘zMU, 2011.
3. Ganieva M.X., N.M.Latipova. Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi.
Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2015. – 264 b.
4. Ambrosino R., Ambrosino R.,Heffernan J., Shuttlesworth G.
Social Work and Social Welfare: An Introduction. Sixth Edition. –
Thomson Brooks/Cole, 2008. – 643 p.
5. Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare.
Empowering People. George Williams College of Aurora University.
Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010.
2-MAVZU. IJTIMOIY ISH MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1. Ijtimoiy yordam mohiyati va turlari
2. Ijtimoiy ish paydo bo‘lishining tarixiy sabablari
3. Ijtimoiy ish kasb sifatida
4. Ijtimoiy ish fan va o‘quv fani sifatida
5. Ijtimoiy ish ob’ekti va predmeti
6. Ijtimoiy ishning xalqaro ta’rifi
Kalit so‘zlar: ijtimoiy ishning o‘ziga xos xususiyatlari, inson, jamiyat,
ijtimoiy ishning paydo bo‘lishi, ijtimoiy ish fan sifatida, ijtimoiy himoyaning tarixiy
shakllari, xayriya, homiylik, rahm-shafqat, xizmat ko‘rsatish, filantropiya
(insonparvarlik), davlat yordam tizimi, ijtimoiy ish ta’rifi, ob’ekt, predmet.
1. Ijtimoiy yordam mohiyati va turlari. Ijtimoiy ishning ijtimoiy hodisa


19
sifatidagi ildizlari inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga to‘g‘ri
keladi. Ijtimoiy yordam qalb amriga ko‘ra amalga oshiriladi, bu jarayonda nochor
aholiga g‘amxo‘rlik qilishning turli jamiyatlarda shakllangan an’analari mavjud.
Qadimgi Misr ibodatxonalarida marosimga oid yordam amalga oshiriladi: ochlarga
bepul non tarqatish. Qadimgi Gretsiyada, so‘ngra qadimgi Rimda aholining
qashshoq qatlami orasida non, kiyim-kechak, pul tarqatiladi.
Qadimgi slavyanlarda ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari turli sakral
jihatlarga ega bo‘lgan ommaviy yordam, ijtimoiy-urug‘chilikka oid, Shuningdek,
xo‘jalik yordami, nasl, oila, aholi doirasida o‘zaro yordam ko‘rsatish va himoya
ko‘rinishida bo‘lgan.
O‘z tarixiy rivojlanishida muhtojlarni ijtimoiy parvarish qilish turli shakllarga
ega bo‘lgan – sadaqadan ijtimoiy va xususiy xayriyaning turli ko‘rinishlari bilan
birgalikda amalga oshiriluvchi, uyushgan davlat tizimiga qadar ko‘rinishlarda
bo‘lgan.
Sadaqa – bu muhtojlarga pul yoki moddiy vositalar ko‘rinishida yordam
berish. Bu odamlarga xos bo‘lgan tabiiy-gumanistik xususiyatlarning eng qadimiy
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, keyinchalik u turli dinlar tomonidan majburiyat
darajasiga olib chiqildi va bizning kunlarimizga qadar sadaqa qashshoqlarga
hamdardlik ko‘rsatishning bir shakli sifatida saqlanib qolgan. Xayriyaning mazkur
turini uyushgan ko‘rinishga keltirish mumkin emas. U qo‘l cho‘zgan har qanday
kishiga beriladi va individning shaxsiy xislatlari, uning sub’ektiv hissiyotlari bilan
belgilanadi. Baholi qudrat yordam ko‘rsatish sadaqa (xayr-ehson)ning asosiy
maqsadi hisoblanadi. Biroq katta miqdordagi sadaqalar qashshoqlik kasbining
paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Xayriya,
mehr-shafqat
ko‘rsatish
kambag‘allarga
moddiy
yordam
ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, bu –
muhtojlarga ixtiyoriy va beg‘araz ravishda pul, mol-mulk taqdim qilish, xizmat
ko‘rsatish demakdir. G‘arb mamlakatlarida uni odatda karitativ (xayriya) faoliyati
deb ataydilar (lotin tilidagi caritas –
“mehr” ma’nosini anglatadi). Mazkur
tuShunchalar ma’nosi o‘zaro bir-biriga yaqin, biroq bir xil emas.


20
Xayriyani ko‘p jihatdan uning asosida rivojlangan professional ijtimoiy
ishdan farqlash lozim. Biroq u boshqa tashkiliy asoslarga quriladi. Ijtimoiy ish
me’yoriy-huquqiy asos yordamida, maxsus uyushgan muassasalar va tashkilotlar
tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi asosida aniq tartibga solingan. Xayriya faoliyati esa
qat’iy tartiblarga amal qilmaydi, bu esa o‘z navbatida vujudga kelgan ijtimoiy
muammolarga vaziyatdan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lish imkonini
beradi. Xayriya muhtojlarga yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan muayyan ijtimoiy va xususiy harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha
ijtimoiy faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Xayriyaning asosiy tarkibiy qismini homiylikdan, ya’ni birinchi navbatda
moddiy, Shuningdek, katta miqdordagi mablag‘lar va jamiyatda ta’sir kuchiga ega
bo‘lgan shaxslar tomonidan uyushgan yordam ko‘rsatishdan tashkil topgan, deb
hisoblash mumkin.
Rahm-shafqat ko‘pincha xayriya ko‘rsatishning sabablaridan biri sifatida
namoyon bo‘lgan holda xayriya faoliyatining asosini tashkil qiladi. Rahm-shafqat,
hamdardlik,
xayrixohlik
va
yordam
ko‘rsatish,
qiynalayotganlarni
qo‘llab-quvvatlashga tayyorlikni anglatadi. Rahm-shafqat – bu boshqa kishiga
yordam ko‘rsatishdan ko‘ra ko‘proq uning azoblariga hissiy-emotsional aks-sado,
demakdir.
Homiylik, aslida sovg‘a qilish yoki xayr-ehson qilish tuShunchasiga mos
keladi, biroq ular bir-biridan tamomila farq qiluvchi tuShunchalardir. Homiylik
ostida yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (mol-mulkni, intellektual faoliyat
natijalarini taqdim qilish, xizmat ko‘rsatish, ishlar olib borish ko‘rinishidagi)
boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs faoliyatiga qabul qiluvchi tomonidan homiy
haqida, uning mahsulotlari haqida reklama qilish sharti asosida sarmoya kiritish
tuShuniladi.
Ijtimoiy yordam ob’ekti va sub’ektini aniq farqlab olish lozim. YOrdam olish
ob’ekti sifatida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan yordam oluvchilar namoyon
bo‘ladi, ijtimoiy yordam sub’ekti ostida esa yordam manbai tuShuniladi. Ijtimoiy
yordam sub’ekti tabiatidan kelib chiqqan holda uning qator asosiy turlari ajratib


21
ko‘rsatiladi: xususiy (individual); guruhga oid, ijtimoiy (jumladan, uyushmaga oid);
davlat.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zaro bir-biriga yordam ko‘rsatishga
intilish immanent ravishda insonga xos tuShunchadir. Barcha dunyo dinlarining
asosida markaziy o‘rinni muhtojlarga gumanitar xizmat ko‘rsatish tizimi sifatidagi
insonning burchi sifatida ifodalangan ijtimoiy yordam va xayriya tutgan.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling