Q. usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova


Download 4.09 Mb.
Pdf просмотр
bet1/54
Sana12.03.2017
Hajmi4.09 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
2119

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASIOLIY VA O'RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI

Q.  USMONOV,  M.  SODIQOV,  S.  BURXONOVA

0 ‘ZBEKIST0N  TARIXI

Oliy  о ‘quv yurtlari  barcha  bakalavr yo ‘nalishlari 

uchun  (tarix yo'nalishidan  tashqari) 

darslik

Toshkent

«IQTISOD-MOLIYA»

2006

www.ziyouz.com kutubxonasi



6 3 .3 (5 U )

73

D a r s lik d a   V a t a n im iz n in g   q a d im   z a m o n la r d a n   t o   h o z ir g i  d a v r g a c h a   o ktg a n  

bir  n c c h a   m in g   v illik   tarixi  o liy  o kq u v   yurtlari  u c h u n   ta v siy a   e tilg a n   " 0 ‘z b e k is t o n  

tarixi"   o ‘q u v   d a s tu r i  ta la b la r i  d o ir a s id a   y o r itilg a n .

M a z k u r   d a r s lik   o l iy   o kq u v   y u r tla r i  b a r c h a   b a k a la v r   y o kn a lis h la r i  ( t a r ix  

y o ’n a lis h id a n   t a s h q a r i)   t a la b a la r i  u c h u n   « T a r ix iy   a d a b iy o t la r n i  n a s h r g a  

t a y y o r la s h   v a   c h o p   e t is h   b o ‘y ic h a   R e s p u b lik a   e k s p e r t  g u r u h i» n in g   1 4 . 1 1 .2 0 0 6  

y ild a g i  1 4 5 1/1 - 2 - 5 3 8 - s o n l i   x u lo s a s i  b ila n   n a s h r g a   ta v s iy a   e t ilg a n .

M a z k u r   d a r s lik   V a t a n im i z   t a r ix in i  o ‘r g a n is h g a   q i z iq u v c h i   k i t o b x o n l a r g a  

h a m   k o ‘m a k la s h a d i.

Mualliflar jamoasi  rahbari va mas’ul muharrir:  Q.  Usm onov,  tarix fanlari

Taqfizchilar:  tarix  fanlari  d ok tori,  p rofessor 

M.  Is’hoqov

ta r ix   fa n la r i  d o k t o r i,  p r o f e s s o r  

H .M .  Bobobckov 

la r ix   fa n la r i  d o k t o r i ,  p r o f e s s o r   A . 

J o ‘raqulov

Usmonov  Q.

( ) ‘zbckiston tarixi:  Oliy o ‘quv yurtlari barcha bakalavr yo‘nalishlari  uchun 

(tarix  yo’nalishidan tashqari)  darslik/Q.  Usmonov,  M.  Sodiqov,  S.  Burxonova; 

O kzR oliy va  o ‘rta  maxsus ta’lim vazirligi.-  Г.: "IO'flSOD-MOUYA”, 2006,520 b.



O kz R   V a z ir la r   m a h k a m a s i n i n g   « U z l u k s iz   t a ’lim   t i z i m i   u c h u n   o ' q u v  

d a stu rla ri,  d a r slik la r  v a   o kq u v   q o lla n m a la r in i  q a y ta   k o ‘rib c h iq is h   v a  y a n g ila r in i 

y a r a tis h »   b o ‘y ic h a   l l u k u m a t   k o m is s iy a s i  m a j lis in in g   2 0 0 6 -   y il  2 7 -   y a n v a r d a g i 

m a jlis   b a y o n i  h a m d a   0 0 4M T V  ta n lo v i  n a tija la rig a   k o ‘ra t a s d iq la n g a n .

d o k t o r i ,   p r o f e s s o r .

B B K   6 3 . 3 ( 5 U ) y a 7 2 2

I S B N   9 7 8 - 9 9 4 3 - 1 3 - 0 0 1 - 2

©"1QTISOD-MOL1YA"  2006

www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH

.'XXI  asr  bo‘sag‘asida  jonajon  Vatanimiz  tarixida  buyuk  voqea  - 

qa*iimiy  0 ‘zbekistonning  eng  yangi  tarixini  boshlab  bergan  voqea 

sc  9ir  bo'ldi.  1991—  yil  31-avgust  kuni  bo ‘lgan  Respublika  Oliy 

Kingashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 0 ‘zbekistonning 

davlat mustaqilligi e’lon qilindi.  1-sentabrO‘zbekiston Respublikasining 

n  jstaqillik  kuni  deb  belgilandi.  Xalqimizning  asriy  orzu-umidlari 

ushaldi,  muqaddas  maqsadi  ro'yobga  chiqdi,  mamlakat  ahli  siyosiy 

mutelik va asoratdan qutildi.  Dunyo  xaritasida yana bir mustaqil, ozod, 

suveren  davlat  -  0 ‘zbekiston  Respublikasi  paydo bo‘ldi.

0 ‘zbekistonning  davlat  mustaqilligi  xalqimizning  uzoq  yillar 

davomida  olib  borgan  og‘ir  va  mashaqqatli  kurashining  qonuniy 

natijasidir. Vatanimizning keyingi yuz yillik tarixi mustaqillik xalqimizga 

nihoyatda  qimmatga  tushganidan,  istiqlol  qurbonlar evaziga  q o ‘lga 

kiritilgandan guvohlik beradi.  Endilikda xalqimizning o ‘z taqdiri o ‘z 

qo'lida, xalq o'z  mamlakatining mustaqilligini  mustahkamlash yoMida 

astoydil  mehnat qilmoqda.

0 ‘zbekiston  fuqarolari,  xususan,  yoshlar  qalbiga  milliy  istiqlol 

g'oyasini singdirish,  ularda mafkuraviy im m unitetni shakllantirishda 

« 0 ‘zbekiston tarixi»  fanining  o‘rni,  imkoniyatlari  katta.  Binobarin, 

Respublika oliy o ‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichida « 0 ‘zbekiston 

tarixi»  fani  asosiy  fanlar qatorida  turadi.

Q o‘lingizdagi  darslik 0 ‘zbekiston tarixining eng qadimgi zam on- 

lardan  to  hozirgi  kungacha  boMgan  davrida  sodir  bo ‘lgan  tarixiy 

voqealarni  tahlil  qilishga,  ularning sabablari  va  mohiyatini,  ichki va 

tashqi  om illarini  yoritishga  bag‘ishlangan.  Darslik  m azm unan 

Prezident  Islom  Karimovning  1998—  yil  26-iyun  kuni  bir  guruh 

tarixchi  olim lar  bilan  bo ‘lgan  suhbatida  ilgari  surgan  nazariy, 

konseptual-m etodologik tavsiyalariga asoslangan.  Uni tayyorlashda 

Yurtboshimiz  Islom  Karimovning «Tarixga  murojaat qilar ekanmiz, 

u xalq xotirasi ekanligini  nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol 

kishi  bo ‘lmaganidek,  o ‘z  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham 

bo‘lmaydi»,  -  degan so‘zlari  metodologik asos b o ‘lib xizmat qildi.

3

www.ziyouz.com kutubxonasi



Darslikda  0 ‘zbekiston  tarixi  fani  predmeti,  uni  o'rganishning 

nazariy-metodologik tamoyillari,  manbalari  va ahamiyati  yoritilgan. 

0 ‘zbekiston  insoniyat  sivilizatsiyasining  qadimgi  o'choqlaridan  biri 

ekanligi,  o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichJari, 

o'zbek xalqining shakllanish jarayoni kabi dolzarb  masalalarni  yangi 

manbalar,  mustaqillik  yillarida  nashr  etilgan  ilmiy  asarlar  asosida 

ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan.

«Avesto»  qadimgi  tariximizni  o ‘rganishda  muhim  tarixiy  manba 

ekanligi,  Buyuk  ipak  yoMining shakllanishi va rivojlanishi,  Vatanimiz 

hududidan o‘tgan bu yo‘lning ming yillar davomida Sharq va G ‘arbni 

savdo-iqtisodiy,  siyosiy,  diplomatik  va  m adaniyjihatdan bog‘lash- 

dagi ahamiyati yoritilgan.  Vatanimizning o‘rta asrlar davridagi ijtimoiy- 

siyosiy va iqtisodiy hayoti,  uyg‘onish davridagi ilm-fan va  madaniyat 

ravnaqi  tahlil  etilgan.

Darslikda Amir Temur davrida o ‘zbek davlatchiligining yuksalishi, 

Amir Temurning buyuk davlat arbobi va mashhur sarkarda sifatidagi 

xizmatlari,  Vatanimiz  va jahon  xalqlari  tarixida  tutgan  o ‘rni  va  roli 

asoslab berilgan.

Darslikda  Turkistonning  uch  xonlikka  boMinib  ketishi,  ular 

o ‘rtasidagi  o‘zaro  kurash,  harbiy  to'qnashuvlar  oqibatida  Turkis­

tonning  yuksalish  darajasidan  tushib  ketishi,  jahon  taraqqiyotidan 

orqada  qolishi,  Turkistonning  Rossiya  imperiyasi  tom onidan  bosib 

olinishi,  mustamlakachilik siyosatining asl  mohiyati, ajdodlarimizning 

milliy ozodlik yo'lidagi  kurash tarixi, jadidchilik harakati, jadidlarning 

atoqli  rahnamolari faoliyati yoritilgan.

Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o ‘rnatilishi,  uning 

0 ‘zbekistonda  yuritgan  milliy,  ijtimoiy-siyosiy,  m a’naviy-madaniy 

siyosatining  mustamlakachilik  xarakteriga  ega  ekani,  SSSRning 

tanazzulga yuz tutishi  va parchalanishi  ochib berilgan.

Darslikda  Vatanimizning  milliy  istiqlol  davri  tarixini  yoritishga 

kengroq  o ‘rin  berilgan.  0 ‘zbekistonda  demokratik  huquqiy  davlat 

qurish,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  tartibga  solinadigan  va 

ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  yaratishga  qaratilgan 

taraqqiyotning  « 0 ‘zbek  modeli»,  uning  mazm un-m ohiyati  ochib 

berilgan.  Mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli

www.ziyouz.com kutubxonasi



siyosiy,  iqtisodiy,  m a’naviy-ma’rifiy islohotlarning natijalari  dalillar 

asosida  yoritilgan.  Mamlakatimizda  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  va 

mulkdorlar tabaqasining shakllanishi,  yuksak texnologiyalar asosida 

bunyod  etilgan  yangi  zamonaviy  korxonalar  faoliyati,  ma’naviy- 

madaniy  sohadagi  yutuqlar  tahlil  etilgan.

0 4zbekistonning  jah o n   ham jam iyatiga  integratsiyalashuvi, 

dunyodagi  yirik,  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  o ‘zaro  manfaatli 

siy o siy -d ip lo m atik ,  iqtisodiy,  m adaniy  aloqalari  yoritilgan. 

Chunonchi, 0 ‘zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida 

munosib o ‘rin egalladi, global  masalalarda o‘zining mustaqil ovoziga 

ega bo'lgan davlat darajasiga ko‘tarildi.

M azkur darslik 0 ‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o ‘rta  maxsus 

ta ’lim  vazirligi  qoshidagi  M uvofiqlashtiruvchi  kengash  ham da 

0 ‘zR  V azirlar  M ahkam asining  «Uzluksiz  t a ’lim  tizim i  uchun 

o‘quv  dasturlari,  darsliklar va  o‘quv qo ‘llanm alarini  qayta  ko ‘rib 

chiqish  va  yangilarini  yaratish»  bo‘yicha  H ukum at  komissiyasi 

to m o n id an   tasdiqlangan.  Darslikda  har bobga  doir tayanch  so‘z 

va  iboralar,  nazorat va  mulohaza  uchun savollar,  m uhim  voqealar 

solnomasi berilgan.

Mazkur darslik bo'yicha o ‘z fikr-mulohazalarini bildirgan Tarixiy 

adabiyotlarni  nashrga  tayyorlash va  chop etish b o ‘yicha  Respublika 

ekspert  guruhi  a ’zolariga  ham da  taqrizchi  tarixchi  olim lar  va 

hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

www.ziyouz.com kutubxonasi



0 ‘ZBEKIST0N  TARIXI  FANINING  PREDMETI,  UNI 

O  RGANISHNING  METODOLOGIK  TAMOYILLARI, 

MAN В A LARI  VA  AHAMIYATI

iTayamch ,5o‘z  va

-- 

> ‘ Д- 


rfH ti

1.  O ‘zbekiston  tarixi  fani  prcdmcti.

Tarix — arabcha  so‘z  bo‘lib,  «o'tmish»,  «o'tgan  voqealar haqida 

aniq  hikoya qilish»  m a’nolarini anglatadi.  Tarix butun insoniyatning 

uzoq o'tm ishdan to hozirgi  kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo'lini, 

avloddan  avlodga  meros qoluvchi,  doimo  rivojlanib,  boyib boruvchi 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  m a’naviy-ma’rifiy,  madaniy,  davlat  qu- 

rilishi  sohalaridagi tajribalarini,  xalqlarni  yetaklagan  tarixiy  shaxslar 

faoliyatini tartibga solingan  holda o'rganuvchi, tasvirlovchi  fandir.

«Tarix  millatlarning  o‘tmishi,  taraqqiyoti  hamda  tanazzulining 

sabablarini  o‘rganaturg‘on  ilmdir».

Abdurauf  Fitrat

Tarixni  o ‘rganish,  bilish  —  bu  kishilik  jamiyatining  rivojlanish 

qonuniyatlari,  taraqqiyotning  mavjud  bosqichdan  yangi  bosqichga 

o ‘tish jarayonini,  insonlarning  inqirozli,  turg'unlik  holatiga  tushish 

sabablari  va  bu  holatdan chiqish  yo'lidagi tajribalarini,  har bir zarrasi 

qimmatga  tushgan  o'tm ish  sabog‘ini  um um lashtirish,  tushunib 

yetish,  anglab  olish  dem akdir.  Tarix  fani  tarixiy  jarayonning 

qonuniyatlari va tendensiyalarini tushunib yetishga,  hozirgi  zamonni 

to ‘g ‘ri  anglab  olishga,  kelajakni  asosli  ravishda  ko'ra  bilishga 

ko‘maklashuvchi  ilmdir.

Tarix  ko‘p  qirrali,  keng qamrovli  fan  bo‘lib,  uni alohida  mamla- 

katlar va  xalqlar tarixi,  mintaqalar tarixi, jahon  tarixi  kabilarga  bo‘- 

lib  o'rganish  ham  mumkin.

Har qaysi  mamlakat,  har bir xalq  o'zining  uzoq  va betakror tarixiga 

ega  bo'lganidek,  0 ‘zbekistonning,  o‘zbek  xalqining  tarixi  ham  boy  va

www.ziyouz.com kutubxonasi



sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e'tirof etilgan 

ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko'ra Xitoy, 

Hindiston,  Eron,  Misr,  Rim  kabi  qadimiy va buyuk  mamlakatlar qatori 

dunyoda  mashhurdir.  Vatanimiz jahon  tarixining  turli  xalqlar,  sivilizat- 

siyalar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat 

tarixining  borishiga  ma’lum  darajada  ta’sir  etib  bordi.  Shu  bilan  bitga, 

ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, sivilizatsiyalaming ham ta’siri bo‘ldi. 

Ming  yillar davomida  o'zbek xalqining  fors,  hind,  yunon,  arab,  rus  va 

boshqa  xalqlar bilan  ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lgan,  ulaming 

madaniyati,  fani,  san'ati  va  umuman  turmush  tarzi  bir-biridan  bahra 

olgan,  mushtaraklashgan.

O'zbekiston  xalqining  boy  va  qadimiy  davlatchilik  tajribasi  bor. 

Hozirgi  O'zbekiston  hududida  dastlabki  mustaqil  davlat  tuzilmalari 

miloddan  avvalgi  birinchi  ming  yillik  boshlaridayoq  paydo  bo'lib, 

qariyb  3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi 

rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma’lum.

Vatanimiz tarixi  o‘zbek xalqining jahon tarixi  va  madaniyati  xazi- 

nasiga ulkan hissa qo'shganligidan guvohlik beradi.  Buyuk bobolarimiz

—  Muhammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Ahmad  al- 

Farg'oniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Muhammad 

ibn  Ismoil  al-Buxoriy,  Abu  Iso  at-Termiziy,  Bahouddin  Naqshband, 

Ahmad  Yassaviy,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Alisher  Navoiy, 

Zahiriddin  M uhammad  Bobur va  boshqa  yuzlab  allomalarimiz  bilan 

nafaqat  o'zbeklar,  balki  butun  turk  dunyosi,  qolaversa,  butun  yer 

yuzi  xalqlari  faxrlanadilar.

Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand,  Buxoro,  Xiva  kabi ko‘hna 

shaharlar bugungi  kunda jahon  miqyosidagi  ziyoratgohga  aylangan. 

0 ‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat  arboblari

ziyoratchilar  bu  shaharlam i,  ulardagi  ajoyib  tarixiy,  milliy  m e’- 

morchilik majmualari va yodgorliklami ko'rib,  ularda mujassamlashgan 

xalq  ustalarining  iste’dodi  va  yuksak badiiy  mahoratiga  qoyil  qolib, 

ularga tahsinlar o'qimoqdalar.  Muqaddas yerimiz orqali o'tgan  Buyuk 

Ipak yo'li  Osiyo  va  Yevropadagi  xalqlar va  mamlakatlami  bir-biriga 

bog‘lab turgan,  xalqaro hamkorlikka xizmat  qilgan.



0 ‘zbekiston  tarixi  fanining  predmeti  xalqimizning  eng  qadimgi 

zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab

www.ziyouz.com kutubxonasi


tarixiy  yo'lini,  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  m a’naviy 

hayotini  holisona  o ‘rganishdan,  tushuntirishdan  iboratdir.



0 ‘zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog‘liq holda sodir 

bo‘lgan  voqealar  rivojining  ichki  mantig‘ini,  sabablari  va  oqibatlarini, 

asrlar davomida  to‘plangan  amaliy  tajriba va  saboqlarai  o‘rgatadi.

Vatanimiz  tarixi  o'zbeklarning  xalq,  millat  bo'lib  shakllanish 

jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlaming 

tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi.

0 ‘zbekiston  tarixi  fani  xalqimizning  mustaqil  taraqqiyot  yo‘liga 

kirishi,  mustaqillik  yillarida  milliy  huquqiy  davlatchilik  qurilishi, 

demokratik—fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodi- 

yotini yaratish, jahon  hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi 

faoliyatini o ‘rgatadi.

O'zbekiston  tarixi  fani  xalqimiz  tarixini  haqqoniy  tasvirlovchi,  aks 

ettiruvchi munawar ko'zgu,  ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar 

majmuasidir.

O'zbekiston  tarixi  fani  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan 

bogMiq  holda  o ‘rganiladi.  Insoniyat  hayotining  m a’no-m azm uni  va 

jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, 

falsafa,  davlat  qurilishi  va  jamiyatni  boshqarish  masalalarida  poli- 

tologiya,  iqtisodiy hayotni  yoritishda iqtisodiyot  nazariyasi,  xalqning 

turmush  tarzi,  tili  va  milliy  mentalitetini  tasvirlashda  etnografiya, 

o'zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. 

Tarixshunoslik,  manbashunoslik,  arxeologiya,  arxivshunoslik  kabi 

maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab  yetishga ko‘maklashadi.



2.  Tarixni  o‘rganishning  nazariy-metodologik 

tamoyillari va  manbalari

Tarixiy voqealarni o'rganishda to‘g‘ri  ilmiy-nazariy,  metodologik 

asoslarga  tayanishning  ahamiyati  juda  katta.  Sovetlar  hukmronligi 

davrida tarixiy tadqiqotlar,  uni o'qitish va o‘rganish ishlari markscha- 

lenincha metodologiyaga bo'ysundirildi.  Har qanday voqeani yoritishga 

sinfiylik,  partiyaviylik,  kommunistik  mafkuraviylik  nuqtayi  nazar- 

laridan  yondashildi.  Mamlakat,  butun  bir  xalq  tarixi  ikkiga-eks- 

pluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar 

va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kamba-

www.ziyouz.com kutubxonasi



g'allar,  mulkdorlar va yo‘qsillar tarixiga bo‘lindi.  Boylar va mulkdor- 

lar,  ular  orasidan  chiqqan  beklar,  amirlar,  xonlar,  davlat  arbobla- 

riga ommaga qarshi  reaksion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar guruhi 

deb  qaraldi,  tarixiy  shaxslar  qoralandi,  nomlari  badnom  qilindi. 

Tarixiy voqea va hodisalar kambag‘allami va yo'qsillami himoya qilgan, 

sinfiy cheklangan tarzda yoritildi.

Din,  diniy  qadriyatlar  qoralandi,  insonlarning  e ’tiqodlariga 

bepisand qaraldi.  Ming yillar davomida ajdodlarimiz orasidan yetishib 

chiqqan  mashhur  allomalar  ikkiga  -  materialistlar  va  idealistlarga 

bo‘lindi.  Buyuk olimlar,  allomalar,  m a’rifatparvar shoir-u ulamolar, 

yozuvchilarga  u  yoki  bu  dinga  e ’tiqod  qilganlari,  asarlarida  Alloh, 

payg'ambarlar nomini tilga olgan,  ishonch bildirganlari uchun  idealist

—  noilmiy  degan  tam g'a  yopishtirildi,  ularning  ijodiy  faoliyatini 

o'rganish chegaralandi,  asarlari xalqdan yashirildi,  yo‘qotib yuborildi. 

Oqibatda  ko‘pgina  tarixiy voqealar soxtalashtirildi,  m a’naviy  mero- 

simiz,  milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga diniy qadriyatlar 

xurofot,  eskilik  sarqitlari  deb  o'rgatildi.  Tarix  faqat  jang-u  jadal, 

urushlardan  iborat jarayon  sifatida tasvirlandi.

Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga  faqat  marksistik 

metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. 

Tarixni soxtalashtirishda, xalqni  o ‘z tarixiy xotirasidan judo qilishda, 

Turkistonning o ‘tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo'lgan 

totalitar tuzumning salbiy roli katta bo'ldi. Tarix fani totalitar tuzum 

xizm atkoriga,  tashviqotchisiga,  kom m unistik  m afkura  dum iga 

aylantirilgan edi.

Insoniyat  tarixini,  tarixiy  voqea,  hodisalarni  to ‘g‘ri  yoritish  va 

o ‘rganish  uchun  bir  qator  muhim  nazariy-metodologik  tamoyillarga 

tayanmoq  zarur.

Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan 

biridir.  Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir boMadigan hodisalar, 

voqealar  um um iy  va  o ‘zaro  bog'lanishda,  uzluksiz  harakatda, 

ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi.  Dialektika juda uzoq 

tarixga ega,  uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida 

G eraklit,  Aristotel,  Xorazmiy,  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy, 

Abu Ali  ibn  Sino,  Spinoza,  Gegel,  Gersen va boshqa olim va  m a’ri- 

fatparvarlarning  xizmati  katta.  Ular  moddiy  va  m a’naviy  dunyoni

www.ziyouz.com kutubxonasi


uzviy  bog‘liq  jarayon  shaklida,  ya’ni  ularni  uzluksiz  harakat  qilib, 

o'zgarib,  taraqqiy  qilib  turadigan  holda,  taraqqiyotni  ichki  bog‘la- 

nishda olib o'rganish  qoidalarini yaratdilar.

Dialektik  metodologiya  har qanday  mamlakat tarixini,  shu jum - 

ladan,  0 ‘zbekiston  tarixini jahon  xalqlari  tarixi  bilan  bog'liq  holda 

o'rganishni  taqozo  etadi.  Negaki,  har  bir  xalq  tarixidagi  milliylik, 

o'ziga  xos  betakror  xususiyatlar  boshqa  xalqlar  tarixini  o'rganish 

barobarida yanada oydinlashadi.

Darhaqiqat,  0 ‘zbekiston  tarixi,  avvalo,  Markaziy  Osiyo  mam- 

lakatlari  tarixi  bilan,  qolaversa,  butun  jahon  xalqlari  tarixi  bilan 

chambarchas bog‘langan.  Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz  Mar­

kaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va 

madaniy makonda bo‘lib kelgan.  Bu  katta hududda yashovchi  urug‘, 

qabila,  qavm,  elatlar etnik jihatdan doimo o ‘zaro ta ’sirda va aloqada 

boMganlar,  q o ‘shilish  jarayonini  boshidan  kechirganlar,  ularning 

ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  m a’naviy hayoti  mushtarak,  uzviy bog‘liq 

o'tgan.  Shu  sababdan  O'zbekiston  tarixini  qo‘shni  m am lakatlar 

tarixiga  bog'liq  holda,  bir  xalqni  ikkinchi  bir  xalqqa  qarama-qarshi 

qo'ymagan holda o ‘rganish taqozo etiladi.  Qozoq, qirg'iz,  qoraqalpoq, 

turkman,  tojik,  fors, afg'on, hind,  arab va boshqa xalqlar,  mamlakat­

lar  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  0 ‘zbekiston  xalqlari  tarixini 

shunchalik  chuqur  tushunamiz.

Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o ‘rganish,  tahlil  qilish  va  yoritishda 

xolisona,  haqqoniy, ilmiy yondashuv  tamoyili  muhim ahamiyat  kasb 

etadi.


Xolislik,  ilmiylik qoidasi tarixiy voqea,  hodisalarni o‘iganayotganda 

ularga  daxldor  barcha  faktlarning  majmuini  birga  olib  tekshirishni, 

aniq,  haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi.  Tarixiy hodisalarni 

bir butun  holda o'rganish  darkor.  Tor doirada  to‘qilgan  bir g'oyani, 

uydirmani  oqlash  lozim  bo‘lsa  faktlar silsilasidan  faqat  ayrimlarini, 

mos  keladiganlarinigina tanlab  olish  «tajribasi»  sir emas,  albatta.  Bu 

usulda  chiqarilgan  xulosa  yoki  baho  xolisona,  haqqoniy  bo‘lmay,  u 

bir tomonlamalikka olib keladi.

Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi.  «O'zbek 

olimlarining  kuch  g‘ayratlari  bilan  tariximizning  ko‘pdan  ko‘p  g‘o- 

yat  muhim  sahifalari,  eng  aw alo,  Temuriylar  davri,  XIX  asr  oxiri, 

XX  asr  boshlari  tarixi  yangidan  kashf  etildi.  Shuni  esda  tutish

www.ziyouz.com kutubxonasi


muhimki,  o'tmishimizni  «oqlash»  vazifasi  umuman  olganda  bajarib 

boMindi,  hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni  ilmiy jihatdan holisona 

va halol amalga oshirishdan iboratdir»1.

Tarixni  o'rganishda  tarixiylik  tamoyili  muhim  ahamiyatga  ega. 

Tarixiylik  qoidasi  voqea,  hodisalarni  o ‘z  davrining  aniq  tarixiy 

sharoitidan,  o'sha  davr  muhitidan,  tarixiy  rivojlanish  jarayonidan 

kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi.  Har bir voqea, hodisani 

boshqa  voqealar,  hodisalar  bilan  bog'lab  o'rgangandagina  mazkur 

voqea  hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o ‘mini to'g'ri aniqlash, 

belgilash  mumkin  bo'ladi.  Har bir voqea,  hodisaga  umumiy  tarixiy 

jarayonning  bir  qismi  deb  qaramoq  zarur.

Har  bir  hodisa,  jarayon  qanday  tarixiy  muhitda,  nima  uchun 

aynan  shu  paytda,  shu  shaklda  sodir  bo'lganligini,  bu  hodisa  o ‘z 

taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tganligini, keyinchalik 

u  qanday  bo'lib  qolganligini  bilish  tarixiylik  qoidasining  talabidir. 

Masalan,  bironta davlat  faoliyatiga tarixiylik  nuqtayi  nazaridan turib 

baho  bermoqchi  bo'lsak,  u,  birinchidan,  qachon,  qanday  tarixiy 

sharoitda  paydo  bo'ldi,  ikkinchidan,  u  o'z  taraqqiyotida  qanday 

bosqichlarni  bosib  o'tdi,  uchinchidan,  uning tarixiy  o ‘rni,  mavqeyi 

qanday  degan  savollarga  aniq javob  berish  zarur bo'ladi.

Tarixiylik tamoyili  xalq  o ‘tmishini  yagona tabiiy-  tarixiy jarayon 

deb,  o'tm ish  hozirgi  zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi  zamon  kelajakni 

yaratadi  deb  qaraydi.  Insoniyat  ana  shunday  umumiy  yo‘ldan 

borayotgan  ekan,  istiqbolda  porloq  hayot,  farovon  turm ush  qur- 

moqchi  bo'lgan  avlod  tarix  fani  orqali  o'tm ishni,  ajdodlarimizning 

tarixiy  tajribasini  yaxshi  bilmog'i  lozim.  O'tm ishni,  ajdodlarimiz 

tarixini qanchalik yaxshi bilsak,  anglab yetsak,  hozirgi zamonni shun- 

chalik  mukammal  tushunamiz,  kelajakni  to ‘g‘ri  tasavvur  etamiz, 

taraqqiyotning muqobil yo'llaridan  m a’qulini tanlay olamiz.

Insoniyat taraqqiyotining  ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik 

kclib  chiqadi  va  urug‘chilik  tuzumi  yemirilib,  urug‘  jamoalari  turli 

ijtimoiy tabaqalarga bo'linadi.  Shu davrdan e ’tiboran tarixiy voqea va 

hodisalar  ana  shu  tabaqalarning  m anfaati  bilan  bogMiq  holda 

kechadigan,  har bir  ijtimoiy  tabaqa  o'z  manfaati  nuqtayi  nazaridan 

harakat qiladigan,  ayrim hollarda ularning siyosiy,  iqtisodiy manfaati

1  Karimov  I.A.  0 ‘zbckiston  XXI asr bo‘sag‘asidii: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 

va  taraqqiyot  kafolatlari. Т.:  « 0 ‘zbckiston»,  1997,  141-bet.

www.ziyouz.com kutubxonasi



to'qnashadigan,  qo'zg'olonlar  ko'tariladigan  bo'lib  qoladi.  Bunday 

vaziyatda  sodir  bo'lgan  voqealarni,  tarixiy  jarayonni  o'rganishda 





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling