Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini
M a’m uriy tum an va shaharlarda yer resurslarini boshqarish masalalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3. M a’m uriy tum an va shaharlarda yer resurslarini boshqarish masalalari
0 ‘zbekiston R espublikasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini tashkil etishda mahalliy davlat hokim iyat organlari faoliyati o ‘ziga xos o ‘rin tutadi. Joylardagi vakillik organi hisoblanadigan Xalq deputatlari kengashlari v a ijro hokimiyati boshlig'i bo‘lgan hokimlar yerdan foydalanish va uni m uhofaza qilish bo'yicha m a’lum vakolatlarga ega b o ‘lib, ushbu vakolatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasining “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb nom lanuvchi XXI bobidagi 99-104 m oddalarida ham da “M ahalliy davlat hokimiyati to ‘g ‘risida”gi (02.09.1993 y.da qabul qilingan va 30.08.1997y., 25.12.1998y., 03.12.2004y.larda o ‘zgartirishlar kiritilgan) qonunda belgilangan. 122 Ushbu qonunning 1-moddasiga ko ‘ra Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi b o ‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi “M ahalliy davlat hokimiyati to ‘g ‘risida”gi qonunining 10-moddasida k o ‘rsatilishicha, Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon x o ‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to ‘xtatib qo'yishga, shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli b o iib , qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: - tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; - yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini am alga oshirish; - fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o ‘rmon o'simliklari bilan qoplangan yerlardan tashqari o ‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa m aqsadlar uchun m o'ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish - har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o ‘n gektargacha o'lchamda; - fuqarolarga fermer xo ‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish; - fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining 0‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish; - yer uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birgalikda yuridik va jism oniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish; - yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish; 123 - yer tuzishni, yer monitoringi o ‘tkazilishini v a davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; - yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar ham da ularga oid bitimlarning davlat ro'yxatiga olinishini tashkil etish; - yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini ham da yer uchastkalariga b o ig a n m ulk huquqini belgilangan tartibda ushbu K odeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish; - qishloq xo'jaligi v a o'rm on xo'jaligi korxonalari, m uassasalari v a tashkilotlari tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish; - yer m unosabatlarini tartibga solish sohasida tum anlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa m asalalarni hal qilish. Tum anlar davlat hokimiyati organlarining yerlardan samarali va oqilona foydalanish va ulam i m uhofaza qilish sohasidagi vakolatlari bir qator m e’yoriy- huquqiy hujjatlarda, xususan, “Mahalliy davlat hokim iyati organlari to ‘g ‘risida”gi Q onunnning 10-m oddasida mahalliy davlat hokim iyati organlarining yer m unosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan bo'lib, unga k o 'ra tum an hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlam ing yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo'yishga, shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli bo'lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu qonunning 24- m oddasida xalq deputatlari tuman Kengashining asosiy vakolatlari sifatida hokim ning taqdim iga binoan hududni rivojlantirishning istiqbolga m o'ljallangan dasturlarini, tum anning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash belgilangan. Yerlardan foydalanishni hududiy rejalashtirish davlatning ushbu sohadagi asosiy vakolatlaridan hisoblanadi. U yem ing tabiiy sifatlarini, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa maqsadlarini tahlil etish asosida am alga oshiriladi. Yerlardan foydalanishni rejalashtirish, boshqa davlat rejalashtirishlari kabi mamlakatning 124 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini dasturlashtirishga moMjallangan. Rejalashtirish jarayonida yerlardan foydalanishning asosiy maqsadi belgilanadi. Yerlardan foydalanishni rejalashtirish tuman va boshqa ma’muriy-hududiy birliklar yer-xo‘jalik tuzilishi kompleks hududiy sxemasini tuzishga yo'naltirilgan. M azkur sxemalar mavjud yer tuzilishi hujjatlari, davlat yer monitoringi m a’lumotlari, davlat yer kadastri m a’lumotlari asosida shakllanadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling