Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

3.Xulqida muammolar mavjud (tarbiyasi og‘ir bo‘lgan) bo‘lgan bolalarga
individual yondaShuv asoslari. O‘qituvchi bilan muloqot qilishda eng ko‘p
qiyinchiliklarga tarbiyasi og‘ir o‘smirlar duch keladilar. Mazkur o‘smirlar shaxsini
tuzatishning ayrim masalalarini ko‘rib chiqamiz.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni qayta tarbiyalashning asosiy masalasi shaxsga


184
uning yo‘naltirilganligini, zararli odatlarini o‘zgartirish maqsadida, yangi bilim,
ko‘nikma, malaka, odatlarni o‘zlashtirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish tizimini
yaratishdan iborat. Aniq maqsadli ta’sir ko‘rsatishning mazkur tizimini biz shartli
ravishda
uchta
bosqichga
ajratamiz:
tayyorlovchi,
rekonstruktiv
va
qo‘llab-quvvatlovchi.
Birinchi, tayyorlovchi bosqichda o‘smir shaxsini, uning biografiyasini
o‘rganish amalga oshiriladi; biologik “zamin”, shaxs shakllangan mikromuhitning
o‘ziga xos xususiyatlari, real shaxslararo munosabatlar, referent guruhlar va
shaxslar aniqlanadi. Rivojlanishdagi bolalarning ehtiyojlari o‘rganiladi; muayyan
tarbiyada shakllangan munosabatlar darajasi va og‘uvchi xulq mexanizmlari
aniqlanadi.
Tarbiyalanuvchi to‘g‘risida axborotlar to‘plangandan so‘ng ma’lumotlar
sinchkovlik bilan o‘rganiladi: intilishlar, qiziqishlar, moyilliklar, qarashlar, ideallar,
fikrlar, munosabatlarning shakllangan tizimi, ustun ehtiyojlar va xulq sabablari,
odatlari, Shuningdek, shaxsning qaysi ijobiy fazilatlari yo‘qolganligi va ularning
qaysi birlari saqlanib qolgani, u qaysi ijtimoiy rollarni ijro qilgani va ijro qilishni
hohlagani aniqlanadi.
Ota-onalar imkoniyatlari, oila va atrofdagi omillar tahlil qilinganidan so‘ng,
tarbiyalanuvchining hayot faoliyati istiqbollari, uning o‘z-o‘zini namoyon qilish
usullari belgilab olinadi, shaxs axloqini tuzatish va uni qayta qurishning eng maqbul
rejasi tuziladi, salbiy xususiyatlari ustida ishlanadi, Shuningdek, uning ijobiy
xususiyatlari yangidan shakllantiriladi.
Kuzatuvlar ko‘rsatishicha, intizom, o‘quv mashg‘ulotlarini tezroq amalga
oshiriladi, zararli odatlar, jargon, yolg‘onchilik va boshqlar ko‘proq saqlanib qoladi,
bu esa o‘z navbatida reja tuzishda e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich bosqichdagi
qiyinchiliklar qator ob’ektiv sabablar e’tiborga olinadi. Bu avvalambor, odatiy
turmush tarzining sinishi, odatiy guruhdan yakkalanish, qat’iy rejim – bu salbiy
hissiyotlarga, tarbiyachilarga nisbatan ishonchsizlik, bezovtalikka sabab bo‘ladi.
Rasmiy psixologik muloqot hamda tobelik va qaramlik munosabatlari, ma’lumki,
chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish va ayniqsa, shaxsning qarashlarini


185
o‘zgartirish uchun etarli emas.
Ko‘plab o‘smirlarda, ayniqsa, jamiyatdan ajratib qo‘yish holatiga birinchi
marotaba tushib qolgan o‘smirlarda ruhiy zo‘riqish holati, sarosimalik, jabrdiydalik,
hamdardlik va ishontirishga nisbatan yuqori ta’sirchanlik
vujudga keladi.
Huquqbuzarning bu kabi inqirozi odatda psixologik-pedagogik ta’sirga sharoit
yaratib beradi. Jumladan, to‘laqonli muloqot uchun hissiy qo‘llab-quvvatlash
muhim ahamiyatga ega. Afsuski, huquqbuzarlarning bu davrdagi ruhiy holatining
o‘ziga xos xususiyatlari psixologik muloqot o‘rnatish va ularga yanada samaraliroq
ta’sir ko‘rsatishda to‘liq qo‘llanilmaydi. Bu davrda psixologik muloqot o‘rnatish va
tarbiyalanuvchilar guruhini shakllantirishda o‘smirlarning ijtimoiy-pedagogik
ijtimoiy-pedagogik qarovsizligining psixologik o‘zaro mosligi (mos emasligi)ni
aniq ajratib olish muhim o‘rin tutadi.
Ikkinchi bosqich rekonstruktiv, bir necha haftadan bir necha oygacha bo‘lgan
davrni egallaydi. U psixologik-pedagogik ta’sir tizimini, turli usullar va uslublar
majmuini qamrab oladi: suhbatlar, ishontirish, tartibni tashkillashtirish, guruh va
jamoalarni shakllantirish, rag‘batlar va jazolarni qo‘llash, majburlash.
Mazkur bosqichda qayta tarbiyalashning dastlabki holati muloqotning
do‘stona muhiti, o‘quv-mehnat jarayoni, bo‘sh vaqt, sport o‘yinlari, musobaqalar,
to‘garaklar, zarur qarashlar, odatlarni bilvosita tarbiyalashi va zararli (masalan,
sport o‘yinlari davomida jargondan foydalanish sababli jarima solish) odatlarni
bartaraf qilishi, tabaqalashtirilgan hissiy munosabatlarni – mehnatga nisbatan ijobiy
va axloq qoidalariga xilof harakatlar, zararli odatlarga salbiy munosabatda bo‘lish
talab etiladi.
Xulqni tuzatish va qayta tarbiyalashning mazkur murakkab jarayonida
tarbiyalanuvchining yoshga oid xususiyatlari ham, maxsus psixterapevtik va
psixofarmologik ta’sirlarni talab etuvchi turli tuman psixosomatik munosabatlarni
ham, Shuningdek, o‘ziga xos usullar va uslublarni ishlab chiqish talab etiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling