Q. N. Kayumov


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana23.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1046273
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
IJTIMOIY ISHGA KIRISH

Ijtimoiy xodim axloq kodeksi. “Ijtimoiy xodim axloq kodeksi” Ijtimoiy
xodimlar xalqaro federatsiyasi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks ijtimoiy
ishning ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan o‘z kasbiy majburiyatlarini amalga


195
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy, bazaviy prinsiplari va qadriyatlari bayon
qilingan hujjatni aks ettiradi.
“Ijtimoiy xodim axloq kodeksi”ning asosiy maqsadi – inson(mijoz)ning,
mutaxassis(ijtimoiy xodim)ning va jamiyat(sotsiumning turli institutlari)ni
mijozning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘zaro munosabatlari jarayonida
axloqiy prinsiplari va ma’naviy (axloqiy) qarashlarini ta’riflash va aniqlashdan
iborat.
Ijtimoiy ish maktablari xalqaro uyushmasining (IIMXU) faoliyati maqsadi
axloq masalalaridan xabardorlik hisoblanadi. Ularning axloqiy talablarga mos
ravishda harakat qilish qobiliyatlari va majburiyatlari ijtimoiy ish xizmatlaridan
foydalanayotganlarga taklif etilayotgan xizmat sifatining muhim jihatlaridan
hisoblanadi.
IXXF va IIMXUlarning asosiy prinsipi butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib
borayotgan ijtimoiy xodimlarni ular har bir alohida holatda duch keladigan
murakkab vazifalar va ikkilanishlar ustida axloq masalalaridagi bilimlariga
asoslangan holda fikr yuritishga rag‘batlantirishdan iborat.
Ijtimoiy xodimlarning milliy uyushmalari. Ijtimoiy xodimlarning britaniya
uyushmasi (BASW) – Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ish va ijtimoiy xodimlarni aks
ettiruvchi eng katta uyushmalardan biri hisoblanadi.
Britaniya Uyushmasi 30 yildan buyon mavjud. Ushbu yillar davomida u
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi, amaliy tajribaga ega bo‘ldi. Uyushmada ko‘p qismi
Angliyada yashovchi ijtimoiy xodimlar bo‘lgan 8.500 ortiq a’zolari mavjud.
Britaniya Uyushmasi ish beruvchilar bilan keliShuvlar tuzadi. Bu kabi
shartnomalar ijtimoiy xususiy agentliklarning manfaatlarini himoya qiladilar,
Uyushma a’zolariga ijtimoiy ish bilan Shug‘ullanish va uyushma faoliyati
yo‘nalishlarini targ‘ib qilish bilan Shug‘ullanish imkonini beradi. Ijtimoiy
xodimlarning Britaniya Uyushmasi o‘z ustaviga ega. Unda Uyushma a’zolarining
majburiyatlari, asosiy axloqiy prinsiplari yozilgan. Uyushmaga a’zolik ijtimoiy
xodimlar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar sohasini kengaytiradi.
Ijtimoiy xodim litsenziyaga ega va uning kasbiy tayyorgarlik darajasi Uyushma


196
a’zolariga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi talab etiladi.
Uyushmaning asosiy vazifasi himoya qilishdan iborat. Bunda mijoz
huquqlari kabi, turli darajadagi ijtimoiy xodimlar huquqlari ham himoya qilinadi.
Vazifa barcha tomonlarning: xizmatlar iste’molchilari, ish beruvchilar, ijro
qiluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan
iborat.
Uyushma ijtimoiy qonunchilikning ishlab chiqilishi va lobbirlanishi, ijtimoiy
xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy muhitga jalb qilish
bilan Shug‘ullanadi. Uyushmaning a’zolari matbuot va ommaviy axborot vositalari
bilan suhbatlashish va Shu yo‘l bilan jamoat fikrini shakllantirishda ishtirok
etadilar.
Ijtimoiy xodimlarning amaliy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari Shundan
iboratki, maxsus ta’lim olgandan so‘ng har bir xodim davlat mustaqil kengashida
ro‘yxatdan o‘tadi, litsenziya oladi. Amaliy faoliyatni davom ettirish uchun har yili
ish beruvchi va mustaqil kengash oldida o‘z amaliyotining yuqori axloqini
isbotlashi zarur.
Uyushmaning rolini ijtimoiy xodimning ko‘pincha litsenziya yoki ish
berishni asoslanmagan tarzda rad etuvchi ish beruvchi va mustaqil kengash oldidagi
manfaatlarini himoya qilish, vujudga kelgan bahsli masalalarda masalahatlar berish
tashkil etadi, ular Shuningdek, ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning zamonaviy
talablari darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qiladi.
Uyushma boshqa alyanslar bilan ham hamkorlik qiladi: ijtimoiy ish
maktablari uyushmalari, direktorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari tashkilotlari
bilan hamkorlik qiladi. Bu kuchlarni birlashtirishga, o‘zaro munosabatlarning
strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga yordam beradi va ijtimoiy xodim
faoliyatiga nisbatan siyosiy qarashlarning o‘zgartirilishiga imkoniyat yaratadi.
Uyushma a’zolari imtiyozlardan: bepul maslahatlar, sug‘urta qilishda, uy jihozlari,
narsalar sotib olishda chegirmalardan, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishda
chegirmalardan foydalanish huquqiga egadirlar.
AQSH
ijtimoiy
xodimlarning
professional
uyushmalari.
Ijtimoiy


197
xodimlarning milliy uyushmasi (NASW) Qo‘shma SHtatlardagi ijtimoiy
xodimlarning professional tashkilotlaridir.
AQSH Ijtimoiy Xodimlar Milliy Uyushmasi o‘z siyosatini olib borishda
inson huquqlarini ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti qurilgan bazaviy prinsip
sifatida amal qiladilar: “Insonning fuqarolik, siyosiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy
ehtiyojlarini ta’minlashda jamiyat mas’uliyati haqidagi savol qayta va qayta
beriluvchi dunyoda ijtimoiy xodimlar o‘zlari qilayotgan ishlariga to‘liq ishonishlari
zarur” (NASW 2000:181). Ijtimoiy xodimlar “har doim odamlar bilan bu qanday
shaklda amalga oshirilmasin, g‘ayriinsoniy munosabatga qarshi qat’iy harakat
qilishi lozim”
1
.
Davlat va xususiy muassasalarda ijtimoiy xodim kasbi ijtimoiy xizmatlarni
ishlab chiqish, taqdim qilish va baholash sohasidagi asosiy kasb hisoblanadi.
Professional ijtimoiy xodimlar aholini ijtimoiy himoya qilish va global kontekstda
xizmat ko‘rsatish tizimining turli tashkilotlarida rahbar lavozimida faoliyat olib
boradilar. Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy va iqtisodiy adolat, inson qadr-qimmati va
qadriyatlarini ta’minlashni, inson munosabatlarining muhimligini, Shuningdek,
amaliyotdagi bir butunlik va layoqatlilikka asoslanadi.
Ijtimoiy ish sohasidagi moyillik, karera. Bugungi kunda amaliy ishning turli
sharoitlaridagi vazifalar universitet darajalariga, bakalavr (BSW), magistr (MSV)
va doktorlik (PhD yoki DSc) darajalariga egalar.
Aholining miqdor jihatidan ortib borayotgan keksalar qatlamiga ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish ehtiyojlarini qondirish uchun gerontologik ijtimoiy xodimlar
alohida talabga ega. Ijtimoiy xodimlar Shuningdek, bolalarning tibbiy-ijtimoiy
muammolarini o‘rta yosh kishilarning shaxsiy va kasbiy muammolarini hal etish
uchun ham zarur. Ijtimoiy xodimlar Shuningdek, jinoyatchilik va voyaga
etmaganlar o‘rtasidagi jinoyatlar, jumladan, ruhiy va boshqa kasalliklarga chalingan
odamlarga, alohida shaxslar va oilalarga inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish
bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ham yordam ko‘rsatishlari talab etiladi.
Kasalxonalarda ijtimoiy xodimlar sonining ortishi va ushbu shaxslarning
ehtiyojlarini qondirishda uzoq muddatli xizmatlar ko‘rsatish, kelgusida ularni


198
parvarishlashni ta’minlash kutilmoqda
1
.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling